Amfibollar guruhi Amfibollarning hozir ma`lum bo`lgan 70 dan ortiq minerallari mavjud. Ularning kimyoviy ifodasi (27-jadval) xilma-xil bo`lishiga qaramay, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari bir-biriga o`xshab ketadi. Amfibollar prizma shaklida kristallanib, prizma tekisliklari (110) o`zaro 124°30 burchak hosil qiladi, bu belgilari bilan o`zlariga o`xshash bo`lgan piroksenlar guruxidan farqlanadi. Barcha amfibollar kristall singoniyalari va tarkibiga ko`ra ikkiga: rombik va monoklinlarga bo`linadi.
Rombik singoniyali amfibollar. Antofillit va jedrit. Kimyoviy dalillardan ma`lum bo`lishicha amfibollar magniy va temir aralashmalaridan iborat izomorf qatorini hosil qiladi. Bu minerallar metamorfik sharoitda yuzaga kelib, magmatik jarayonda hosil bo`lmaydi. Ular past haroratda barqaror bo`lib, yuqori (1000°) haroratda tarkibidan (ON)-1 chiqib ketishi бilan SiO4 tetraedrlarining ikki qatorlik zanjirining bir qatorlik zanjirga aylanishi yuz beradi:
Mg7Si8O22(OH)2 +OH → 7MgSiO3 +SiO2 +H2O
Antofillit enstatit
Ularning ulanish tekisligi 126°C burchak bilan (110) prizma bo`yicha mukammal. Odatda nayzasimon, shu`lasimon, tolali agregatlardan iborat. Ular ko`pincha rangsiz, kulrang, yashil, ba`zan havorang, qattiqligi 5,5-6, solishtirma og`irligi 2,8-3,2.
Monoklin amfibollar
Aktinolit nomi grekcha «aktis» - nur va litos-tosh, tabiatda ignasimon agregatlar holida uchraydi.
Rangi och yashildan to`q yashilgacha, solishtirma og`irlgi 3,1-3,3. Aktinolit shakli va agregatlarining tuzilishiga binoan quyidagi turlarga bo`linadi: nefrit – yashirin kristalli, zich joylashgan, yashil, qoramtir yashil; Aktinolit past haroratda barqaror.
Rogovaya obmanka. Monoklin singoniyali, prizmatik ko`rinishda. Kristallari ustunsimon, prizmatik, ayrimda izometrik shakllarda topiladi. Rogovaya obmanka rang-barang yashil yoki qo`ng`ir qoramtir hollarda uchraydi, qattiqligi 5,5-6, ulanish tekisligi 124°C burchak bilan (100) prizma bo`yicha mukammal.
Rogovaya obmanka asos, o`rta ba`zan nordon intruziv va vulqon jinslarida mansub rangli mineral hisoblanadi. Bulardan tashqari amfibollar va kristalli slaneslar va ba`zan skarnlarda topiladi.
Arfvedsonit ishqorli amfibol monoklin singoniyali, ustunsimon, nayzasimon, ba`zan donador agregatlar holida topiladi. U shaffof, to`q kulrang yashilroq tovlanadi. Uning qattiqligi 5,5-6, ulanish tekisligi (110) bo`yicha prizma ko`rinishida. Arfvedsonit ishqorga boy magmatik jinslar uchun mansub mineral bo`lib sodalit, evdialit va nefelinlar bilan bir assotsiatsiyalarda uchraydi.