Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə48/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Mineralogiya

Natriyli selitra – NaNO3 - Chili selitrasi.

Kaliyli selitra – KNO3 – Hindiston selitrasi. Kristallari romboedr shaklida. Ko`pincha qobiq mog`olga o`xshash, yaxlit massalar holida uchraydi. U rangsiz, oq qizg`ish, qo`ng`ir, limondek sariq, shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 2, solishtirma og`irligi – 2,3, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha.
Selitra suvda oson eriydi, mazasi sho`r, og`izni qattiq sovitadi. Nitratlar issiq mamlakatlarda tarkibida azoti bo`lgan organik moddalarning (parranda va hayvonlar qiyi va boshqa qoldiqlari), shuningdek mikrosuv o`simliklari va nitrobakteriyalarning biokimyoviy parchalanishi natijasida yuzaga keladi. Bunday joylarda juda kam bo`ladigan yog`inlar hosil bo`lgan selitrani sayliqqa oqizadi, vaqt o`tishi bilan selitrali sho`rhok yerlarda selitra uyumlarini hosil qiladi. Bu joylarda selitra bilan bir paragenezisda gips, mirabilit va galitlar uchraydi. Uning yirik uyumlari Hindiston, Misr, Fransiya, Chili va boshqa yerlarda mavjud. Masalan, Shimoliy Chili selitrasining maydoni quyidagicha – uzunligi 140 km, kengligi 18-80 km va qalinligi 1,5 m atrofida qatlamsimon kon hisoblanadi. Selitra mineral o`g`itlarning eng yaxshi turi hisoblanadi. U shisha sanoatida, portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.


Galloid birikmalar (Galogenidlar)
Kimyoviy nuqtai nazardan qarag`anda HF, HCl, HBr va HS kislotaning tuzlari bo`lib, vodorod o`rniga ishqoriy, ishqoriy yer metallar, hamda Cu, Ag, Pb, Hg, Fe, Mn lar kation vazifasini bajaradi. Namunaviy ion bog`lanishli galogenlarda zaryadi kichik va ion radiusi katta, shunga muvofiq aktiv qutblashga moyil bo`lgan yengil metallarning kationlari ishtirok etganligi uchun ushbu minerallar shaffof, rangsiz, solishtirma og`irligi kichik va oson eruvchanlik xususiyati hamda shishadek yaltirashi xarakterli.

Fluorit – CaF2 . «Flyuorum» - ftor elementining lotincha nomi. Tarkibi – Sa – 51,2%, F – 48,8%. Izomorf aralashma holda ittriy, seriy va uran bo`ladi. U kub singoniyali, to`g`ri tuzilgan kubik, ba`zan oktaedrik, dodekaedrik kristallar holida uchraydi. Ayrimda xol-xol donali yaxlit massa bo`lib, ba`zan tuproqsimon massa shaklida topiladi. Odatda rangsiz, shaffof, ba’zan sariq, yashil, havorang, gunafsha, qoramtir bo`ladi.
E`tiborga sazovorligi fluoritni qizdirganda rangi yo`qoladi, rentgen nurlarning ta`sirida yana bo`yalib qoladi. U shishadek yaltiraydi. Qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 3,2, mo`rt, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal. Fluoritning aksariyat qismi gidrotermal jarayonda paydo bo`ladi.
Fluorit yirik konlarda barit, kalsit, kvars va sulfid minerallari bilan birga uchraydi. U intruziv jinslarda ikkinchi darajali greyzen va pegmatitlarda katta miqdorda bo`lishi mumkin. Fluoritning 70% yaqini metallurgiyada oson eriydigan shlaklar olish uchun ishlatiladi. U kimyo sanoatda, keramika va shisha sanoatida va boshqa juda ko`p joylarda foydalaniladi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin