Qiyosiy tashxis. Diffuz toksik bo’qoq.DTB uchun tireotoksikoz fonida yuqori temperaturaning,yutinganda kuchli og’riq,qalqonsimon paypaslanganda og’riq,virusli infeksiya o’tkazganligi,EChT ning oshishining bo'lishi xarakterli emas.
O’tkir yiringli tireoidit.O’tkir yiringli tireidit uchun umumiy intoksikatsiya,yuqori gektik isitma,qaltirash,keskin yuzaga chiqqan leykotsitoz,qalqonsimon bez soxasida flyuktuatsiya xosdir.
Qalqonsimon bez saratoni.Saraton uchun bezning zichligi,og’riqning kamligi,bezning g’adir-budirligi,regionar limfaadenopatiya,glyukortikoidlar bilan davolashning samarasizligi,qalqonsimon bez bioptatida atipik xujayralarning aniqlanishi xarakterlidir
Лечебная программа при подостром тиреоидите. Tireoidit o’tkir osti kechishining davolash dasturi Glyukokotikoidlar bilan davolash.
NYaQV qabul qilish.
Metronidazol bilan davolash.
Tireoid gormonlar bilan davolash.
Immunomodulyatsiya
Mahalliy davo.
Tireotoksikozni simptomatik davolash.
Glyukortikoidlar bilan davolash tireoiditning o’tkir osti kechishining asosiy davo usuli hisoblanadi.Bunda ko’pincha prednizalon,sutkasiga 30-40 mg buyuriladi.(6-8 tabletka).Davolash davomiyligi qalqonsimon bez sohasida og’riq yo’qolishi va ECHT ning normallashuviga qarab belgilanadi.YQNV berish uchun ko’rsatma:o’tkir osti tireoiditning yengil formasi,qalqosimon bez sohasida kuchli bo’lmagan og’riqlar.Indometatsin qo’llanilganda yahshi samaraga erishiladi.(metindol).Uni 0.025 g kuniga 3-4 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi.Juda kam hollarda tireidit anaerob flora bilan chaqirilishi mumkin.Bunday hollarda metranidozol 0.25 g dan kuniga 4 marta ovqatdan keyin,14 kun beriladi.Tireoid preparatlarni glyukokortikoidlarbilan davolashni boshlagandan so’ng 3-4 kun o’tib beriladi.L-tiroksin 50-100 mkg/sutka,1-1.5 oy.Immunomodulyatsiyalovchjilardan timalin 20 mg dan m/I 5kun davomida,yoki T-aktivin 100 mkg dan 5 kun qilinadi.