Minerallar – ximiyaviy tarkibi va fizikaviy xossalri bilan farqlanuvchi tog` jinslari va rudalarning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha ximiyaviy elementdan tashkil topgan tabiiy ximiyaviy birikma. Xozirgi vaqtda bir qancha minerallar sun`iy usulda olingan, lekin sun`iy usulda olingan mineral maxsulotlarni tanlab bo`lmaydi, chunki ular uchramaydi va tabiiy xolda uchrashi mumkin xam emas.
Ko`pchilik minerallar qatti q kristall shaklida uchraydi. Ayrim xollarda kalloid qorishma, izomorf aralashma shuningdek suyuq va gazsimon shaklda uchraydi. Yuqorida aytib o`tganimizdek minerallar bir–biridan ximiyaviy tarkibi kristall strukturasi shuningdek fizikaviy tarkibi bilan farq qiladi. Xozirgi vakqda tabiatda 2,5 ming mineral ko`rinishi mavjud va taxminan shunchasi o`rganilgan. Tabiatdagi minerallar 25% silikatlar, 12% oksid va gidroksidlar, 13% sulfidlar, 8% fosfatlar, arsenatlar (vanadat) va 32% ini boshqa ximiyaviy birikmalar tashkil etadi. Yer po`stining 92% silikat oksid va gidroksid minerallardan tuzilgan.
Minerallarning barcha xossalarini o`rganuvchi geologiyaning aloxida bo`lishlari mineralogiya, ularning kristall xossalrini o`rganuvchi bo`limiga esa kristallografiya deyiladi.
Endi minerallarning xossalari bilan tanishib chiqamiz.