Uraninit – UO2. Mineral nomi tarkibiga qarab berilgan. Uraninitning uranga boy xilini – Norvegiyalik kimyogar – B.V.Breyogger (1851-1940) sharafiga breyoggerit, kam tarqoq elenmentlarga boy xilini shvetsiyalik P.T.Kleva (1840-1905) nomiga kleveit deb atalgan. Uraninit kubik singoniyali oktaedr va rombik dodekaedr qiyofalarda bo`ladi hamda buyraksimon, oqiq shakllarda uchratish mumkin. Uning rangi qora, ba`zan rangsiz binafsha holda tovlanadi va yarim metall kabi yaltiraydi, odatda smolaga o`xshash qora. Qattiqligi – 5-6, solishtirma og`irligi – 10-10,6. U kuchli radioaktiv metall. Uraninitning yirik uyumlari ishqorli va nordon jinslarning pegmatitlarida aniqlangan. Ularda toriy va kam tarqalgan elementlarning minerali – struverit, fergusanit, blamstrandin va boshqalar bilan bir paragenezisda yuzaga keladi.
Uraninitning konlari gidrotermal jarayonlarda paydo bo`ladi. Bulardan tashqari, ekzogen sharoitlarda hosil bo`lgan yirik konlarini uchratish mumkin.
Kvars – SiO2. Kremniy oksidi minerallari yer po`stida keng tarqalgan (barcha minerallarning 12% dan ortig`rog`ini tashkil etadi) va puxta o`rganilgan. Kremniy oksidi polimorf turlarining bu guruhga oid uch xili – kvars, kamroq ahamiyatli tridimit va kristobalit bo`lib, ular o`z navbatida ikkita – yuqori va past haroratli xillarga bo`linadi. Past haroratda hosil bo`lgan – kvarsning kristallik tuzilishi, yuqori haroratda kristallanadigan v – kvars tuzilishidan ancha farq qiladi (22-jadval).
6-rasm. Kvars.
Kremniy oksidining turli xil singoniyali turlari (modifikatsiyalari) bir-biridan fizik xossalari va optik xususiyatlari bilan farq qiladi (19-jadvalga qarang).
U rangsiz, shaffof, sutdek oq (6-rasm). Ba`zilarining tarkibida rutil, aktinolit va boshqa minerallarning mayda zarrachalari bo`ladi. Kvarsning turli ranglarga bo`yalgan xillarining alohida nomlari bo`ladi: 1) tog` billuri - rangsiz, shaffof(7-rasm); 2) ametist – binafsha (8-rasm);
7-rasm. Tog` billuri.
3) rauxtopaz - kulrang qo`ng`ir tusli; 4) marion - qora rangli; 5) tsitrin - tilla sariq, limon sariq rangli. Kvarsning qattiqligi – 7, ulanish tekisligi yo`q, solishtirma og`irligi – 2,5-2,8. U nordon va o`rtanordon intruziv jinslar uchun mansub mineral.
8-rasm. Ametist.
Dostları ilə paylaş: |