Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy resurslari



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə8/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy resurslari. Sirdaryo viloyati nisbatan qulay iqtisodiy geografik mavqega ega. Viloyat mamlakatimiz doirasida g‘arb va janubi-g‘arbda Jizzax, sharq va shimoli-sharqda Toshkent viloyati bilan chegaradosh. Geosiyosiy o‘rni ham o‘ziga xos: Sirdaryo viloyati shimolda Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston viloyati, janubda Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati bilan tutash. Viloyatning deyarli qoq o‘rtasini kesib o‘tgan magistral yo‘llar (“Sirdaryo o‘qi”) ham uning geografik o‘rnining qulayligi, tranzit xususiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Mirzacho‘l iqtisodiy kartasi
Sirdaryo viloyati yer usti tuzilishi uncha murakkab bo‘lmagan holda foydali qazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilish materiallarida ishlatiladigan g‘isht ishlab chiqarish uchun xom ashyoni hisobga olmaganda, (Boyovut va b.) deyarli boshqa boyliklari aniqlanmagan. Hududining aksariyat qismi tekisliklardan iborat bo‘lib, Jizzax viloyatidan farq qilgan holda, u sug‘orma dehqonchilik qilishga yaxshi sharoit yaratadi. Ammo umumiy yer fondi nafaqat iqtisodiy rayonda, balki ryespublikada ham nisbatan kichik hisoblanadi.
Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo‘lib, u 210-228 kunga yetadi. Iqlimining issiqligi, vegetatsiya muddatining uzoqligi issiq-sevar ekinlar yetishtirish uchun qulay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u hudud yerlarini sug‘orishga xizmat qiladi. Respublikamizdagi gaz bilan ishlaydigan eng yirik, quvvati 3000 kVt bo‘lgan Sirdaryo IES viloyatning Shirin shahrida qurilgan. Sirdaryo viloyatidagi o‘ziga xos tabiiy­iqtisodiy, geografik omillarning mavjudligi xo‘jalikning sug‘orma dehqonchilik va shu asosda baʼzi tarmoqlarning rivojlanishiga olib kelgan.
Shunday qilib, viloyatning tabiiy sharoiti, xususan mineral resurs salohiyatining zaifligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatadi. Mintaqa yer usti tuzilishi ham ijobiy, ham biroz salbiy ahamiyatga ega. Uning balandligi dengiz sathidan 310-320 metrdan oshmaydi. Bunday tekislik uy-joy qurilishi, transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi joylashuvi uchun qulay. Ammo qishloq xo‘jaligi, xususan sug‘orma dehqonchilik nuqtai nazaridan yer biroz nishab bo‘lgani ham maʼqul. Sababi bunday sharoitda suv to‘planib, yer zaxlanib qolmaydi.
Qishloq tumanlarining joylanishi, tashqi qiyofasi (konfiguratsiyasi) xo‘jalikni hududiy tashkil etish va boshqarishda biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, Mirzaobod tumanining bir qismi uning asosiy qismidan “uzilgan” (eksklav) holda Mirzaobod Oqoltin va Sardoba tumanlarining o‘rtasida joylashgan; Sirdaryo tumani meridianal (tik) holda cho‘zilgan bo‘lsa, Xovos gorizantal ko‘rinishga ega. Faqat Sayxunobod tumani biroz ixcham (kompakt) hududiy ko‘rinishga ega, xolos.
Viloyatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga maʼmuriy-hududiy tuzilmaning o‘zgaruvchanligi ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Maʼmuriy birliklarning qo‘shilib yana qayta tiklanishi, qishloq tumanlari chegaralarning o‘zgarib turishi kabi “geografik o‘yinlar” hududlarni boshqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish, qolaversa, retrospektiv ilmiy tadqiqotlar olib borishda ham ayrim qiyinchiliklarga olib keladi.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin