Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minoti haqida tushuncha



Yüklə 274,48 Kb.
səhifə2/7
tarix22.05.2023
ölçüsü274,48 Kb.
#119676
1   2   3   4   5   6   7
Bugalteriya hisobining dasturiy ta\'minoti (1)

Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minoti haqida tushuncha

Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalaming quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo‘ljailash an’anaviy ravishda hisobni qo‘lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o‘z qo'llanishini topgan.
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o'rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o‘rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo‘Idi. Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha dasturiy vositalarning yangi versiyalar hisobning turli uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to‘lovlar bo'yicha to‘lov hujjatlari (daromad solig‘ini toiash, nafaqa jam g‘armasiga ajratmalar, tibbiyot sug'urtasi, bandlik jam g‘armasiga qo‘shib hisoblash bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ko‘chirib berish ko‘zda tutilgan, bunday mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqining hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo‘yicha vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o'xshash misollarni keltirish mumkin.
Vazifalararo majmuani tashkil qilish «materiallar» dasturi misolida ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning asosini korxonaning mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarida faoliyat yurituvchi yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olish jarayonlarida uchta bo’limni: omborlar, hisobxona, moddiy-texnik ta'm inot bo'limi mutaxassislari faoliyat qiladi. Dasturiy majmua o‘z ichiga uch qism: omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bo’limi modulini oladi.
Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: hisobchining ma'lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo‘yicha hujjatlarni buxgalteriya hisobi to‘ldirilishini, materiallarning harakati bo‘yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati miqdoriy va summasi aks ettirilishi hisobini, moliyaviy hisoblashlarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning harakati bo‘yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi. Savdo tashkilotlari uchun dasturiy mahsulotlar buxgalteriya hisobini marketing operatsiyalari majmuida ko‘p vazifaviy ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi. Masalan, «ombor» moduli ombordagi tovarlar harakatini olib borishga, xaridlar kitobini tuzishga, schyotlarni yozib borishga provodkalarni avtomatik shakllantirish va ularni hisobchiga topshirishga, narx varaqalarni avtomatik shakllantirishga, do‘konning savdo zalida o'rnatilgan kassa apparatlari bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o‘zaro hamkorliklarini; tashqi aloqalar — boshqaruvning o‘zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini aks ettiradi.
Hisob vazifalari majmualarining o‘zaro bog‘lanishi buxgalteriya hisobi uslubiyotining o‘ziga, schyotlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimiga kiritilgan, bu yerda har bir xo‘jalik operatsiyasi ikki marta: bittasi schyotning kreditida va boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosiga kiritilgan ishlab chiqarishning uch bosqichini farqlashga inikon beradi. Birinchi bosqichda birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqarish va hisobning har bir uchastkasi bo‘yicha tahliliy hisobning qaydnomalarini tuzilishi bajariladi (masalan, ish haqi hisobi bo‘yicha hisoblash to'lov hujjatlari, qo'shib hisoblangan va ushlab qolingan ish haqining to'plam lari va boshqalar tuziladi).
Ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd daftari orderlariga joylashtirishdan iborat bo‘ladi. Kompyuterli ishlab chiqish har bir uchastka yechimini tugashi bo‘yicha provodkani shakllantirib, bu jarayonlarni to’liq avtomatlashtirishga imkon beradi.
Ishlab chiqishning uchinchi bosqichida yig‘ma sintetik hisobni: asosiy kitobning schyotlari bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bo‘ladi, bu «Provodka-Asosiy kitob Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi.

Yüklə 274,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin