Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə28/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Endokrinologiya

Talaba bilishi lozim:
Arterial gipotoniyaning sabalarini bilish,Shixan,Addison kasalligi simptomlarini aniqlay bilish,o’rinbosar gormonal terapiya qoidalarini bilsih,labarator va instrumental tekshiruvlar natijasini taxlil qila olishi lozim.
Talaba qila olishi lozim:
-birlamchi va ikkilamchi giperkortitsizmni farqlay olishi.
-gipotoniya bilan kechuvchi kasalliklarni bir-biri bilan qiysiy tashxis qila olishi
Talaba bajara olsihi lozim:
- Arterial gipotoniyaning sababiga ko’ra dori vositalarini buyura olishi kerak..


5. Fanlar ichi va fanlar aro bogliqlik
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.
6.Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism.
Ko’rib chiqiladigan savollar:
1. Simmons-Shixan sindromi
а) asosiy klinik ko’rinishlarining patogenezi,shakllari,og’irigi
б) o’rinbosar gormonal terapiya
в) profilaktika va prognoz
2. Surunkali va o’tkir buyrak usti bezi po’stlog’i yetishmovchiligi
а) sabablari,gipotoniya patogenezi va boshqa klinik simptomlari
б)NSD,gemoxromatoz,skleroodermiya,enterit,malabsorbsiya,pellagra bilan qiyosiy tashxis o’tkazish.
Simmonds-Shixan sindromi
Gipotalamo-gipofizar yetishmovchilik(pangipopituitarizm)-destruksiya hisobiga trop gormonlarning kamayishi oqibatida periferik endokrin bezlarning funksiyasining buzilishi bilan yuzaga chiqadigan klinik sindrom.Gipotolama-gipofizar yetishmovchilikning bir ko’rinishi Simmons kasalligi bo’lib,tug’ruqdan song septikoembolik adenogipofizning nekrozi oqibatida rivojlanadi,og’ir kaxeksiya va organ va to’qimalarning involyutsiyasi bilan kechadi.Simmonds sindromida tana vaznining progresiranuvchi kamayishi dominantlik qiladi.Kaxeksiya va gipokortitsizm simptomlari ustunlik qilgan bemorlarda tez orada letal oqibatlarga olib keladi.
Ahixan sindromi-ko’p uchraydigan, yaxshi kechuvchi va sekin-asta rivojlanuvchi tug’ruqdan keyingi pangipopituitarizmning bir variant hisoblanadi.Agar faqat bitta trop gormonning yetishmovchiligi kuzatilsa bu izoryatsiyalsngan yetishmovchilik deyiladi.Gipofizning 10% hujayralari ishlagan holatda,pangipopituitarizm rivojlanadi.
Etiologiyasi.Gipopituitarizmning asosiy va ko’p uchraydigan sababi tug’ruqdan keyin,massiv qon yo’qotilishi(1 l ko’p),tromboemboliya va sepsis oqibatida rivojlanuvchi gipotalmo-gipofizar sohada qon aylanishi yetishmovchiligida kuzatiladi(qon quyilsihi,ishemiya).Tez-tez homilador bo’lish va tug’ish jarayonida gipofizning zo’riqishi gipopituitarizmga moyillik tug’diradi.Kam holatlarda gipofiz ishemiyasi oshqozon-ichak trakti va burundan qon ketishi xisobiga rivojlanadi.Judayam kam hollarda:Gipofiz adenomasi qon quyilishi va infarktdan so’ng,metastazlar(o’pka raki,sut bezi raki),granulyamatoz kasalliklar,yallig’lanishli kasalliklar(entsefalit,meningit,tuberkulyoz,abtsess),bosh miyajaroxati,gipofizektomiya,tug’ma aplaziya va gipoplaziya.
Patogenez.Pangipopituitarizm asosida trop gormonlarning va osish gormoni defitsiti yotadi.Buning natijasida buyrak usti bezlari,qalqonsimon va jinsiy bezlarning ikkilamchi gipofunksiyasi rivojlanadi.Ba’zi holatlarda gipofizning orqa bo’lagi yoki oyoqchalarining patologiaysi hisobiga vasopressin gormonining pasayishi va buning natijasida qandsiz diabet kelib chiqishi mumkin.O’sish gormonining kamayishi oqsil sinteziga ta’sir qiladi va skelet va silliq mushaklar,ichki organlarning progressirlanuchi atrofiyasiga olib keladi.Prolaktinnning ishlab chiqarislishi yo’qolsishi bilan agalaktiya rivojlandi.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin