Mintaqaviy iqtisodiyot fani bo‘yicha sillabus kunduzgi bo‘lim uchun



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix21.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#159163
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
3.06. Mintaqaviy iqtisodiyot fan Sillabus 2023-2024 (3)

Talaba mustaqil ishi
– muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, 
ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi 
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan 
asosiy maqsad
– “Iqtisodiyot va menejment” 
kafedrasi professor-o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida 
talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim 
va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, 
aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul 
qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlashga erishishdan iborat. 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik 
darajasi talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini oshirib, 
ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishiga 
yo‘naltirilgan.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda 
talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda 
quyidagi shakllardan
foydalanish mumkin: 

fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; 

amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish; 

belgilangan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; 

Prezident asarlarini, O‘zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari 
va farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni mustaqil o‘rganish va 
konspektlashtirish;

testlar yechish; 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‘yicha muammoli 
vaziyatlar (keyslar) muhokamasida ishtirok etish; 

munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish;

ko‘rgazmali materiallar (ishlanmalar) tayyorlash; 

ilmiy maqola, tezislar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlash; 

axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va 
statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 

belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari 
yordamida taqdimot materiallari tayyorlash; 

talabalar turar joyidadagi ma’naviyat xonasi, ARM, kompyuterli o‘quv 
xonalari imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida 
ishtirok etish; 

fakultativ darslar va maxsus o‘quv-seminarlar ishlarida ishtirok etish; 

kafedralar va fakultetning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish 
va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga 
bo‘ysundirilganki, butun o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, 



puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy 
dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va 
shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal 
qilinishi mumkin emas.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin