Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə45/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Mineralogiya

X r o m a t l a r
Xromitlar tabiatda kam tarqalgan va ular xrom kislotasining tuzlari hisoblanib, odatda kislorodga to`yingan muhitdagina yuzaga keladi. Xromatlar orasida keng tarqalgani qo`rg`oshinli turi bo`lib, ular polimetall konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi.
Xromatlarga quyidagi minerallar kiradi:
Magnoxromit – (Mg,Fe)Cr2 O4,
xrompikotit – (Mg,Fe)(Cr,Al)2O4
xromit – FeCr2O4.

Krokoit – PbCrO4Tarkibida PbO – 68,9%, CrO – 31,1%. Aralashma holda kumush bo`ladi. U monoklin singoniyali, prizmatik qiyofali, ba`zan yoriqlarda nayzasimon, qiyasimon kristallar hosil qiladi. Krokoit qizil, qizg`ish-sariq rangda bo`ladi, olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 2,5-3, solishtirma og`irligi – 6, ulanish tekisligi mukammal. U qo`rg`oshinga boy bo`lgan ma`dan konlarning oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi va kolenit (Rb, Cu)3Cr2O9, lakemanit – (Pb,Cu)5 (PO4)2 [CrO4]2 va fetnitsit – Pb3O[CrO4]2 lar bilan uchraydi (Ural-Berezov oltin koni, Rossiya).
Fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar
Ushbu guruh minerallari fosfor, margimush va vanadiylarning tuzlari bo`lib, tabiatda kam tarqalgan. Ularni hosil qiluvchi kationlar – Al, Fe, Mn, Ca, Zn, Cu va Rb. Fosfatlar, arsenatlar va vanadat minerallarining ichki tuzilishini tashkil qilishda quyidagi tetraedrlar radikali [PO4]-3, [AsO4]-3 va [VO4 ]-3 muhim hisoblanadi.

Monasit– (Ce,La...]PO4 Yunoncha «monaydzen» yakka qilish demakdir (monax so`zidan olingan). Tabiatda u yakka-yakka holda uchraydi. Tarkibi – seriy va lantan 50-68%, R2O5 – 22-31,5%. Izomorf aralashma holida ittriy – 5% gacha, toriy – 5-60% atrofida bo`ladi. Monatsit monoklinal singoniyali, tabletkasimon, prizmatik shakllarda uchraydi. Magmatik jinslarda (intruziv va pegmatitlarda) mayda donali, ba’zan bir necha kilogrammlik xillari mavjud. Uning rangi xilma-xil - qo`ng`ir, sarg`ish-qo`ng`ir, jigarrang, qizil, ba`zan yashil, shishadek yaltiraydi, yog`langandek. Qattiqligi – 5,5, solishtirma og`irligi – 5,5. Monasit kam uchraydi, odatda nefelinli sienit, granit, alyaskit va ularning pegmatitlarida ko`proq tarqalgan. U seriy, lantan hamda toriy olishda asosiy manba hisoblanadi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin