Milliy universiteti


Xloroplastda kraxmal fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi



Yüklə 88,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix21.12.2023
ölçüsü88,48 Kb.
#187536
1   2   3   4   5   6   7   8
2prez

Xloroplastda kraxmal fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi.
Fermentlar yordamida bu kraxmal shakarga aylanadi va glyukoza
ko‘rinishida bargdan boshqa organoidlarga harakatlanadi.
Leykoplastlarda fermentlar bo‘lmaydi. Ularning o‘lchami
xloroplastlardan ancha kichik va turg‘un shaklga ega emas.
Leykoplastlar ko‘pincha to‘qima va organlarning quyosh nuri
tushmaydigan yer ostki qismida, ya’ni, ildiz, tugunak va urug‘da
bo‘ladi.
Leykoplastlarning ichki membrana tizimi xloroplastlardagiga
nisbatan kam taraqqiy etgan. Ularning stromalarida ham DNK
molekulalari va ribosomalar bor.
Leykoplastlarning asosiy vazifasi

zapas oziq moddalar,
birinchi navbatda kraxmal, ba’zan oqsil va kam hollarda yog‘larni
sintez qilishdan iborat.


Xromoplastlar o‘zida karotinoidlar guruhiga mansub qizil, qo‘ng‘ir
va sariq pigmentlar tutadi. O‘lchamiga ko‘ra ular xloroplastlardan
ancha kichik va turli—tuman shakllarda bo‘ladi. Xromoplastlar odatda
ayrim o‘simliklarning gul o‘ramida, pishgan mevalari va kuzgi
barglarida bo‘ladi. Ularning modda almashinuvi jarayonidagi vazifasi
haligacha aniqlanmagan. Ular-ning bilvosita vazifasi esa gullarning
changlanishi va urug‘larni tarqalishi jarayonida hasharot va qushlarni
jalb qilishdan iborat.
Evolyutsiya jarayonida plastidalardan dastlab xloroplast, ulardan esa
o‘simlik
tanasining
qismlarga
ajralishi
bilan
leykoplast
va
xromoplastlar paydo bo‘lgan. Ontogenez jarayonida esa plastidalarning
barcha turlari bir-biriga aylanib turadi. Ko‘pchilik hollarda leykoplast
xloroplastga (masalan, urug‘langan tuxum hujayrasidan urug‘murtak
hosil bo‘lishida) va xloroplast

xromoplastga (masalan, barglarning
kuzda sarg‘ayishi) aylanadi. Faqat xromoplast tabiiy sharoitda, odatda,
boshqa plastidalarga aylanmaydi.


Mikrоnаychа
Ko’pchilik hujаyrаlаrdа tоpilgаn
оrgаnоid hisоblаnib, ulаr diаmеtri 250 А
gа tеng vа ichi kаnаllаrdаn ibоrаt 
nаychаlаrdir. Mikrоnаychаlаrning
dеvоrlаri оqsil mоlеkulаlаridаn 
tuzilgаn.
Hujаyrаni bo’linishi vаqtidа
mikrоnаychаlаrdаn urchuq ipi hоsil
bo’lаdi. Hujаyrа bo’inishining охirgi
bоsqichidа iplаr qаytаdаn 
mikrоnаychаlаrgа аjrаlib kеtаdi. Eхtimоl 
mikrоnаychаlаr zich hujаyrа qоbig’igа
egа bo’lmаgаn hujаyrаlаrdа tаyanch
vаzifаsini bаjаrsа kеrаk.



Yüklə 88,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin