Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə52/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Mineralogiya

Lamprofillit- Na2Sr Fe Ti2 [SiO4 ]3(F,OH).
Tarkibida ba`zan bor-2% gacha, F-1,8 gacha bo`ladi. Rombik singoniyali, kristall qiyofasi «S»o`qi bo`yicha cho`zinchoq, ayrimda uzunligi 20 sm gacha bo`ladi. U oltin rang-qo`ng`ir tovlanadi, yaltirashi shishadek. Uning qattiqligi 2-3, mo`rt, ulanish tekisligi (100) bo`yicha o`ta mukammal, solishtirma og`irligi 3,5.
Lampofillit nefelinli sienitlarda va ularning pegmatitlarida egirin, nefelin, evdialit, sodalit, murmanitlar bilan birga uchraydi.

Kalamin-Zn4[Si2O7][OH]2H2O.
Tarkibida: ZnO-67,5, SiO-25%, H2O-7,5% aniqlangan. 500o gacha qizdirilganda tarkibidagi suvning yarmisi ajralib chiqadi, shaffofligi yo`qolmaydi, qolgan qismi kristall panjarasi buzilgandan keyin yo`qoladi. U rombik singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-piramidal. Mineral agregatlari ko`pincha radial shu`la kabi tuzilgan, ayrimda buyraksimon yoki staliktit massalar tarzida uchraydi. U odatda rangsiz, ayrimda sariq, qo`ng`ir, yashil va havo rang kabi tovlanadi. Yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi yuzalarda-sadafdek, qattiqligi 4-5. ulanish tekisligi (110) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,5.
Kalamin-sulfid qo`rg`oshin-rux konlarining oksidlanish zonalarida smitsonit, serussit, limonit va boshqa minerallar bilan birga paydo bo`ladi. U smitsonit bilan birga muhim ruh ma`dani hisoblanadi va odatda yirik uyumlar hosil qiladi.
Soizit-Ca2AI3[Si2O7][SiO4]O[OH].
Tarkibida: CaO-24.6%, AI2O3-33,9%, SiO2 -39,5%, H2O-2%, ayrimda Fe2O3 -2-5% gacha bo`ladi. Rombik singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombodipiramidal, kristallari prizmatik, agregatlari nayzasimon yoki donador tuzilgan bo`ladi. U kulrang tovlanadi, yaltirashi shishadek, qattiqligi 6, ulanish tekisligi (010) bo`yicha mukammal, notekis yuzalar hosil qilib sinadi, solishtirma og`irligi 3,3. Mikroskopda optik belgilariga qarab aniqlanadi. Soizit intruziv jinslardagi plagioklazlarning gidrotermal o`zgargan mahsuloti bo`lib yuzaga keladi. Bulardan tashqari, kristallik slaneclarda va amfibollarda uchraydi.

Epidot-Ca2(AIFe)3[Si2O7][SiO4]O(OH).
Tarkibida: CaO 23,5%, AI2O3-24,1%, Fe2O3-12,6%, SiO2-37,9%, H2O-1,9% gacha aniqlangan. Monoklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-prizmatik. Kristall qiyofasi prizmatik «V» o`qi bo`yicha cho`ziq, ayrimda nayzasimon. Epidotning rangi har xil tusda, yashilroq, sariq, qora, kul rang tovlanadi. Yaltirashi shishadek shaffof, qattiqligi 6,5, ulanish tekisligi (001) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,3-3,4. Tabiatda eng ko`p tarqalgan xillari pista rang-yashil rangiga va qiyofasiga qarab osonlik bilan aniqlanadi. Epidot tabiatda hosil bo`lish sharoitlari va u bilan birga uchraydigan minerallar paragenezisi gidrotermal sharoitda yuzaga kelishi aniqlangan. Bulardan tashqari, kontakt-metasomatik konlarda kvars, xlorit, kalsit va sulьfid minerallari bilan yirik uyumlar hosil qiladi.


Ortit-(Ca,Ce)2(AI,Fe)3 [Si2O7][SiO4]O(O,OH).
Tarkibida: Ce2O3 -6% gacha, (La. . .)2O3 -7% bo`ladi. Bulardan tashqari FeO,MgO, MnO 8% gacha, V2O3, Si2O3, ThO2 -3,8% gacha aniqlangan. Monoklin singoniyali, simmetrik ko`rinishi rombo-prizmatik, qalin ustunsimon, ayrimda nayzasimon, ko`pincha xol-xol donalar tarzida topiladi. Rangi qoramtir, mumdek qora, goho sariq, yaltirashi shishadek (mumsimon), yog`langandek. Ortitning qattiqligi 6, ancha mo`rt, chig`anoqqa o`xshash yuzalar hosil qilib sinadi. Uning solishtirma og`irligi 4,1, radioaktivlik xususiyatga ega. Tabiatda qora rangiga, mumsimon yaltirashiga, notekis yuzalar hosil qilib sinishi ortit uchun mansub belgi hisoblanadi. Ortit xol-xol dona holida ko`pincha intruziv jinslarda granit, sienit va ularning pegmatitlarida, ba`zan gneys, kontakt-metasomatik konlarda ham topilgan.


Ilvait- CaFe2Fe[Si2O7].[OH].
Tarkibi o`zgaruvchan. CaO-13,7%, FeO-35,2% Fe2O3-19,6%, SiO2-29,3%, H2O-2,2%. Rombik singoniyali, ko`rinishi rombo-dipiramidal, ko`pincha prizmaga o`xshash. Tabiatda yaxlit donador massalar, ayrimda shu`la kabi joylashgan nayzasimon agregatlar holida topiladi. Rangi qora, qo`ng`ir yaltiroq tovlanadi. Yaltirashi yog`langandek, yarim metall kabi. Uning qattiqligi 5,5-6, mo`rt ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal, notekis, qisman chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi 3,8-4,1. Ilvait kontakt- metasomatik temir konlarida granatlar (andradit), gedenbergit, magnetit temir va mis sulьfidlari bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Nurash zonalarida parchalanib, limonit, ba`zan marganes gidrooksidlari hosil qiladi.


Berill-Be2AI2[Si6O18 ].
Tarkibida: BeO-14,1%, AI2O3-19,0%, SiO2-66,9%, aralashma holida K2O, Li2O, Rb2O-7% gacha uchraydi. U geksagonal singoniyali, ko`rinishi digeksagonal-dipiramidal. Berillning kristallari aniq tuzilgan ustunsimon yoki prizmatik qiyofaga ega. Uning rangi och yashil, sarg`ish, yashil, havo rang, tiniq yashil (13-rasm). Rangsiz shaffof hillari ham uchraydi. Rangiga qarab quyidagi xillarga bo`linadi. 1) zumrad och yashil, yashil va shaffof xillari eng qimmatbaho hisoblanadi. 2) akvamarin-tiniq ko`kimtir havo rang, 3) vorobьevit-pushti rangli va 4) geliodor-sariq shaffof. Bularning barchasi shishadek yaltiraydi. Uning qattiqligi 7,5-8,0, ancha mo`rt, ulanish tekisligi (1010) prizma va (0001) pinakoid bo`yicha mukammal emas, notekis yuzalar hosil qilib chig`anoqqa o`xshab sinadi. Solishtirma og`irligi 2,6-2,9.


13-rasm. Berill.

Berill nordon va ishqorli intruzivlarning pegmatitlarida paydo bo`ladi. Ba`zan pnevmatolit-gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Ushbu jarayonlarda berill topaz, turmalin, fluorit, fenokit, xrizoberill, volframit, kammiteritlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda ko`rish mumkin. Berill ayrim konlarda yirik, gigant kristallar (AQSH da og`irligi 16 tonnagacha), uzunligi 5 m gacha va ko`ndalangi 1,5 m gacha topilgan. Rangi chiroyli, shaffof xillari zumrad, akvamarin zargarlikda ishlatiladi.



Ashirit-Cu6[Si6O18]∙.6HO yoki CuSiO3.∙ H2O.
Tarkibi: CuO-50,5%, SiO2-38,1%, H2O-11,4%. Trigonal singoniyali, ko`rinishi romboedrik. Kristall qiyofalari kalta, uchlari nayza ustunchalar shaklida bo`ladi. Ashiritning rangi zumrad-yashil, chizig`i yashil, yaltirashi shishadek, shaffof. qattiqligi 5 mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,3. u mis konlarining nurash zonalarida paydo bo`ladi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin