Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Sirdaryo viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakati



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə10/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Sirdaryo viloyati aholisining tabiiy va mexanik harakati
(1000 kishiga nisbatan)

t/r

Hududlar

Aholi tabiiy harakati

Aholi migratsiyasi

tug‘ilish

o‘lim

tabiiy ko‘payish

kelgan
lar

ketgan
lar

migratsiya qoldig‘i




Viloyat bo‘yicha

21,9
24,3

4,8
5,0

17,1
19,3

10,2
8,5

9,9
12,9

0,3
-4,4

1

Guliston sh.

22,0
19,9

5,8
5,7

16,2
14,2

16,4
12,2

17,1
18,5

-0,7
-6,3

2

Shirin sh.

19,6
27,6

4,8
5,1

14,8
22,5

15,8
17,8

15,4
22,0

0,4
-4,2

3

Yangiyer sh.

22,6
27,5

5,6
7,3

17,0
20,2

14,2
20,1

14,5
21,0

-0,3
-0,9




tumanlar:



















1

Boyovut

21,8
23,4

4,5
4,6

17,3
18,8

7,9
6,7

7,1
8,4

0,8
-1,7

2

Guliston

21,8
24,8

5,2
5,7

16,6
19,1

10,4
7,2

7,1
9,2

3,3
-2,0

3

Mirzaobod

24,1
25,3

4,4
3,8

19,7
21,5

10,8
6,3

10,9
11,3

-0,1
-5,0

4

Oqoltin

23,6
23,3

3,9
3,5

19,7
19,8

13,4
9,5

13,3
14,9

0,1
-5,4

5

Sayxunobod

21,3
25,5

4,2
4,5

17,1
21,0

8,9
4,2

7,4
11,5

1,5
-7,3

6

Sardoba

22,4
24,3

3,5
4,1

18,9
20,2

6,3
7,4

6,4
11,9

0,1
-4,5

7

Sirdaryo

20,3
24,4

5,5
6,5

14,8
17,9

8,6
9,0

9,3
14,1

-0,7
-5,1

8

Xovos

21,9
26,0

4,9
4,6

17,0
21,4

7,9
6,4

8,6
10,8

-0,7
-4,4

Izoh: kasr suratida 2013 yil, maxrajida 2008 yil maʼlumotlari keltirilgan.
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida tuzilgan.

Viloyatda 72,2 ming qishloq aholisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri “shaharlik” bo‘ldi. Bu xususda Oqoltin tumani oldinda (25,3 ming kishi), Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari ham “yangi” shaharliklar bo‘yicha birmuncha ko‘proq. Ayni paytda Xovos, Sardoba tumanlarida birorta qishloq aholi punkti bunday maqomga sazovor bo‘lmagan. Taʼkidlash o‘rinliki, yangi agroshaharlar soni Sirdaryo viloyatida uncha ko‘p emas; bu borada u Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birgalikda (11 ta) mamlakatimizda oxirgi o‘rinlarni bo‘lib olishgan (27-jadval).


Sirdaryo viloyatida 260 ta qishloq aholi punkti mavjud - bu respublikamizda eng past raqam hisoblanadi. Har bir qishloqqa o‘rtacha 1560 kishi aholi to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, viloyat qishloq joylar geografiyasi va demografiyasi ko‘proq o‘rtacha kattalikdagi aholi manzilgohlari borligi bilan tavsiflanadi (respublikada bu ko‘rsatkich 1250 kishi atrofida).
27-jadval
Sirdaryo viloyatida 2009 yilda tashkil etilgan yangi
shaharchalar ro‘yxati

t/r

Nomi

Tumani

Aholisi, kishi,
2013 y.

1

Markaz

Boyovut

4612

2

Boyovut-razʼezd (Bekat)

Boyovut

3125

3

Do‘stlik

Boyovut

3236

4

A. Turdiyev (Hulkar)

Guliston

4105

5

Beshbuloq

Guliston

2898

6

Ulug‘bek

Guliston

2333

7

Navro‘z

Mirzaobod

2151

8

Oqoltin

Mirzaobod

3425

9

Sardoba

Oqoltin

12234

10

Farg‘ona

Oqoltin

9057

11

Guliston (Sohil)

Sayxunobod

8564

12

Sho‘ro‘zak

Sayxunobod

3270

13

Quyosh

Sirdaryo

3518

14

Malik

Sirdaryo

4524

15

Oxunboboyev (Ziyokor)

Sirdaryo

2899

16

J. Mamanov

Sirdaryo

3446

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari.

Viloyat qishloqlari uncha katta bo‘lmasada, ularning tashqi ko‘rinishi, arxitektura va obodonchiligi, ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlanganligi mamlakatimizning qadimgi o‘zlashtirilgan mintaqalaridan o‘zlarining ijobiy xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Chunki, ular avvalboshdanoq maxsus reja, shaharsozlik qoidalariga rioya qilingan holda qurilgan.


Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust rivojlanganligi uning urbanistik tarkibida ham o‘z aksini topadi. Viloyatda birorta katta, yaʼni “yuzminglik” shahar yo‘q va bu borada u respublikamiz geosiyosiy tizimida yagona hisoblanadi. Hatto viloyat markazi ham bu darajaga yetisha olmagan. Guliston shahrida 84,7 ming, Yangiyerda 38,2 ming, Xovos shaharchasida 28,0 ming aholi bor. Qolgan shahar joylarning har birida 20 mingdan oz aholi yashaydi. Demak, viloyatning urbanistik “piramidasi” juda sust rivojlangan va uning pog‘onalari to‘liq emas. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etishning, ularning hududiy mujassamlashuv darajasining o‘ziga xosligidan dalolat beradi; aholi nisbatan zich joylashgan, qishloq va shaharlari esa uncha katta emas. Eʼtirof etish zarurki, viloyat aholisi o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqa hudud aholisiga qaraganda o‘zining yuqori darajada tadbirkorligi bilan ajralib turadi. Sababi u migratsiya oqibatida shakllangan, migratsiya esa selektiv, yaʼni “tanlovchanlik”, “terib olish” xususiyatiga ega.
Viloyat aholisining sermillatligi ham qisman shu demografik omillarga bog‘liq. Bu yerda o‘zbeklardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi. O‘zbeklar jami aholining 77,3 foizini, tojiklar 9,3, qozoqlar 1,8, qirg‘izlar 2,1 foizini tashkil qiladi (2013 y.).
Mehnatga layoqatli aholi soni 2013 yilda 448 ming, iqtisodiyotda band bo‘lganlar 342 ming kishi (2001 yilda 246 ming). Ularning 3/5 qismiga yaqini moddiy ishlab chiqarish sohalarida xizmat qilishadi, shu jumladan, sanoatda 8,9 %, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida 46,3 %, transport va aloqada 5,4 %, qurilishda 6,3 %, savdo va umumiy ovqatlanishda 7,2 %. Nomoddiy sohalar ichida bu borada taʼlim, madaniyat, sanʼat va fan, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot birmuncha ko‘zga ko‘rinarli ko‘rsatkichlarga ega.
Bir yilda 40-42 ming atrofida yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ularning katta qismi qishoq joylarga to‘g‘ri keladi. Kichik biznes va tadbirkorlikda so‘ngi yillarda 25-27 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.
Mintaqa xo‘jaligi va uning tarkibi. Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish kuchlari, boshqa hududlardan farq qilgan holda, asosan bir asr doirasida shakllana boshlagan. Hozirgi vaqtda u ko‘proq qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan rayon hisoblanadi. Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 41,7 foizini qishloq xo‘jaligi beradi. Agroiqtisodiyotning bunday katta ulushi bo‘yicha Sirdaryo Surxondaryo viloyatidan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Sanoat ishlab chiqarishining hissasi Jizzax, Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlaridan yuqori, qurilish ham xuddi shunday o‘rtacha mavqega ega.
Boshqa viloyatlar qatorida bu yerda ham kichik biznes rivojlanib bormoqda. U 2013 yilda yalpi hududiy mahsulotning 84,1 foizini taʼminlagan. Bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkich. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mintaqa iqtisodiyotining turli tarmoqlarida har xil rivojlangan. Jumladan, u sanoat mahsulotining 36,8 %, qishloq xo‘jaligining 99,4 foizini beradi. Qurilishda KB ning ulushi ancha katta – 86,4 %; iqtisodiyotda band bo‘lganlar tarkibida ham uning hissasi 78,7 % shuncha, chakana savdoda esa pastroq. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (ular tarkibiga kichik korxonalar va mikrofirmalar kiradi) hudud eksportining 3-4 foizini beradi. Ushbu sektor subʼektlarining umumiy soni 654,9 (faoliyat ko‘rsatayotgani 5732 ta), ularning deyarli aksariyatini mikrofirmalar tashkil qiladi.
Viloyat hududlari doirasida ham KB ancha tafovutlarga ega. Masalan, Yangiyer va Shirin shaharlari, Mirzaobod tumanida 81-97 % sanoat mahsuloti ishlab chiqariladi. Eng past ko‘rsatkichlar Oqoltin, Guliston va Sardoba tumanlarida kuzatiladi. Qishloq xo‘jaligida kichik biznesning mavqei ayniqsa Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Guliston tumanlarida baland - 100 %. Qurilish ishlarida bu ko‘rsatkichlar Boyovut va Oqoltin tumanlari hamda Yangiyer shahrida 99 %, uning nisbatan past darajasi Shirin shahri va Sidaryo tumanida qayd etiladi.
Maʼlumki, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiya katta ahamiyatga ega. 2013 yilda Sirdaryo viloyatiga respublika jami investitsiya hajmining 2,3 foizi kiritilgan. Bu esa hududda qurilish ishlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Mintaqada ko‘rilayotgan yilda olib borilgan qurilish ishlarining hajmi mamlakat umumiy ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,5 foizini tashkil qilgan. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, yuqoridagi har ikki ko‘rsatkich ham respublikada eng past miqdorlardir. Sanoat bo‘yicha viloyat Xorazm bilan bir darajaga ega bo‘lsa, qurilish ishlarida eng oxirgi o‘rinda turadi.
Sanoati. Yuqorida qayd etilganidek, Sirdaryo viloyatida sanoat uncha rivojlanmagan, uning tarmoqlar va hududiy tarkibi ham mukammal ko‘rinishga ega emas. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarida 2013 yilda 9,5 ming kishi band bo‘lgan. Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlar tarkibi quyidagicha: mashinasozlik va metalni qayta ishlash 0,9 %, qurilish materiallari sanoati 1,9 %, o‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash 0,4 % va h. k. Yengil sanoat (asosan paxta tozalash zavodlari) jami sanoat mahsuloti hajmining 56,1 foizini taʼminlaydi, oziq-ovqat sanoati 25,6 % va un-krupa, omuxta yem 11,0 foizini beradi. “Boshqa tarmoqlar” orasida farmatsevtika sohasining ulushi ko‘proq.
Sanoat mahsulot turlari ham uncha boy emas; viloyat sanoati asosan mintaqaning ixtisoslashgan tarmog‘i-qishloq xo‘jaligi, aniqrog‘i paxtachilik bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, qurilish materiallari va don mahsulotlari ishlab chiqarish (Yangiyer), paxta tozalash (qishloq tumanlari markazlarida), yog‘ ishlab chiqarish (Guliston shahri) kabilar aynan shu yetakchi tarmoq bilan birgalikda alohida ishlab chiqarish majmuasini shakllantiradi. Shirin shahridagi Sirdaryo IES respublikamizda eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi.
Muhim sanoat mahsuloti turlaridan bir yilda 11,9 ming metr kub miqdorida yig‘ma temir beton konstruksiyalar va tayyor buyumlar (2009 yilda 3,2 ming metr kub), 12,1 ming kub metr beton mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shuningdek, 2010 yilda 75 ming tonnaga yaqin paxta tolasi, 550 ming kv. metr atrofida noto‘qima materiallar, har xil dori-darmonlar va mebellar, 43 ming omuxta yem, 3792 ming dona trikotaj mahsulotlari, 10 ming t. o‘simlik yog‘i, 38,7 ming t. un tayyorlangan, 900 tonna baliq ovlangan. Xalq isteʼmol mollarining 3/4 qismi oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi, vino-aroq va pivo ichimliklari ulushi 8,6 %. Asosiy isteʼmol tovarlaridan 31 ming shartli banka atrofida meva-sabzavot konservalari, 4,7 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 13,3 ming tonna sut yetishtiriladi.
Sanoat geografiyasida Gulistonning hissasi 13,6 %, Yangiyer shahriniki - 3,2 %. Qishloq tumanlari orasida bu iqtisodiyot tarmog‘i ayniqsa Sirdaryo tumanida yaxshi rivoj topgan - 33,2 %. Bu yerda Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda qurilayotgan “PENG SHEG” qo‘shma korxonasi katta ahamiyatga ega. Sayxunobod tumanining hissasi 12,7 %, Oqoltin, Guliston, Boyovut tumanlarining ulushlari ham ko‘zga tashlanadi. Nisbatan past ko‘rsatkichlar esa Xovos hamda Mirzaobod tumanida kuzatiladi. Xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarishda ham hududiy tafovutlar deyarli shunday; ularning 45,6 foizi Sirdaryo tumani, 16,4 foizini Guliston shahri beradi. Shuningdek, Sayxunobod tumanining mavqei ham birmuncha yuqoriroq (17-ilova).
Viloyat sanoatining hududiy tashkil qilinishida Guliston shahrini sanoat markazi sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo, Yangiyer shaharlari ham xuddi shunday maqomga ega. Bu shaharlarda mintaqaning yirik sanoat korxonalari: yog‘-moy va qurilish materiallari korxonalari joylashgan. Birmuncha aholi soni bo‘yicha kichik sanoat markazlari qatorida Shirin va Baxt shaharlari turadi. Yuqoridagilardan tashqari, Sirdaryo shahridagi sut zavodi va qurilish materiallari korxonalari, tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, bint, dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ham qayd etish joiz.
Umuman olganda, Sirdaryo viloyatida garchi sanoat ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsada, bu yerda ushbu tarmoqning juda katta korxonalari barpo etilgan. Bu esa bozor munosabatlari va mintaqalar iqtisodiy mustaqilligi sharoitida birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, Guliston shahrida o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan yog‘-moy kombinatining loyiha quvvati 1 sutkada 1200 tonna paxta chigitini qayta ishlashga mo‘ljallangan, bunday xom ashyo esa bugungi kunda viloyatning o‘zida mavjud emas. Xuddi shunday, bir vaqtlar paxta xom ashyosini qayta ishlash uchun yetishtirilgan paxta boshqa viloyatlarga, hatto Farg‘ona vodiysi paxta tozalash zavodlariga jo‘natilar edi, endi esa viloyatning o‘zida ishga tushirilgan paxta tozalash zavodlariga xom ashyo ozlik qiladi. Shu qatorda, mintaqada qurilgan yirik sanoat korxonalarining, jumladan Sirdaryo IES ning atrof-muhitga ekologik taʼsirini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin