6.2 Analitik qism Masala № 1 Bemor K.A. 32 yosh,bo’yi 162 sm,vazni 118 kg.Ovqat yegandan song ko’p terlash,polimenoreya ko’rinishidagi menstrual tsiklning davriy buzilishi va emotsional qo’zg’alishlarda arterial bosimning ko’tarilishiga shikoyat qiladi.Anamnezida tug’ilib o’sgan oilasidagi shaxslar ovqat shinavandalari,shirinlikni yahshi ko’radigan,ko’proq undan tayyorlangan ovqatlarni istemol qilishgan.Otasi,onasi,akalari va opalari hammalari turli darajada semirishga ega.Ko’ruvda-teri osti yo’g’ to’qimasining bir tekisda taarqalganligi,qorin terisining fartuk ko’rinishida osilib qolganligi,qorin terisida striyalar aniqlandi.Arterial qon bosimi deyarli normada,biroz taxikardiya,yurak chegaralari chapga siljigan,aorta ustida 2 ton aktsenti eshitiladi.O’pkada –nafas chiqarishning biroz uzayganligi(anamnezida bronxitlar kuzatilgan).Perkusiyada jigar va taloq kattalashmagan,ish kelishi qabziyatga moyil,lekin ish suruvchi o’simliklardan tayyorlangan vositalar yordamida oson keladi.10 yil davomida iqtisodchi bo’lib,oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikada ishlagan.Turmush qurgan,2 farzandi bor.
1. Bemorda semirishning darajasi va tipini aniqlang?
2. Menstrual tsiklning buzilishi va arterial qon bosimining ko’tarilish mexanizmlarini tushuntiring?
3. Ayniqsa ovqatdan keyin kuzatiladigan ko’p terlash nima bilan tushuntiriladi?
4. Ob’yektiv ko’rikdan olingan ma’lumotlar asosida boshqa endokrin genezli semirishlar bilan qiyosiy tashxis o’tkazing?
5. Semirishni davolash uchun qaysi metodni qo’llaysiz?
Masala №2 Sizga o’rta yoshdagi ayol arterial bosim ko’tarilganda kuchayuvchi doimiy bosh og’rig’i,chanqash va poliuriyaga shikoyat qildi.Bu belgilar bemorda 2 yildan beri kuzatiladi.Ospomenoreya va oligomenoreya tufayli ginekolog ko’rigiga brogan va u yerda gipertoniya aniqlangandan so’ng ginekolog kardiolog yoki uchastka terapevtiga uchrashishiga maslaxat bergan.Ko’ruvda-qizil oysimon yuz,yog’ to’qimasining tanada to’planishi va uning dumba sohasi va oyoqlarda yo’qligi aniqlandi.Teri qoplamlarida ugri bilan qoplangan,ko’krak qafasining yon tomonlari,qorinda,yelka va sonning ichki yuzasida qip-qizil striyalar mavjud.
1. Markaziy semirish qaysi kasallik uchun hos?
2. Bu bemorni ixtisoslashgan markazda tekshirish zarurmi agar zarur bo’lsa bu markaz qanday nomlanadi?
З.Yuqorida qayd qilingan simptomlarning rivojlanish mexanizmlarini tushuntirib bering.(bosh og’rig’I,AQB ning ko’tarilishi,menstrual tsiklning buzilishi,chanqash,poliuruiya,teriosti yo’g klechatkasining qayta taqsimlanishi,striaylarning paydo bo’lishi)
4. Shu kasallikni tashxislash algoritmini tuzib bering.