1. 227- masala Sizning rahbarligingizda yechiladi. Masalani o‘qib bo‘lib, o‘quvchilar chizmani qarab chiqadilar va butun masofa liecha qismga bo‘linganini aniqlaydilar (birinchi qism — 60 km, ikkinchisi — noma'lum, uchinchisi — 70 km), mashinalar orasida qancha masofa qolganini qanday topishni gapirib beradilar. (Masala uchinchi qo‘shiluvchini topishga keltiriladi.) [20]
Yangi materialni ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rish uchun 400+300, 500+200, 40+50 ko‘rinishidagi misollarni og‘zaki yechish va yig‘indining o‘rin almashtirish xossasini eslash foydali (300+400-400+300, 20+40=40+20). So‘ng o‘quvchilar darslikdagi misollarni (350+420) yechishni mustaqil tushuntirib berishlari kerak, qoidani o‘qishlari (yuzliklar yuzliklarga qo‘shiladi, o‘nliklar o‘nliklarga qo‘shiladi), shundan keyin 233- mashq og‘zaki tushuntirishlar bilan yechiladi.