Fizik xossalari. Minerallarning tashqi ko`rinishi. Minerallarning asosiy massasi nomuvofiq donador shaklida uchraydi, kristallari yaxshi rivojlangan minerallar tabiatda kam uchraydi. A. G. Betextin tabiatdagi minerallarni uch guruxga bo`ladi:
pezometrik shakllar, bu shakldagi minerallar koordinatalar o`qining uchala yunalishi buyicha xam bir xilda o`sgan, misol uchun magnitning oktaedr shakli, piritning ko`b shakllari.
Ikki yunalish buyicha chuzilgan shakllar uchunchi yunalishni kalta saqlagan xolda, misol uchun tablitkasimon, plastinkasimon, qatlamsimon.
Minerallarning ulanish tekisligikristall donalarning xaqiqiy yoki bo`linishi mumkin bo`lgan yonlariga parallev muayyan kristallografik yuzalar buyicha ajralish xususiyati, kristallangan muxitning bu xususiyati uning faqat ichki tuzulishi bilan bog`liq bo`lib, bir m-lning o`zi uchun o`sha m-lning tashqi qiyofasi bilan bog`lik bo`lmagan xolda yuzaga keladi.
Ulan. tekisliklari quyidagi 5 ta bosqichli shkalaga bo`linadi:
Ulan tekisligi o`ta mukammal (slyudalar xloridlar);
Ulanish tekisligi mukammal (kaltsiy golinit va golituz va boshqalar);
Ulanish tekisligi o`rtacha mukammal (dala shpatlari, magniy, kaltsiyli silikatlar);
Ulanish tekisligi o`ta mukammal bo`lgan, xaqiqatda ulanish tekisligi yuq. (korund, magnitet, platina va boshqalar).
Minerallarning sinishi– minerallar maydalanganda sinish deb ataluvchi silliq yoki notekis yuzalar xosil bo`ladi. Sinishning 4 ta ko`rinishi mavjud:
Chig`anoqsimon sinish yuzasi chig`anoqlarga o`xshaydi.
Gadur - budur sinish.
Ilmoksimon sinish.
Tuproqsimon sinish – sinishi yuzasi chang bilan qoplangan o`xshaydi.