Piroksenlar guruhi Kristallografik shakllariga qarab ikki guruhga: monoklin va rombik piroksenlarga bo`linadi.
Rombik piroksenlar (ortopiroksen) magniy va temir metasilikatlardan iborat bo`lib, uzluksiz izomorf aralashma Mg2[Si2O6] va Fe2[Si2O6] qatorini hosil qiladi. Monoklin piroksenlar (klinopiroksen) qo`shaloq va murakkab birikmalardan iborat bo`lib, ularning kristall strukturalarida bir-biri bilan o`rin almasha oladigan Mg2 va Fe2 shuningdek Ca kat?onlari ishtirok etadi (28-jadval).
Enstatit- Mg2[Si2O6]. Tarkibida SiO2 -60%, MgO-40%.
Ba`zan Ni0-0,2 gacha. Rombik singoniyali, rombo-dipiramidal, kristallari prizmatik, tabletkasimon qiyofalarda. Rangsiz, yashilroq tovlanadi, goxo yashil, yaltirashi shishadek, qattiqligi 5,5.
Enstatit magniyga boy magmatik jinslar uchun mansub mineral. U olivinlar bilan bir associaciyada peridotitlar tarkibida uchraydi. Effuziv jinslarda (bazalьtlarda, andezitlarda) ham yuzaga keladi.
Gipersten. Tarkibida FeO miqdori 14% ortiq, fizik xususiyatlari bo`yicha enstatitga o`xshash. Rangi yashildan, yashil-qoragacha, solishtirma og`irligi 3,3 - 3,5. Temirga boy asos magmatik jinslarda (gabbro-norit, andezitlarda) uchraydi.
Diopsid – CaMg [Si2O6]. Tarkibida CaO-25,9%, MgO-18,5%, SiO-55,6%. Aralashma holida Fe, MnO, ayrimda Al2O3, Fe2O3, Cr2О3 . Diopsid monoklinal singoniyali, simmetriya ko`rinishi prizmatik. U kontakt-metasomatik jarayonlarda nayzasimon, yoki radial kabi yakka-yakka donador holida uchraydi. Rangsiz, och xira yashil yoki kul rang. Diopsid shishadek yaltiraydi, qattiqligi 5,5-6, mo`rt, ulanish tekisligi 870 burchak bilan (110) prizma bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,2 – 3,4. Diopsid magmatik jinslarda-piroksenit, peridotit, gabbro ba`zan diorit, sienit hamda bazalt, doleritlarda keng tarqalgan. Ayrimda kontakt-metasomatik jinslarda vollastonit, granatlar bilan bir assotsiatsiyada bo`ladi.
Gedenbergit. Tarkibida SaO-22,2%, FeO-29,4%, SiO2 – 48,4%. Monoklinal singoniyali, prizmatik ko`rinishda, radial shu`la kabi, ayrimda yirik nayzasimon holida topiladi. Uning rangi to`q yashildan qoramtir yashilgacha, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 5,5-6, solishtirtma og`irligi 3,5-3,6, ulanish tekisligi 870 burchak bilan (110) prizma bo`yicha mukammal.
Avgit- Ca(Mg, Fe, Al) [(SiAl)2O6]. Tarkibida MgO, FeO juda yuqori, Al2O3 -4-9% gacha. Singoniyasi-monoklin, prizmatik ko`rinishida. Odatda kalta ustunsimon, tabletka shaklida topiladi, qora, yashil, qo`ng`ir qora tovlanadi, yaltirashi shishadek, qattiqligi -5-6.
Avgit asosli magmatik jinslarda andezitlarda, fonolitlarda, bazaltlarda uchraydi.
Egirin- Tarkibda Na2O-13,4%, Fe2O3 -36,4%, SiO2 -52%. Monoklin singoniyali, pri?matik ko`rinishda. Ko`pincha cho`ziq prizmatik ustunsimon yoki ignasimon, yonlarida tik chiziqchalari bor. Rangi yashil, to`q yashil, yaltirashi shishadek, qattiqligi 5,5-6, ulanish tekisligi 87°C burchak ?ilan prizma bo`yicha ko`rinadi. Egirin ishqorlarga boy intruziv va vulqon jinslarda –fonolit va boshqalarda asosiy jins hosil qiluvchi mineral sifatida keng tarqalgan.