Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Mintaqa iqtisodiyotining hududiy tarkibi



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə15/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Mintaqa iqtisodiyotining hududiy tarkibi. Sirdaryo viloyati maydonining kichikligi va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta hududiy tafovutlarning ko‘zga tashlanmasligi uning doirasida iqtisodiy rayonlar ajratishni biroz cheklaydi. Biroq shunday bo‘lsada, viloyat miqyosida, shartli ravishda, Markaziy (Guliston shahri, Guliston, Mirzaobod, Boyovut, Oqoltin tumanlari), Janubiy (Xovos, Sardoba) hamda Shimoliy (Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari) rayonlarni belgilash mumkin. U holda Markaziy rayon hissasiga 48,1 % viloyat maydoni, 47,1 % aholisi, 47,4 % sanoat va 47,7 % qishloq xo‘jalik mahsulotlari to‘g‘ri keladi. Janubiy va shimoliy rayonlarning ulushi ancha past.
30-jadval maʼlumotlariga binoan, Guliston shahridan tashqari Sirdaryo, Sayxunobod, Oqoltin tumanlarining sanoat ishlab chiqarish indeksi viloyat o‘rtachasidan yuqori; qishloq xo‘jaligida bu borada Sardoba, Sayxunobod, Guliston, Oqoltin tumanlari yaxshi mavqelarni egallaydi. Ijtimoiy sohalar, xususan, chakana savdo va pullik xizmatlar Sirdaryo va Guliston tumanlarida nisbatan yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Boyovut, Xovos tumanlarida ushbu sohalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratish lozim.
Umuman olganda esa, tahlillar ko‘rsatishicha, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yetarli emas. Shu jihatdan bu yerda qator o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini mukammal hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida shakllantirish, asosiy ixtisoslashgan tarmoq – qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish zarur. Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishi tarkibini “yuqori qavatlar” hisobidan boyitish, kuchli sanoat markazlari va tugunlari, o‘sish qutblarini rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy sohalar ri-vojlanishida ham hozircha hal etilmagan muammolar bor (masalan, sog‘liqni saqlash, taʼlim, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari).
30-jadval
Sirdaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
asosiy indikatorlari


Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin