Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə7/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

asosiy indikatorlari

t/r

Hududlar



Sanoat ishlab chiqarish

Qishloq xo‘jalik mahsuloti

XIM

Pudrat ishlari

Chaka-na savdo

Pullik xizmat

Kapital quyil-malar

1

Arnasoy

0,201

1,118

0,409

0,334

0,369

0,697

2,083

2

Baxmal

0,405

1,150

0,844

0,773

0,716

0,478

0,709

3

Do‘stlik

4,659

2,078

3,201

0,849

0,995

0,697

0,677

4

Jizzax

0,515

0,709

0,483

0,775

0,561

0,713

0,571

5

Zarbdor

0,984

1,386

0,373

0,745

0,379

0,676

0,798

6

Zafarobod

1,433

1,552

0,403

0,266

0,173

0,534

0,414

7

Zomin

0,598

0,837

0,368

0,618

0,665

0,541

0,750

8

Mirzacho‘l

0,320

1,810

0,485

0,559

0,906

0,831

0,546

9

Paxtakor

1,570

1,408

0,413

0,895

0,966

0,648

0,593

10

Forish

0,462

0,768

0,435

0,651

1,029

0,455

0,708

11

G‘allaorol

0,209

1,000

0,423

0,502

0,834

0,634

0,897

12

Yangiobod

0,207

1,405

0,436

0,591

0,726

0,297

1,009

13

Jizzax sh.

2,293

0,159

3,399

3,260

2,949

3,603

2,623




Viloyat bo‘yicha

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000

Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Kelajakda Jizzax viloyatining rivojlanish strategiyasi turli xil omillar asosida amalga oshiriladi. Bu borada viloyatning mavjud tabiiy – resurs salohiyatidan keng foydalanish, iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini boyitish va zamonaviylashtirish, “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyatda mehnat resurslari ko‘p, shu bois, bu yerda mehnatni ko‘p talab qiluvchi oziq-ovqat va yengil sanoatni rivojlantirish imkoniyatlari katta.


Shuningdek, Jizzax viloyatining qulay iqtisodiy va transport iqtisodiy geografik o‘rnini ham taʼkidlash joiz. U respublikamizning Markaziy va Zarafshon mintaqalarini bog‘lovchi xalqa va o‘ziga xos o‘sish qutbi yoki qutbiylashgan landshaft sifatida ham rivojlanishi mumkin. Binobarin, viloyatning hududiy siyosati ko‘proq shu tumanlarga qaratilishi lozim. Ayniqsa Arnasoy, Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod qishloq tumanlarida investitsiya muhitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish talab etiladi.


Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining maydoni va aholi soni bo‘yicha eng kichik maʼmuriy birliklaridan sanaladi. U 16 fevral 1963 yilda tashkil etilgan, maydoni 4,28 ming kv. km yoki respublika hududining bor-yo‘g‘i 0,95 foizini tashkil etadi, xolos. Bu borada u mamlakatimizda oxirgi o‘rinda turadi. Aholisi 2014 yil maʼlumotlariga qaraganda, 763,7 ming kishi. Bu O‘zbekiston jami aholisiga nisbatan 2,5 %, Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining 39,0 foizi demakdir. Aholi soni bo‘yicha ham viloyat eng so‘nggi o‘rinda.
Mamlakatimiz va iqtisodiy rayon hududiy mehnat taqsimotida bu mintaqa avvalo qishloq xo‘jalik mahsulotlariga, jumladan paxta, poliz ekinlari, don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Xo‘jaligi, umuman olganda, hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. Qolaversa, ushbu viloyatning tashkil etilishini asosiy maqsadi ham yangi yerlar, yaʼni Mirzacho‘lni o‘zlashtirish asosida paxtachilikni rivojlantirish bo‘lgan. Bundan taxminan 100 yil muqaddam mazkur cho‘lning o‘zlashtirilishi Chor Rossiyasi tomonidan boshlangan va u vaqtda juda katta maydonni egallovchi Sirdaryo viloyati (bo‘limi) ham tashkil etilgan.
2013 yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 1,9 foizini beradi, uning sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi – 2,4 %. Qishloq xo‘jaligining hududiy mujassamlashuv ko‘rsatkichi ancha yuqori, yaʼni 3,9 foizga teng. Qolgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar 1,5-1,9 % atrofida, eksport-import salohiyati esa bundan ham past.
Sirdaryo viloyati maʼmuriy jihatdan 8 ta qishloq tumanlari, 5 ta tumanga bo‘ysinuvchi shahar va 25 ta shaharchalardan iborat. Qishloq fuqarolar yig‘inlari 69 ta bo‘lib, ular jami 257 ta qishloq aholi punktlarini birlashtiradi. 25-jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ayrim qishloq tumanlari viloyat tashkil topganidan oldin ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Sirdaryo tumani 1939 yilda, Guliston 1952 yilda, Boyovut 1961 yilda ajratilgan. Eng so‘nggi tuman 1988 yilda tashkil etilgan (Mirzaobod).
Viloyat maydoni kichik, uning tumanlari ham shunga mos holda mayda, o‘rtacha har bir qishloq tumanlariga 0,54 ming kv. km to‘g‘ri keladi. Biroq bu ko‘rsatkichlar hududi bo‘yicha deyarli tengdosh Andijon viloyatiga solishtirilsa, ular nisbatan kattaroq tuyuladi. Maʼlumki, Andijon viloyatining maydoni 4,30 ming kv. km bo‘lib, shunday kichik hududda 14 ta qishloq tumanlari bor, har bir tumanning maydoni o‘rtacha 0,31 ming kv km. Viloyatda eng katta tuman bilan eng kichik tuman orasidagi nisbat (Mirzaobod va Guliston tumanlari) 1,83 martani tashkil qiladi.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin