Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия


Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə12/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Endokrinologiya

5. Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.
6.Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism.
Ko’rib chiqiladigan savollar:
1.Tireoidlar: o’tkir, o’tkir osti, Ridel bo’qog’i
а) etiologiyasi va patogenezi
б) klinikasi
в) qalqonsimon bez o’smasi bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
г) davolash metodlari,prognoz.
2. Autoimmun tireoidit
а) Uning klinik namoyon bo’lishi,bosqichlari va shakllari
б) Endemik bo’qoq bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
в) davosi,prognozi.


O’tkir osti tireoidit-(de Kerven tireoiditi)- qalqonsimon bez yallig’lanishi va tireotsitlarning destruksiyasi bilan boruvchi,virus etiologiyali kasallikdir.
Etiologiyasi.Kasallikni virus chaqiradi,lekin aniq bir spetsifik virus aniqlanmagan.U Koksaki,adenovirus,qizamiq virusi,epidemic parotid,gripp virusi bilan chaqirilishi mumkin.
Moyillik omillari bo’lishi mumkin:
-anamnezida virusli kasallik o’tkazganligi;
-virusli infeksiya tarqalgan mahalda kasallanganlarning sonining ortishi;
-bemorning qonida Koksaki,adenovirus,gripp virusiga nisbatan antitela titrining yuqori bo’lishi;
Patogenez.Quyidagi patogenetik omillar ahamiyatga ega:
-virusli infeksiyaning qalqonsimon bezga shikastlovchi ta’siri;
-immun reaksiyaning rivojlanishi,qalqonsimon bez antigenlariga nisbatan antitelaalrning hosil bo’lishi,immune komlekslarning hosil bo’lsihi,kompliment aktivlashishi va immune yallig’lanishning rivojlanishi.
Klinikasi.Mahalliy simptomlar:
-qalqonsimon bez joylashgan sohada og’riq va uning ensa,quloq,pastki jag’,bo’yining orqa qismiga,yutqinga irradiatsiyasi;
-og’riq boshni burganda,yutinganda,chaynashda,bosh egilganda kuchayadi,2-3 hafta davom etadi;
-yutish qiyinlashadi;
-qalqonsimon bez kattalshishi,zichlashishi,ba’zan faqat o’ng bo’lak kattalashadi va og’riydi,keyinchalik esa boshqa qismlar ham shikastlanadi.
-bezni o’rab turgan teri issiq,giperemiyalangan,tegilganda og’riqli;
Umumiy simptomlar:
-Tana haroratning ko’tarilishi;
-qaltirash,umumiy holsizlik,terlash,bosh og’rig’I;
-Ko’pchilik bemorlarda boshlang’ich davrda tireotoksikoz belgilar:tasirchanlik,terlash,temperatura,yurak urib ketishi,ozish,issiq,nam,giperemiyalangan,elastic teri,ko’zning jilolanishi,kaft yoyilganda uning tremor;


Diagnostikasi.Qonda IgM miqdori oshgan,tireoglobulin va mikrosomal fraksiyaga qarshi antitela titri vaqtinchalik oritishi kuzatilishi mumkin.Tireoid gormonlarning qondagi miqdori o’zgarishi.Qalqonsimon bez UTD sidaqalqonsimon bezning 3/1 dan kam bo’lmagan qismida bir oz exogenlikning pasayganligi,.Qalqonsimon bez biopsiyasi:kolloidning oksifil moddasi fonida gigant ko’p yadroli hujayralar aniqlanadi.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin