Ministry of higher and secondary education


SB da hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so’z



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə14/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

SB da hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so’z. SB da ma‘nosi muayyanlashtirilayotgan so’z hokim va uning ma‘nosini muayyanlashtiruvchi so’z tobe a‘zo deyiladi. (Masalan, kitobni o’qimoq birikmasida kitobni tobe va o’qimoq hokim a‘zo).SB da bir so’z bir nechta so’zni o’ziga tobe a‘zo sifatida biriktirishi mumkin. Lekin Sbda bir so’z faqat a‘zogagina tobe uzv sifatida bog’lanishi mumkin, xolos. Masalan, katta, chiroyli gulchambar birikmasida gulchambar so’zi ikkita so’zga hokim. Lekin chiroyli so’zi bir so’zgagina tobe. Hokim mavqeda yuzaga chiqayotgan leksema o’zining hokim, tobe vazifada yuzaga chiqayotgan leksema esa o’zining tobe valentligini namoyon qiladi. Hokim va tobe a‘zolar vazifalari, grammatik shakli va sintaktik o’rni asosida belgilanadi. Tobe a‘zo oldin kelib keyingisining ma‘nosini izohlashga xoslangan bo’ladi va bunga mos grammatik ko’rsatkichlar bilan shakllanadi va ma‘lum sintaktik o’ringa ega bo’ladi. O’zbek nutqida odatda, hokim so’z keyin tobe so’z oldin keladi. Nutqiy inversiya (hokim va tobe so’z tartibining buzilishi) asosida so’z birikmalarigina bundan mustasno: o’qidim kitobni, Ra‘no, hamshira kabi. Hokim so’z kengayuvchi va tobe so’z ko’paytiruvchi so’z deb ham yuritiladi. Kengayuvchi va kengaytiruvchi atamalari nisbiy mohiyatga ega bo’lib, shaklga nisbatan aytilgandagina to’g’ri bo’ladi. Masalan: kitobni o’qimoq birikmasida o’qimoq leksemasi yoniga yana bir leksema qo’shildi va bir so’z ikkita bo’lib, shakliy «yoyilish», ya‘ni kengayish yuz berdi. Shakliy kengayish esa ma‘noviy torayishni vujudga keltiradi. Bunda shakl va mazmun dialektikasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Chunki o’qimoq leksemasi ma‘nosi keng bo’lib, u o’qiladigan barcha narsalar ustida yuz beradigan tegishli harakatni ifodalaydi. Kitobni o’qimoq birikmasida esa aytilgan barcha narsalardan faqat «kitob ustida bajariladigan harakat» toraygan ma‘nosi qoladi. Kengayuvchi atamasini faqat bosh so’zga, kengaytiruvchi atamasini faqat ergash so’zgagina xos qilib qoyishi ham biryoqlamalikdir. Zero, kitobni o’qimoq birikmasida kitob leksemasi tobe, o’qi leksemasi hokim valentligini namoyon qilganligi kabi unda o’qimoq so’zi kitobni so’z shakli uchun ma‘noviy toraytiruvchi va shakliy kengaytiruvchi vazifalarini namoyon qiladi. Zero, kitobni so’z shakli o’timli harakatni ifodalovchi cheksiz leksemalar bilan bog’lanish imkoniyatiga ega. O’qimoq so’z shakli bilan birikish asosida unda ma‘noviy torayish, shakliy kengayish yuz beradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin