Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish



Yüklə 274,48 Kb.
səhifə5/7
tarix22.05.2023
ölçüsü274,48 Kb.
#119676
1   2   3   4   5   6   7
Bugalteriya hisobining dasturiy ta\'minoti (1)

Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish

Har bir tashkilotning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun eng avval ushbu tashkilot haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim bo‘ladi. Bizda bitta axborot bazasi boiib, unda bir qancha tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yuritishingiz mumkin. Ma’lumotlar dastur tomonidan berilayotgan shaklda toidirilib boriladi. Shaklning pastki qismida keyingi tugmachasi bo‘lib, u orqali tegishli shaklning keyingi varog'iga o‘tiladi. Korxona haqidagi ma’lumotlarga tashkilotning to‘liq va qisqa nomi, tashkilotning turini tanlash, hujjatlar va hisobotlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun tashkilotning STIR, IFUT (OKED) va boshqalar kiritilishi lozim.
Buxgalteriya qaydlari ushbu qism har bir buxgalteriya qaydining jarayon aylanishlarida qo'llanilishidan maqsadini tasvirlaydi. Ish qaydlarida qo‘l bilan bajariladigan tizimlar (hujjatlar, jurnallar va katta daftarlatjdan foydalanish bilan boshlaymi: va ularning kompyuter asos tizimlaridagi vazifadoshlarini tahlil qitamiz. Hujjat bu iqtisodiy hodisa dalili va ish jarayonlarining boshlanishida foydalaniladi. Ayrim hujjatlar ish jarayonlari mahsuli. Ushbu qismda biz uch xil hujjat turlarini; manba hujjatlari, mahsulot hujjatlari va qayta aylanuvchi hujjatlarni muhokama qilamiz. M anba hujjatlari. Ish jarayonlari boshlanishida (manba) iqtisodiy hodisalar natijasida kо'plab hujjatlar yaratiladi. Ular manba hujjatlari deyiladi. Manba hujjatlari bitim aylanmasining sodir etilishida kerak bo'ladigan bitim mа'lumotlarini qayd qiladi va rasmiylashtiradi. Iqtisodiy hodisa (savdo) sotuvchi kotibning sotganligining rasmiy dalili sifatida kо‘p qismli savdo buyurtmasi tayyorlanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu manba hujjati nusxasi sotuvchi tizimga kiritiladi va turli vazifalar ayniqsa to'lov, tashish va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni izohlashda foydalaniladi. Savdo buyrug'idagi ma’lumotlar ushbu qismlarning har biridagi alohida aktivlarga sabab bo 'ladi. Mahsulot hujjatlari jarayonlarga sabab bo'ladigan mexanizmlardan ko'ra ish jarayonlari mahsuli. Masalan: xizmatchiga topshiriladigan mehnat shartnomasi mehnat shartnomasi tizimining mahsulot hujjati. Asosiy qayd daftarlari. Asosiy qayd daftarlari katta kо‘lamda sodir etiladigan alohida xizmat turlarida qaydlar uchun qo ‘llaniladi. Bunda xizmatlar alohida qayd daftarlarida birgalikda guruhlanishi mumkin va bu jarayon umumiy qayd daftari ruxsatnomalaridan ko'ra foydaliroq. Savdoda qaydlar uchun alohida qayd daflarini ко ‘rsatadi. Ko'rib turganingizdek, savdolar qayd daftari faqatgina savdo xizmatlari qaydlari uchun ixtisoslashtirilgan tuzilishga ega. Jarayon davrining (oy, hafta yoki кип) nihoyasida, kotib katta daftarda ko'rsatilgan hisoblar ustuni miqdorini pochta orqali jo'natadi (ushbu bobda katta daftar muhokamasini ko'ring). Masalan: umumiy savdolar 401 hisob raqamiga yuboriladi. Ко'plab tashkilotlar boshqa bir qancha alohida qayd daftarlaridan foydalanadi, naqd pulni hisobga oluvchi qayd daftarlari, naqd pul to 'lovlari qayd daftarlari, xaridlar qayd daftari va to ‘lov qayd daftari.
Registr. Registr atamasi alohida qayd daftari aniq turini ifodalashda tez-tez qo'llaniladi. Masalan: to'lov qayd daftari tez-tez to'lov registri deb ataladi. Biz shuningdek registr atamasidan jurnal ma'nosida foydalanamiz. Masalan: Qabul qiluvchi registr bu barcha buyurtirilgan yetkazib beruvchilardan olinadigan tayyor Tovar va materiallar bord jurnali. Shuningdek savdo floti registri barcha xaridorlar uchun ortilgan buyumlarni yozib boruvchi bord jurnali. Firma um um iy qayd daftari. Firmalar umumiy qayd daftaridan takrorlanadigan, kam uchraydigan, noodatiy xizmatlarni qayd qilishda foydalanadi. Masalan: biz odatda umumiy qayd daftarlarida davriy qadrsizlanish va yopiladigan kirimlarni yozamiz. Amaliyotda ko'plab tashkilotlar o'zlarining umumiy qayd daftarini voucher tizimidagi qayd daftariga joylashtirgan. Voucher qayd daftari aslida ta ’sir qiladigan umumiy katta daftar hisoblaridan tuzilgan oddiy qayd daftaridek alohida manba hujjati Voucher qayd daftari o'rnatilgan tartibdagi xizmatlar, о'rnatilmagan tartibdagi xizmatlar, tartiblangan kirimlar va yopiq kirimlarning yakunlarini yozishda foydalaniladi. Umumiy voucher qayd daftarlari umumiy qayd daftari ekvivalenti sifatida foydalaniladi. Keying boblarda ish jarayonlarida ushbu texnikalardan foydalanishni muhokama qilamiz. Bosh daftar firma xizmatlarining turli qayd daftarlaridan olingan moliyaviy faoliyatlarni aks ettiradigan buxgalteriya kitobi. Holbuki qayd daftarlari biznes harakatlarining xronologik natijalarini ko'rsatadi. Bosh daftarlar hisob kitob orqali faoliyatni ko'rsatadi. Bosh daftar bar bir o'sish, pasayish va buxgalteriya joriy balansini kо'rsatadi Tashkilotlar bu mа’lumotlardan moliyaviy bayonot, kunlik faoliyat hisobi va xalqaro hisobotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bunda dastur barcha dalillar orqali ish boshlashga moslashadi. Oddiy hujjat toidirish lS:Buxgalteriya 8.0da hujjatlarni to’ldirishda ko‘pgina ma’lumotlar avtomatik tarzda bariladi. Hisobotni yozish uchun ma’lumotni keltirish va tovar yoki xizmat turlarini ko‘rsatish kifoya. Keltirilgan m a’lumotni bir hujjatdan ikkinchi hujjatga ko‘chirib o'tkazish. Masalan: hisobot asosida yuk-xati yozish mumkin. Xisobotning oddiy tahlili lS:Buxgalteriya 8,0 ning tezkor tahlilini bilish uchun quyidagi hisobotlarni ko‘rib chiqiladi: aylanma qoldiq hujjatlari, hisob-kitob tahlili, hisob-kitob varag'i va boshqalar. Har qanday hisobot kerakli m a’lumotni olish uchun tuziladi. Masalan: omborga keltirilgan turli markadagi ventilyatorlarni hisobini olish uchun Aylanma qoldiq vedomost orqali hisobotga yoziladi. «Ombordagi tovar» hisob varaqasi orqali ventilyatoming qanchaligini bilish mumkin. Buxgalteriya va soliq hisobotlarini tuzish ISrBuxgalteriya 8.0 soliq va buxgalteriya hisobotlarini tuzishni yengillashtiradi. Masalan: buxgalteriya balansini tuzish uchun uning hisobot davridagi ahvolini ko‘rsatish kifoya. Hamma ko‘rsatgichlami dastur o‘zi to‘ldiradi. Barcha hisobotlar dasturda saqlanadi. Hisobot ko‘rsatkichlarini esa qo‘l orqali kiritish mumkin va ushbu o ‘zgarishlarni dastur o ‘zi yodda saqlab qoladi. Ko‘rsatgichlarni yuborib bank to‘lovnomasini olish mumkin. Buxgalteriya 8.0 da aks etgan barcha to‘lov hujjatlari osongina «Bank- mijoz» dasturi hisobiga kelib tushadi. Bankdan olingan ma’lumotlar ham osongina kirim toiovnom alarida aks ettiriladi. ISrBuxgalteriya 8,0 orqali m a’lumotlarni almashishni 700dan ziyod kredit tashkilotlari kullab- kuwatlaydi. Buxgalteriya 8.0 asosiy afzalliklari: Soliq va buxgalteriya hisobini nazarda tutmagan holda ma’lumotlarni lS:Buxgalterii 8.0ga qisman kiritish orqali tovarmoddiy zaxiralarini o‘rtacha tannarxni qo’llab FIFO va LIFO usullarida hisoblaydi Chakana savdodagi mahsulotlami sotuv narxida hisob-kitob qilish imkoniyati yaratilgan (42 schyotni qo‘llagan xolda «Savdoni baxolash») 40 schyotni qo‘llagan va qo‘llanilmagan holatda tayyor mahsulot ishlab-chiqarish jarayonini aks ettirish imkoniyati ko‘zda tutilgan «Mahsulot ishlab-chiqarish (ish, xizmat)» Soliq va buxgalteriya hisobotida xo'jalik operatsiyalarini aniq holda xujjatlarda aks ettirish imkoni mavjud. Tovarlar va materiallar hisob schyotini nomenklatura va saqlash joyi uchun berish mumkin.
Kompyuterga asoslangan sistemada tekshirish ishlari ananaviy korxona sistemasidagidan kо‘ra kamroq tekshiriladi, ammo ular hamon mavjud. Kompyuterga asoslangan sistemada buxgalteriya yozuvlari magnetik fayllarning 4 shakli orqali ko'rsatib beriladi: asosiy fayl, ma’lumotlar fayli, munosabat fayli, zaxira fayli. Asosiy fayl. Asosiy fayl hisob ma’lumotlarini o'z ichiga oladi. Umumiy hisobvaraqlar daftari va yordamchi hisobvaraqlar daftari asosiy faylga misol bo ‘la oladi. Asosiy fayldagi ma’lumotlar qiymati о‘tkazma ma'lumotlardan qabul qilinadi. Ma’lumotlar fayli. Ma'lumotlar fayli о‘tkazma yozuvlarining vaqtinchalik fayli bo‘lib, asosiy faylga ma’lumotlarni qabul qilish va o'zgartirish uchun foydalaniladi. To'lov topshiriqnomalari, materiallar va to'lov reyesterlari ma'lumotlar faylining misollari bo‘la oladi. Munosabat fayli. Munosabat fayli о’tkazmalar jarayoni uchun standart foydalaniladigan ma'lumotlarni yig'adi Masalan, hisoblar dasturi hisob munosabatlari uchun soliqlarning to'g'ri son qiymatini hisoblash uchun soliq tabelini o'z ichiga olishi mumkin. Zaxira fayli kelajakdagi munosabatlar uchun yig‘ib qo'yilgan amalga oshirilgan о‘tkazma yozuvlarini о‘z ichiga oladi. Bu о‘tkazma ma'lumotlari tekshirish ishlari uchun muhim qismni shakllantiradi. Zaxira fayllari jurnallar, ma’lum davr uchun о‘tkazma mа'lumotlari, ishdan bo'shab ketgan ishchilar ro‘yxati, hisob yozuvi ma'lumotlari, ma'lum davr uchun ma'lumotlar yozuvini о‘z ichiga oladi.
Biz iqtisodiy hodisaning qaramliligi bilan boshlaymiz. Bu misolda narxlar manba hujjatlarida korxona sistemasida yig'ilgan. Bu jarayonda keyingi qadam manba hujjatlarini raqamli shaklga aylantirish. Ma'lumotlar nashr qilinganda va to‘lov topshiriqnomalarining mа'lumotlar fayli ishlab chiqilganda bu ma'lumot-mahsulot bosqichida qilinadi. Ba'zi kompyuter sistemalari qo'lda qilingan hujjatlardan foydalanmaydi. Buning o'rniga ma 'lumotlar raqamli sistemalar orqali hosil qilinadi. Keyingi qadam turli asosiy faylni о ‘tkazmalarga ta 'sir kо‘rsatadigan yordamchi va nazorat hisob varaqlariga yuklash. Yuklash jarayonida ma'lumotlarning qo'shimcha nashri hosil bo'ladi. Ba'zi ma’lumotlar noto'g'ri hisobraqamlar, qo'lda aniqlikda qilinmagan son miqdorlar, yoki xaridor krediti muammolari sababli noto'g'ri bo'lganligini isbotlab berishi mumkin. Bu misolda sistema sotuv jaravonidan oldin kredit faylidan har bir xaridor uchun mos kreditni aniqlaydi. Kredit muammolari uchun inkor qilingan yozm lar xato faylga о‘tkaziladi. Qolgan Tovar ma’lumotlari asosiy faylga yuklash uchun foydalaniladi. Bu mа’lumotlar narxlar jurnali sifatida xizmat qiluvchi zaxira fayliga qo‘shiladi. Jurnalga kerakli ma’lumotlarni ko'chirish orqali haqiqiy ma’lum otlar fayli hisob ishlari maqsadlari uchun kerak bo 'Imay qoladi. Bu fayl to‘lov topshiriqnomasining keyingi qismini tayyorlashda qirqib olinishi mumkin.
Qog'oz ishlariga о‘xshab raqamli hisob ishlari та 'lumotlarni guruhlashga imkon beradi. Bundan tashqari, auditor balansda AR shaklning aniqligini 2-JJ shaklda ко‘rsatilgan quyidagi qadamlar orqali hisoblay oladi.
1. Asosiy fayl AR nazorat hisob balansi bilan balansdagi munosabat hisobvaraqalarini taqqoslash.
2. Jami AR yordamchi hisob bilan AR nazorat shaklini farqini aniqlash orqali.
3. AR yordamchi hisob varag'ida qilingan hisob-kitoblarning yozuv namunasini tanlash va bularni narxlar jurnalidagi mа'lumotlar bilan mosligini aniqlash.
4. Bu jurnal yozuvlaridan, ularning fayllaridan ajratilgan va farq qiladigan maxsus manba mа'lumotlarini aniqlash. Agar zarur bo'lsa auditor savol ostida turgan xaridorlar bilan aloqa qilish orqali bu manba hujjatlarinining aniqliligi va to'g'riligini aniqlaydi.
Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi, xo’jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasidagi munosabat diagrammasi Kundalik foydalaniladigan dezayn sistemasi va hujjatlashtirish texnikasi Ma'lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi va xojalik yurituvchi subyektlar о‘rtasidagi munosabat diagrammasidir. Bu bo'lim ularning о‘ziga xos xususiyatlarifoydalanish va ular orasida bog'lanishlarni ko'rsatib beradi. Ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi Ma'lumotlarni shakllantirish jarayoni diagrammasi sistemaga bog'liq bo'lgan xojalik yurituvchi subyektlar, jarayonlar, ma’lumotlarni shakllantirish va ma’lumotlar bazas ini ko'rsatish uchun simvollardan foydalanadi.
Schyotlar rejasi barcha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi, axborotlar bazasida ularning hisobi yuritiladi va tashkilotning hisob siyosatining bir qismi hisoblanadi. Schyotlar rejasiga menyuda Korxona - Schyotlar rejasi - Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi (П редприятие — П лан счётов - П лан счётов бухгалтерского учета) orqali o ‘tish
Tizimda oldindan bo‘lgan schyotlarni foydalanuvchi tomonidan o‘chirib tashlashi mumkin emas (oldindan bo‘lgan schyotlar belgi bilan belgilangan), biroq yangi schyotlar va subschyotlar kiritshi mumkin. Yangi kiritilgan schyotlar bo‘yicha quyidagi xususiyatlarini belgilashi shart:
— aktiv, passiv schyotlarning alomatlarini;
— balansdan tashqari schyotlarning alomatlarini;
— analitik hisobning sozlanishi;
— miqdoriy hisobning sozlanishi;
— valyuta hisobining sozlanishi.
Analitik hisobni sozlash - bu subkonto turlari bo‘lib, schyotning xususiyati sifatida beriladi. Har bir schyot bo'yicha analitik hisob bir vaqtda uchtagacha subkontoda olib borilishi mumkin. Buxgalteriya hisobining o'tkazmalarida schyotlardan foydalanishi cheklovlar o‘rnatilgan bo'lishi mumkin. Buxgalteriya o'tkazmalarida foydalanish mumkin bo‘lmagan schyotlar, schyotlar rejasida sariq rangda ajratib ko‘rsatilgan. Buxgalteriya hisobi schyotining tuzilishi bilan tanishish maqsadida Schyotning tuzilishi (О писание счёта) tugmachasini bosib ko‘rish mumkin. Tanlab olingan schyot bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlami olish uchun Hisobotlar (О тчеты) tugmachasini bosiladi va standart buxgalteriya hisobotining biri, masalan, Schyot bo‘yicha oborot-saldo qaydnom asi (Оборотносальдовая ведомость по счёту) shakllantiriladi. Schyotning subkonto ro‘yxatiga o‘tish uchun, Subkonto tugmachasi bosiladi. Pechat tugmachasi bilan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini ekranga chiqarish va qog‘ozda pechat qilish mumkin. Korxonalarning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimda olib borish uchun korxonalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish lozim: a) yangi ochilgan korxona, b) faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar. Agar korxona yangi bo‘lsa, schyotlar bo‘yicha qoldiqlar kiritilmaydi. Lekin korxona o‘z faoliyatini davom etayotgan bo‘lsa, xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin boshlang‘ich qoldiqlarni kiritishi lozim boiadi. Qoldiqlarni hisobot davrining - yil, chorak yoki oyning birinchi sanasida kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qoldiqlarni kiritish sanasi hisobot davri boshidagi sanadan oldin b’olishi shart.
Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish oborot-saldo qadnomasini eslatadi. Shaklda schyotlar ro‘yxati chiqariladi va bir schyot bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq summasi schyotning debeti yoki krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Boshlang‘ich qoldiqlar qo‘shimcha 000 schyot orqali buxgalteriya o‘tkazmasi bilan kiritiladi. Qo‘shimcha 000 schyot bo‘yicha qoldiq boshlang'ich qoldiqlarni kiritish sanasida nolga teng bo‘lishi kerak. Kiritilgan qoldiqlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun standart hisobot orqali Oborot-saldo qaydnomasi (оборотно-сальдовая ведомость) yoki Schet kartochkasi (К арточка счёта) bilan tekshirish mumkin. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldiqlarini kiritishda katta e’tibor qaratish kerak. Birinchi bo‘lib, asosiy vositalar hisobi bo‘yicha hujjatlarni shakllantirishda foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini o'rganib chiqish zarur.
Iqtisodiyotni boshqarishdagi о‘zgarishlar, bozor munosabatlariga о‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta 'sir ко ‘rsatadi. Har qanday iqtisodiy obyekt boshqarish faoliyatini asosini murakkab qurilishga ega bo ‘Igan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi korxona, iqtisodiy obyekt, firmaning kо‘lamiga bog’liq Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o'ynaydi, bu yerda barcha axborotlarning 60 %ga yaqini jamlangan. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini о‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig’mа hisob va hisobotlarni tuzish. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o'zaro hamkorliklarini; Tashqi aloqalar — boshqaruvning o ‘zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'Iimlari hamda tashqi iqtisodiy obyektlar bilan о‘zaro hamkorligini aks ettiradi. Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturi asosida kiritilgan ishlab chiqishning uch pallasini farqlashga imkon beradi. Birinchi pallada — birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo ‘yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishini bajariladi. Ishlab chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarini tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd daftari ordenlariga joylashtirishdan iborat bo ‘ladi. Ishlab chiqarishning uchinchi pallasi yig ‘ma sintetik hisobini: asosiy kitobning schyotlari bo'yicha hisobot, saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat bo ‘ladi. Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo'linadi. Sohalararo hujjatlar barcha korxona iqtisodiy obyektlarda qo’llash uchun yagona bo’ladi. Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy harakterga ega. Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari GOST, hujjatlarning bir shaklga keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi.



  1. Yüklə 274,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin