5.Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar.
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.
6.Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism.
Ko’rib chiqiladigan savollar:
1. Konstitutsional-ekzogen semirish
а) sabablari,darajalari
б) ortiqcha tana vaznini aniqlash usullari
в) zamonaviy davo usullari
2. Gipotireoz
а) klinikasi va etiologik shakllari
б) turli genezli anemiyalar,KEO,buyrak kasalliklari,ichak kasalliklari bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
в) Homiladorlik paytida kechishining o’ziga hosligi va davosi
г) O’rinbosar gormonal terapiya,dozlarni tanlash
3. Itsenko-Kushing sindromi
а) Turli shakldagi giperkortitsizmlar bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
б) Giperkortitsizdagi semirish patogenezi va uning davosi.
в) davo usullari
4. Adinozo-genital distrofiya
а) Asosiy klinik simptomlarning etiologiyasi va patogenezi
б) Birlamchi gipogonadizm,yolg’on adipozogenital distrofiya bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
в) profilaktikasi va davosi
Semirish -tanada ortiqcha yog’ning to’planishi bo’lib,mustaqil kasallik sifadita surunkali kechadi va bir umrlk davoni talab qiladi.UJSSV malumotiga ko’ra yer yuzining 30% aholisi ortiqcha vaznga egalar.Shuni qayd qilib o’tish kerakki,alimentar semirish atereskleroz,arterial gipertenziya,uglevos almashinuvining buzilishidagi roli isbotlab beilgan.Semirishning yagonabir tasnifi yo’q,shuning uchun etiologiyasi,yo’g’ to’qimasining tarqalishiga kora va tana vazniga ko’ar tasnifi mavjud.Alimentar semirishning ginoid,android va aralash turi,metoboik sindrom bilan yoki uning alohida komponentlari bilan:yuqori tip semirish,glyukozaga nisbatan tolerantikning buzilishi,giperlipidemiya,arterial gipertenziya bilan kabi turlari farqlanadi.Semirishning aniq sabalari-ovqatning yuqori kaloriyaligi va cheklangan jismoniy aktivlik hisoblanadi.Energetik balans-yog’ to’qimsining gormoni-leptin,insulin,noradrenalin,serotonin bilan boshqariladi.Energiyani yog’ sifatida to’plash(ayniqsa energiya taqchilbo’lgan paytda) yog’ to’qimasining hayotiy muhim funksiyasi bo’lib hisoblanadi.Yo’g to’qimasida yog’ kislotalarining almashinuvi ro’y beradi.
Semirish darajasini visual ko’rik va tana vaznini o’lchash orqali aniqlashdan tashqari,yanada ko’proq informatsya beradigan:tana massasi indeksi(TMI)-tananing kg da o’lchangan vaznini,tananing uzunligiga bo’lish orqali topiladi(kg/m2).Ideal TVI 18-25 kg/m2 hisoblanadi.TVI qanachalik yuqori bo’lsa shunchalik kasallanish va o’lim soni oshib boradi.Erkaklar uchun yog’ to’qimasining normative miqdori tana massasining 15-20 %,ayollar uchun esa 25-30 % hisoblanadi.Yog’ to’qimasining qalinligini bel aylanasining son aylanasiga nisbati orqali topiladi.Bu ko’rsatkich ayollar uchun 0.8 dan erkaklar uchun 0.95 dan oshmaydi.Agar bu ko’rsatkich oshib, TVI ham yuqori bo’lsa yuqori tip semirishdan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |