Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi-fayllar.org
2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlash yo’llari O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishga-nidan keyin milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning mushta-rakligini ta‟minlashga alohida e‟tibor berila
boshlandi. Bu hol qator tadbirlar, sa‟y-harakatlarda o’z ifodasini top-moqda.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda
ko’ppartiyaviylikning qàror topayotganligi real shart-sharoit vazifasini o’tayotir.
O’z navbatida, ko’ppar-tiyaviylik jamiyatimiz turmush tarziga demokratik tamoyillarni kirib kelayotganligining muhim alomatidir. Ko’ppartiya-viylikning qàror
topishi fuqarolar uchun tanlash, saralash, musobaqalashish imkoniyatlarini vujudga
keltiradi. Fikrlar, mulohazalar rangba-rang bo’lishi uchun qulay shart-sharoit
yaratadi. Chunki siyosiy partiyalar xalqning muayyan qismini o’z atrofida
birlashtiradi. Siyosiy partiyalarning diqqat marka-zida davlat hokimiyatini
demokratik saylovlar orqali egallash turadi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy
partiyalar davlatni idora qilish vakolatiga ega bo’ladi. Davlat hokimiyatini egallash
esa, o’z navbatida, siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, xalqqa bergan
saylovoldi va‟dalarini bajarish uchun rasmiy muruvvat bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mushtarakligiga
asoslangan yangi jamiyat qurilishi boshlanishi bilan turli partiya va harakatlarning
paydo bo’layotgani ijo-biy hol qarashlarni rangba-rangligi to’g’ri yo’lini tanlab
olishga yordam beradi. qaysi g’oya insoniy bo’lsa, odamlarga foydasi tegsa, o’sha
g’oya jamiyatga kerak.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligini ta‟minlashda
mamlakatlararo madaniyat kunlarining ûtkazi-lishi katta ahamiyatga ega
bo’layotir. Chunonchi, 1994 yil 23 mayda O’zbekistonda qozog’iston kunlari,
1995 yil may oyida qozo-g’istonda O’zbekiston kunlari, 1996 yil aprel oyida
O’zbekis-tonda Tojikiston kunlarining ûtkazilishi o’zbek, qozoq, tojik xalqlari
orasidagi qadimiy do’stlik, birodarlik, yaxshi qo’shnichilik aloqalarini
mustahkamlashda salmoqli hissa qo’shdi. Shuningdek, davlatlararo madaniy-ilmiy
aloqalar, xususan xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konfe-rensiyalarni
hamkorlikda o’tkarilishi ham milliy va umumin-soniy qadriyatlarning
ìushtarakligini ta‟minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 1995 yil 18-
CAPut!‟ sentabr kunla-ri BMT rahbarligida Nukusda o’tkazilgan Orol dengizi
havza-sidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi muammolariga bag’ishlangan;
1995 yil 2-3 oktabrda Toshkentda “Germaniya va O’zbekiston: tarixiy, siyosiy va
strategik jihatdan qiyoslash muammolari” mavzuida o’tkazilgan xalqaro
konferensiyalar ana shunday ahamiyatga ega edi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligini ta‟minlashda
mamlakatimizda “Turkiston-umumiy uyimiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan
tadbirlar, xalqaro sport musobaqalari, ayniqsa milliy kurash va tånnis bo’yicha
o’tka-zilgan ìusobaqalarning hissasi ham áyeqiyos bo’ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimizda insonparvar, demokratik
jamiyat barpo etishning boshlanishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar
mushtarakligining ta‟minlanishi uchun real shart-sharoit yaratdi. Bu borada
O’zbekistonda o’tkazilayotgan qator anjumanlar, tadbirlar millatimiz tarixi
davomida vujudga kelgan qadriyatlarni umumjahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida
shakllangan qadriyatlar bilan biriktirish imkoniyatini yaratmoqda.