Dala shpatlari guruhi Dala shpatlar guruhi silikatlar orasida yer po`stida keng tarqalgan bo`lib, og`irligi bo`yicha 50% ni tashkil etadi. Dala shpatlari kimyoviy tarkibi (24-jadval) va ichki tuzilishi bo`yicha uch guruhga bo`linadi:
1.Natriy-kalsiyli Na[AlSi3O8]–Ca[Al2Si2O8]x– katorlaridan iborat bo`lib, plagioklazlar deb ataladi.
2. Kaliy-natriyli dala shpatlari, yuqori haroratda K[AlSi3O8] - Na[Al Si3O8] uzluksiz qattiq eritma qatorini hosil qilib, asta-sekin soviganda kaliyli va natriyli minerallarga ajraladi.
3. Kaliy-bariyli dala shpatlari ham K[AlSi3O8] – Ba[Al2Si2O8] izomorf aralashmasidan iborat, tabiatda kam uchraydigan gialofanlar deb ataladigan minerallarni hosil qiladi.
Plagioklazlar. Bu guruhga kiradigan minerallar albit va anortit molekulalarining turli nisbatdagi qattiq izomorfik qatorini tashkil etadi. Ushbu izomorf qatorga kiruvchi minerallar quyidagilarga bo`linadi:
Alьbit-Na[AlSi3O8]-0-10%, Oligoklaz-10-30%, Andezin-30-50%, Labrodor-50-70%, Bitovnit-70-90%, Anortit- Ca[Al2 2Si2O8]-90-100%.
Plagioklazlar barcha magmatik jinslar tarkibida uchraydi ularning kimyoviy tarkibi muhim axamiyatga ega, U.S.Fyodorov har bir plagioklazlar tarkibidagi anortit molekulasining foizdagi miqdoriga qarab alohida guruhchalarga ajratadi (25-jadval). Masalan, agar plagioklazning №37 bo`lsa, unda 37% anortit va 63% alьbit molekulasi bo`lsa andezin deyiladi, yozilishi quyidagicha An37Ab63 agar plagioklaz №56 bo`lsa, anortit 56% va albit – 44%ni tashkil etadi va labrodor deb ataladi An56 Ab44
Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi
(% hisobida, A.G.Betextin bo`yicha) 25-jadval
Tarkibi
¹0
¹25
¹50
¹75
¹100
Na2O
10,76
8,84
5,89
2,92
-
CaO
-
5,03
10,05
15,08
36,62
Al2O3
19,40
23,70
28,01
32,33
36,62
SiO2
68,81
62,43
56,05
49,67
43,28
Plagioklazlar triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinokoidal, tabletkasimon, yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga ega. Odatda murakkab polisintetik qo`shaloq kristallari keng tarqalgan, oddiy qo`shaloq kristallari kam.
Rangi xilma-xil, oq, kulrang, ba`zan yashilroq, ko`kimtir, ba’zan qoraroq, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6-6,5 ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal, ularning solishtirma og`irligi albitda 2,61 va anortitda 2,77. Ular magmatik jinslarda keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral deyiladi. Bulardan tashqari, kristallik slaneslar va rogoviklar tarkibida piroksen, amfibol va sludalar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.