Ming ichida ko’paytirish va bo’lish reja


Darslarga oid metodik ko’rsatmalar 53-dars. O’nlikdan o’tmasdan qo’shish



Yüklə 254,99 Kb.
səhifə13/14
tarix26.03.2022
ölçüsü254,99 Kb.
#54216
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ming ichida ko’paytirish va bo’lish

Darslarga oid metodik ko’rsatmalar 53-dars. O’nlikdan o’tmasdan qo’shish


Yangi material ustida ishlash

  1. Tayyorgarlik mashqlari. Yig‘indining qiymatini turli usullar bilan hisoblang: 32+46, 28+52; 43+55. (Bolalar mulohazasi: 32+46=(30+40)+(2+6)=70+8-78, ya'ni o‘nliklarni o‘nliklar bilan, birliklarni birliklar bilan qo‘shib, ular yig‘indisi hisoblanadi.) Boshqacha ham qilishlari mumkin: 32+46=(32+40)+6=72+6=78 va h.k.; Doskaga birinchi usulni yozish maqsadga muvofiqdir:

32+46=(30+2)+(40+6)=(30+40)+(2+6)=70+8=78

28+52=(20+8)+(50+2)=(20+50)+(8+2)=70+10=80

43+55=(40+3)+(50+5)=(40+50)+(3+5)=90+8=98

Bolalar bilan birga bunday misollarni qanday qilib hisoblash mumkinligini eslash. (Agar bolalar eslay olmasalar, ularga yordam berish kerak — yechimni ustun qilib yozib hisoblagan edik.).

Bu sonlar yig‘indisini ustun qilib yozish kerak:


Bu usul eng qisqa va qulay ekanligi haqida xulosa chiqarish.



  1. Bolalarga bu usulni uch xonali sonlarni qo‘shishda qo‘llash taklif qilinadi, masalan: 324+251.

324+251=324+(200+50+1)=(324+200)+(50+1)=(524+50)+1=574+1=575

324+25l=(300+20+4)+(200+50+l)=(300+200)+(20+50)=(4+l)=500+70+5= 575

(Hamma yozuvlar doskada bajariladi).

Misollarni to‘g‘ri yechdik, lekin uzoq yechdik. Bu sonlarni qisqaroq qo‘shishni eslay olmadingizmi?

Xulosa chiqariladi: Uch xonali sonlarni qo‘shishda qo‘shiluvchilar bir- birining ostiga ustun qilib yozilsa, ya'ni birlarni birlar ostiga, o‘nlarni o‘nlar ostiga, yuzlarni yuzlar ostiga yozib, birlar birlar bilan, o‘nlar o‘nlar bilan, yuzlar yuzlar bilan qo‘shiladi. Yozma qo‘shish birlardan boshlanadi.



  1. Bunday misollarning yechilishini tushuntirishni o‘rganamiz. 324 soniga 251 sonini qo‘shish kerak bo‘lsin.

Yozaman: 324 ni uning ostiga 251 ni — birlarni birlar ostiga, o‘nlarni o‘nlar ostiga, yuzlarni yuzlar ostiga:

Birlarni qo‘shaman: 4 birlikka 1 birlikni qo‘shaman; 5 birlik chiqadi, 5 ni birlar ostiga yozaman.

Yuzlarni qo‘shaman: 2 o‘nlikka 5 o‘nlikni qo‘shaman, 7 o‘nlik chiqadi. 7 ni o‘nlar ostiga yozaman.

Yuzlarni qo‘shaman: 3 yuzlikka 2 yuzlikni qo‘shaman, 5 yuzlik chiqadi. 5 ni yuzlar ostiga yozaman:

Javobni o‘qiyman: 575 chiqdi.

  1. Darslikdagi ikki xonali sonlami va uch xonali sonlarni qo‘shish usullarini taqqoslaydigan namunalar bilan ishlash.

  2. 362-mashqdagi misolni batafsil tushuntirishlar bilan yechish.

  3. 364- mashq misollarini bolalar mustaqil yechadilar.

Yüklə 254,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin