Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklari haqida maʼlumotlar



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə13/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Sirdaryo viloyati fermer xo‘jaliklari haqida maʼlumotlar
(2013 y.)

t/r

Hududlar

Fermer xo‘jaliklar soni

Bir fermerga to‘g‘ri keladigan

Yalpi q/x mahsulotdagi ulushi, %

yer maydoni, ga

xodimlar soni, kishi

1

Boyovut

561

64,7

22,4

48,7

2

Guliston

399

55,6

22,4

39,4

3

Mirzaobod

419

62,3

20,5

42,4

4

Oqoltin

701

52,5

10,2

36,0

5

Sayxunobod

423

68,8

29,5

42,6

6

Sardoba

483

67,5

17,0

49,4

7

Sirdaryo

766

39,5

15,6

36,5

8

Xovos

534

60,2

18,4

48,5




Viloyat bo‘yicha

4301

57,1

18,5

41,3

Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida hisoblab chiqilgan.


Shunday qilib, Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi katta ahamiyatga ega. Biroq iqtisodiyotning bu tarmog‘ida muammolar ham oz emas. Chunonchi, yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, kanal, drenaj va kollektorlarni tozalash, yerlarning ikkilamchi sho‘rlanishiga qarshi kurash, paxta hosildorligini oshirish, agrosanoat majmuasini rivojlantirish kabilar mintaqaning dolzarb vazifalaridir.
Ijtimoiy sohalar. Cho‘l sharoitida ijtimoiy infratuzilma tizimini mukammal yaratish, taʼlim, sog‘liqni saqlash, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Sababi bu hududda yashovchilar qachondir boshqa tuman va viloyatlardan ko‘chib kelgan binobarin, ularning muqim yashashi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish katta ahamiyatga ega.
Chakana savdo aylanmasining salmog‘i bo‘yicha Guliston shahri (viloyat jamiga nisbatan 37,0 %), Sirdaryo tumani (16,0 %) yetakchi. Shu bilan birga, Yangiyer shahri hamda Sardoba va Boyovut tumanlarining ulushi ham kattaroq. Pullik xizmatlarning ham qishloq tumanlari va shaharlari bo‘yicha taqsimlanishi har xil: bunda Guliston shahrining mavqei yanada baland – 58,6 %. Demak, bu soha mintaqada o‘ta markazlashgan. Viloyat markazidan tashqari pullik xizmatlar hajmi Sirdaryo tumanida ham kattaroq ulushga ega (10,6 %). Ammo aholining jon boshiga hisoblaganda mutlaqo boshqacha xulosalarga kelish mumkin. Masalan, Sardoba tumanida bu ko‘rsatkich eng past, aksincha, Gulistonda u eng yuqori.
Cho‘l sharoitida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga katta eʼtibor beriladi. Viloyat bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 80,6 foizga teng. Guliston shaharida u 92 %, Boyovut va Mirzaobod tumanlarida ham vaziyat ancha yaxshi. Biroq boshqa hududlarda, xususan Shirin shahri, Oqoltin hamda Sayxunobod tumanlarida u qoniqarli darajada emas.
Tabiiy gaz bilan taʼminlanish - 78,8 %. Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari hamda Sirdaryo tumani xonadonlari gaz bilan 90-100 foiz taʼminlangan. Pastroq ko‘rsatkichlar esa Xovos va Boyovut (71,7 %) hamda Sayxunobod (71,2 %) tumanlarida kuzatiladi.
Sirdaryo viloyatida jami 28 ta tibbiyot muassasalari mavjud; har 10 ming kishiga 48,7 ta bemor o‘rinlari, 19,7 ta vrachlar va 128,7 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari to‘g‘ri keladi. QVP soni jami 142 ta yoki har bir tumanga 17,6 tadan; taxminan 1,9 ta qishloq aholi punktiga bitta QVP xizmat ko‘rsatadi.
Viloyatda 2012/2013 o‘quv yilida jami 155 ta doimiy maktabgacha tarbiya muassasalari mavjud bo‘lgan. Umumtaʼlim maktablari 301 ta, ularning har birida 400 yaqin o‘quvchi bor. Bu ko‘rsatkich ko‘pgina boshqa viloyatlarga qaraganda pastroq bo‘lib, u aholi va aholi punktlarining joylashuv xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Akademik litseylar 4 ta, o‘quvchilar 3,3 mingdan ko‘proq, kasb-hunar kollejlari esa 48 ta, ularda 39,7 ming talaba o‘qiydi. So‘nggi yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini qurish va ularning faoliyatini yaxshilashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Viloyatda bitta oliy o‘quv yurti – Guliston davlat universiteti bor. U zamonaviy o‘quv qurollari, texnik jihozlar bilan yaxshi taʼminlangan. Shu bilan birga qayd etish joizki, respublika miqyosida faqat Sirdaryoda 1 ta oliy o‘quv yurti tashkil etilgan, xolos.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin