Minerallrning qattiqligi - minerallarning tashqi mexanik ta`sirga qarshilik ko`rsatishi. Moos shkalasidagi bir mineralning boshqa mineral bilan tirnalish bilan aniqlanadi. Etalon sifatida MOOS shkalasiga 10 ta mineral qabul qilingan minerallarning 1 dan 10 balgacha ortib boradi.
O`rganilayotgan mineral etalondagi minerallar bilan tirlanishiga qarab ularning qattiqligi o`rnatiladi. Masalan: mineral kaltsiyni tirnaydi o`zi esa flyurid bilan tirlanadi. Demak uning qattiqligi 3 va 4 oralig`ida bo`ladi. Shuningdek minerallarning qattiqligi MOOs shkalasada minerallar aniqlanmasdan, taxminan ham o`rnatilishi mumkin. 1 –2 qattiqlikka ega bo`lgan minerallar bilan tirnalmaydi. 5 – qattiqligi 3 ga teng bo`lganlari mis tanga bilan tirnaladi, qattiqligi 4 –5 ga teng bo`lgan shishani tirnamaydi va qattiqli 6-8ga teng bo`lgan minerallar shishani tirnaydi.
Minerallarning shaffofligi- minerallar shaffof (tog` xurustali, topoza, island, shpati) yarim shaffof (izumurud, rux aldamchisi va shaffofmas) va shaffofmas (pirit, magnitet) turlarga bo`linadi. Ko`pgina minerallarninng katta bo`laklari shaffofli bo`lmasdan, ularning mayda plastinkalari va shliflari shaffof bo`lishi mumkin.
Minerallarning yaltiroqligi– minerallar yaltiroqligining xarakteri va intensivligi ularning nurli sindirish va uziga yutish ko`rsatkichlari bilan belgilanadi. Nurli yutish koeffitsenti yuqori bo`lgan minerallar metallik yaltiroqlikka ega bo`lib, ularning yupqa bo`laklari va shliflari xam shaffoflikka ega emas. Minerallarning yaltiroqligi rangiga bog`liq bo`lmay balki ularning nurli sindirish ko`rsatkichi bilan aniqlanadi, qanchalik sindirish ko`rsatkichi yuqori bo`lsa ular yaltiroqligining intensivligi shuncha yuqori bo`ladi. A.Betextin yaltiroqlikni amaliy yul bilan aniqlangan 9 – bosqichga bo`linadi. Shuningdek yaltiroq sindirish ko`rsatkichi:
3-1,9 bo`lgan metallar (tuz, florid, silikatlar va boshqalar).
Olmosdek yaltiroq sindirish ko`rsatkichi 1,9-2,6 bo`lgan minerallar. (Tsirkon kassiterit, olmos va boshqalar).
Metalsimon yaltirash sindirish ko`rsatkichi 2,6-3,0 gacha bo`lgani minerallar (kinovar, gematit va boshqalar).
Shuningdek minerallarning yaltiroqligi minerallarning yuzasidan taralayotgan nur rangining xarakteriga xam bog`liq.
Yog`dek yaltirash (sof tug`ma oltingugurtlar, kvarts kristallari, nefelin).
Mumdek yaltiroq (kremniyning ayrim turlari, sfaliritning yashirin kristalli xillari).