Buxgalterlar tizim auditorlari sifatida. Auditorlik - bu korxona moliyaviy holatining haqqoniyligi haqida o'z fikrini bildiruvchi mutaxassis, ya 'ni auditor tomonidan taqdim etiladigan erkin guvohlik shaklidir. Korxona holati to'g'risida ichki taqdim etilgan holati haqqoniyligiga jam oat ishonchining qanday bo 'lishi erkin mutaxassis auditor tomonidan haqqoniy deb tan olinishiga bog 'liq. Bir xizmat, odatda, tasdiqlovchi fiinksiya deb ataladi. Auditorlar o'zlarining xulosalarini 15 bo'limda tushuntirib beriladigan tizimli jarayonga asoslangan holda chiqaradilar. Ichki va tashqi auditorlarning har ikkisi hisobot, balans kabilarni nazorat qiladi. Tashqi auditorlik, odatda, erkin, mustaqil auditorlik deb ataladi, chunki mijoz tashkilot menejmentidan mustaqil bo'lib, sertifikatlangan jamoat auditorlik firmalari ularni namoyish etadi. Tashqi auditorlar uchinchi tomon tashkilot ta’sischilari, ya’ni aksiyadorlar, kreditorlar va hukumat agentliklari manfaatlarini namoyon etishadi.
Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari DTS, hujjatlarning bir shaklga keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli ishlab chiqarish tomonidan qo‘yiladigan talablami aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
• belgilanishi bo‘yicha - farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli rasmiylashtiruvchi, murakkab;
• xo‘jalik operatsiyalari mazmuni bo‘yicha moddiy , pulli hisoblash;
• aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo'yicha — yagona (birlamchi) yoki yig‘ma;
• foydalanish usuli bo‘yicha — bir martali va jamlovchi;
• hisobga oladigan o‘rinlarning soni bo‘yicha — bir qatorli va ko‘p qatorli;
• tizilishjoyi bo‘yicha - ichki va tashqi;
• to‘ldirish usuli bo‘yicha - qo‘lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari yordamida.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo‘lda yoki kompyuterlarda) texnikasi korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo'linmalarini kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog‘liq. Ammo ayrim xo'jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda hujjatlarni qo‘lda tuzishni ko‘zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat, masalan, bo‘linmalar, sexlar, brigadalar bo‘yicha ishlovchilar asosida buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlarning har xil turlari: umumdavlat, sohaviy va mahalliydan foydalaniladi.
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O‘zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy iqtisodiyot sohasining UT (MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THShK), davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o ‘lchov birligi kodi (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT. Qoidaga ko‘ra bu kodlar yig‘ma buxgalteriya hisobotlarining sarlavha qismiga qo'yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy uchastkalari buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalanilmaydi. Ularga zaruriyat faqat yig‘ma buxgalteriya hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo’lgan axborotlarni kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga olgan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlaming sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo‘lgan tasniflagichlarni kiritamiz.
Ma’lumotlaming axborotli ko‘p bosqichli taqsimlangan bazasi tarkibi korxona ishchi loyihasini tuzishning borishida aniqlanadi. Namunaviy loyihalardan foydalanishda ma’lumotlar bazasini tashkil qilishning yana bir jihatini ta’kidlash mumkin.
Namunaviy loyihalarda, qoidaga ko‘ra, barcha korxonalar uchun yagona bo‘lgan m a’lumotlar bazasining tarkibi (buxgalteriya hisob raqamlari rejasi, ish haqi bo‘yicha to‘lovlar va ushlab qolishlarning turlari, materiallar harakati operatsiyalari, namunaviy provodkalar va boshqalar) ko‘zda tutiladi. Foydalanuvchi o‘z istagiga ko‘ra bu massivlarga o‘zgartirishlar kiritishi, tartibi aniq foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan va u tomonidan qo‘lda to‘ldiriladigan boshqa bazali massivlar (bo’limlar, xodimlar, materiallar va boshqalar) yaratiladi.