Ksenotim – YPO4. Tarkibida ittriy oksidi 63% gacha, biroz tseriy, yevropiy uchraydi, ba`zan toriy va uran oksidlari – 5% gacha bo`ladi. U tetragonal singoniyali, prizmatik kristall va ayrimda yaxlit massalar holida topiladi.
Ksenotim – sarg`ish-qo`ng`ir, kulrang, qo`ng`ir ranglarda uchraydi. Uning yaltirashi shishadek, yog`langandek, notekis yuzalar hosil qilib sinadi.
Ksenotimning qattiqligi – 5, solishtirma og`irligi – 4,6. U kuchli radiooaktivlikka ega. Ksenotim nordon va ishqorli intruziv va ularning pegmatitlarida keng tarqalgan. U monatsitdek barqaror mineral bo`lib, odatda sochma konlar hosil qiladi. Ularning yirik uyumlari dengiz qirg`oqlarida aniqlangan. U ham monatsitga o`xshash ittriy va uran, toriy olishda katta ahamiyatga ega.
Apatit – Ca5[PO4]3(F, Cl). Tarkibida SaO – 55,5%, R2O5 – 42,3%, ftor – 3,8%, xlor – 6,8% va tarqoq elementlardan Cl2O3 – 5% gacha bo`ladi. U geksagonal singoniyali, igna shaklida, kalta ustunsimon va tabletkasimon kristallari holida uchraydi.
Apatitning magmatik intruziv jinslarda qilsimon nayzadek va ba`zan qisqa tabletkasimon kristallari mavjud. U rangsiz, shaffof, oq, och-yashil, havo rang, qo`ng`ir, ba’zan binafsha, shishadek yaltiraydi, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi – 5, solishtirma og`irligi – 3,2, mo`rt, ulanish tekisligi yo`q. Apatitning yirik konlari nefelinli sienit va ularning pegmatitlari bilan uzviy bog`liq. Bu jinslar tarkibidagi yaxlit donador massalarda nefelin, sfen, evdialit, ishqorli amfibollar, egirinlar bilan bir assotsiasiyada bo`ladi (Kola yarim oroli, Rossiya – mashhur Xibinsk apatit koni). Bulardan tashqari, apatit uyumlari kontakt-metasomatik jarayonlarda vujudga keladi.
Vanadinit – Pb5(VO4)3Cl. Tarkibida PbO – 78,3%, V2O5 – 19,3% va Cl – 2,4% bo`ladi. Aralashma holda R2O5, Al2O5 uchraydi. U geksagonal, prizma va ignasimon qiyofalarda uchraydi. Ba`zan radial shu`la, tola-tola holida aniqlangan. Vanadinitning rangi sariq, qo`ng`ir va qizg`ish tuzlarda bo`ladi. Uning yaltirashi shishadek, yog`langandek tuyuladi, qattiqligi – 3, solishtirma og`irligi – 7, mo`rt, notekis yuzalar bilan sinadi. Vanadinit qo`rg`oshin-rux konlarining oksidlanishi zonalarida hosil bo`ladi. U vanadiy manbai sifatida sanoat ahamiyatiga ega.