Klinik kartinasi.Semirish bazida depressiv sindrom,bezovtalik,shaxslararo va ijtimoiy munosabatlarning buzilishi bilan boradi.Semiz insonlar ayniqsa o’smirlik davrida yoki bu darajada diskriminatsiyaga uchraydilar.O’ziga past baho berish bu insonlarga ijtimoiy va shaxs sifatida garmonik rivojlanishlariga halaqit beradi.Ularning shikoyatlari quyidagicha:estetik muammolardan tortib,to semizlikka xarakterli bo’lgan (YuIK,qandli diabet,qon aylanishining yetishmovchiligi) va nospetsifik simptomlar(apatiya,uyquchanlik,tez charchash,qabziyatga moyillik,bo’g’imdagi og’riqlar).Shunga qaramay bemorlar hecha qachon ishtahaning yuqoriligiga shikoyat qilishmaydi.Shuning uchun bemorning ovqatlanish xarakterinini aniqlash lozim.Muammoni hal qilish yo’llari-bemorning нунвшпфт ovqati haqida so’rash,istemol qilish qilish chastotasi va sutka davomida oxirgi marotaba istemol qilgan vaqtini aniqlash.Bemorning oxirgi 2-5 kun ichida o’zidan yeydigan ovqatlari haqida yozib berishini so’rasa ham bo’ladi.Bu yo’l ancha uzoq lekin samarali yo’l xisoblanadi.Ekzogen-konstitutsional semirish bilan kelgan bemorlardan yig’ilgan anamnez tipik ko’rinishi quyidagicha:ularning nazarida ular juda kam ovqat istemol qilishadi,ertalablari esa umuman ovqatlanishmaydi.Ular tomonidan ertalab istemol qilingan bir chashka kofe(80 kkal) va saryog’ yoki pishloqli buterbrod(300 kkal) esa ular uchun ovqat ovqatlanish xisoblanmaydi.
Android va uzoq davom etgan ginoid tip semirish bilan og’rigan bemorlarda teri va yog’ bezlarining faoliyati kuchaygan bo’ladi,shuning uchun bu bemorlarning terisi nam,yog’li,yiringchalar,ekzematizasiyalar,piodermiyalar va furunkulyozlar bo’ladi.Chov va kindik churralari bu bemorlar uchun hosdir.Semirish insulinrezisentlik bilan kechib,bunda insulinning glyukozani utilizasiya qilish qobiliyati pasayib ketadi,bu esa glyukozaning jigar orqali qonga chiqarilishini kamayishiga olib keladi.Semirishda ko’p uchraydigan giperinsulinemiya arterial gipertenziya va tuxumdonlar polikistozi patogenezida asosiy omil hisoblanadi.Gipertrixoz semirish uchun hos va bu tuxumdonlarning anovulyasiya bilan kechuvchi ikkilamchi polikistozi bilan tushuntiriladi.
Uzoq davom etgan ginoid semirish va android tip semirish bilan og’rigan bemorlarda teri bezlari va yog’ bezlari funksiyasi oshgan bo’ladi,shuning uchun teri nam,yog’li,yiringchalar,ekzematizasiya,piodermiya,furunkulyozlar uchraydi.Chov va kindik churralari xarakterlidir.Semirish
Bu bemorlar ish kunini tamaddi qilib olish bilan boshlashadi.Odatda bunda ular yuqori kaloriyali yog’ maxsulotlarini istemol qilishadi.Ko’pincha bemorlar ish vaqtida o’zlari sezmagan holda avtomatik tarzda bir narsani kavshab turishadi;siqilganda,uyqu oldidan,kechqurun ham nimadir ist’emol qilishadi.Unchalik aniq bo’lmagan sabablarga ko’ra insulinrezisent shaxslar va ularnig jismoniy yuklamalarga tolerantligi bor yaqin qarindoshlarida semirishga sharoit yaratib berishadi.
Semirish bilan kelgan bemorlarni ko’zdan kechirgan vaqtda semirishda doimiy yo’ldosh kasalliklar: gipertonik kasallik,YuIK,ateroskleroz,qandli diabet II,qon aylanishi yetishmovchiligi,o’pka yuragi,o’t-tosh kasalligi,osteoartroz,purin almashinuvining buzilishi,venoz yetishmovchilik va oyoqlardagi trofik yaralar kabi kasalliklarni topishga e’tiborni qaratish lozim.Semirishning asoratlaridan biri o’pka gipertenziyasi,kunduzgi uyquchanlik,uyqudagi “apnoye” sindromi,ikkilamchi polisitemiya va arterial gipertenziya hisobiga vujudga o’ng qorincha yetishmochiligidir.Bu og’ir holat Ch.Dikkensning “Pikvik klubi bitiklar” romanidagi ish vaqtida doima uxlab o’tiradigan semiz-hizmatkor sharafiga Pikvik sindromi deb nomlangan.Sianoz,ortopnoye,hansirashning paydo bo’lsihi qon aylanishi yetishmovchiligi rivojlanganligidan dalolat beradi.Semirish metobolik yoki X sindromning bir komponenti hisoblanadi.Bu sindrom “o’lim to’rtligi” nomini (yuqori ip semirish,uglevodlarga bo’lgan tolerantlikning buzilsihi,giperlipidemiya,arterial gipertenziya).Metobolik sindromning boshqa komponentlari geperuikemiya,ateroskleroz,YuIK,qandli diabet hisoblanadi.Labarator tekshiruvlar semirishning organik sabablarini rad etish va rivojlanishi mumkin bo’lgan asoratlarni aniqlashga yordam beradi.Ortiqcha vaznga ega bemorlar uchun odatda qonda xolesterin,aterogen lipoprotein,siydik kislotaning yuqori ko’rsatkichi hosdir.Koagulogramma ko’pincha giperkoagulyatsiyaga moyillikni ko’rsatadi.(fibrinogenning oshishi,fibrinolizning pasayishi)
Semiz bemorlar uchun ikkilamchi giperaldesteronizm,LG va FSG ning nisbati o’zgarishi va estradiolning oshishi xarakterlidir.
Semirishning zamonaviy davosi-uzoq muddatli,xavfsiz va profilaktik yo’naltirilganlikdir.
Ovqatlanishning to’g’ri konsepsiyasini ishlab chiqish zarur.Parxez kaloriyasi sutkasiga 1000-1200 kkal tashkil etmog’I lozim. Parxezda hayvon yog’lari chegaralanadi,qand o’rnini bosuvchi moddalardan foydalaniladi,ko’p miqdorda oziqaviy tolalar qo’shiladi.
Jismoniy yuklama majburiy,uzoq davom etmog’I lozim,shundagina depodagi yog’lar sarflanadi.
Medikamentlar TVI 30 dan yuqori va parxez va jismoniy yuklamalar yordam bermagan holatlarda qo’llaniladi.
Medikamentoz davo variantlari:to’yish markaziga ta’sir qilish va to’yintirish-“Izolipan” preparati;yog’lar so’rilishini bloklash-“Ksenikal” preparati;lipolizni kuchaytirish-“Siofor” preparati.
Dostları ilə paylaş: |