Viloyat aholisi va mehnat resurslari. Yuqorida taʼkidlanganidek, mintaqaning demografik ko‘lami uncha katta emas. Biroq bu yerda aholi zichligi ancha yuqori, yaʼni anʼanaviy cho‘l hududlariga xos emas. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha 178 kishiga teng, u Boyovut tumanida 229 kishidan ortiq; o‘rtachadan yuqori daraja Sirdaryo tumanida ham kuzatiladi (25-jadval).
25-jadval
Sirdaryo viloyati qishloq tumanlari haqida baʼzi bir maʼlumotlar
t/r
|
Tumanlar
|
Tashkil
topgan yili
|
Maʼmuriy markazi
|
Maydoni, ming kv km
|
Aholisi, ming kishi (2014 y.)
|
Aholi zichligi, 1 kv km/ kishi
|
1
|
Boyovut
|
05.04.1961
|
Boyovut sh-cha
|
0,52
|
116,5
|
224,0
|
2
|
Guliston
|
16.04.1952
|
Dehqonobod sh-cha
|
0,35
|
64,0
|
182,8
|
3
|
Mirzaobod
|
02.09.1988
|
Navro‘z sh-cha
|
0,64
|
63,6
|
99,4
|
4
|
Oqoltin
|
31.08.1971
|
Sardoba sh-cha
|
0,55
|
46,9
|
85,3
|
5
|
Sayxunobod
|
07.12.1970
|
Sayxun sh-cha
|
0,45
|
69,5
|
154,4
|
6
|
Sardoba
|
30.04.1964
|
Paxtaobod sh-cha
|
0,52
|
59,6
|
113,6
|
7
|
Sirdaryo
|
10.02.1939
|
Sirdaryo sh.
|
0,55
|
116,7
|
211,1
|
8
|
Xovos
|
25.08.1966
|
Xovos sh-cha
|
0,62
|
86,8
|
140,0
|
|
Viloyat bo‘yicha
|
16.02.1963
|
Guliston sh.
|
4,28
|
763,7
|
178,4
|
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼ-lumotlari asosida tuzilgan.
Viloyat aholisining o‘sishi respublikaning baʼzi turdosh hududlariga qaraganda birmuncha sustroq. U 2008-2014 yillarda o‘rtacha 8,8 ming kishidanga ko‘payib borgan. Bu o‘rtacha yillik ko‘payish 1,20 foiz demakdir. Vaholanki, mamlakatimiz aholisi so‘nggi yillarda 1,60 foiz atrofida ortib bormoqda. Uzoqroq tarixiy demografik davr olinsa ham o‘sish surʼatlari juda katta emas. Chunonchi, 1989-2014 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati aholisi 134,2 foizga oshgan, xolos (1989 yilda bu yerda jami 569 ming kishi yashagan).
Mintaqa aholisining bunday o‘sishi uning tabiiy va mexanik harakatiga bog‘liq bo‘lgan. Aholi tabiiy va mexanik harakati 42-jadvalda keltirilgan. Unga ko‘ra, viloyatda tug‘ilish koeffitsiyentining tobora kamayishini ko‘rish mumkin. Jumladan, u 2008 yilda 24,3 promillega teng bo‘lgan, 2013 yilda esa 21,9 ni tashkil qilgan (2000 yilda tug‘ilish 22,1, o‘lim 5,5 promille bo‘lgan). Bu, albatta, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm kabi viloyatlar ko‘rsatkichidan pastroqdir.
Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti Mirzaobod tumanidagi 24,1 promilledan Sirdaryo tumanidagi 20,3 gacha farq qiladi. 2008 yilda ham bunday hududiy tafovutlar uncha katta bo‘lmagan: Xovos tumanida 26,0, Oqoltinda 21,3 ‰. Qizig‘i shundaki, shahar joylarda, masalan, Guliston va Yangiyerda bu ko‘rsatkich qishloq joylarga qaraganda yuqoriroq. O‘lim ko‘rsatkichi ancha past; 2013 yilda u viloyat bo‘yicha 4,8 promille bo‘lgan holda, tumanlar doirasida 3,5 dan (Sardoba) 5,5 promillegacha (Sirdaryo tumanida) o‘zgaradi. Eng yuqori ko‘rsatkich esa Guliston shahrida qayd etiladi.
Aholining tabiiy ko‘payishi tug‘ilish darajasidagi hududiy xususiyatlarga ega. Bir yilda u 17,1 promille, foizda olinsa – 1,71 %. Vaholanki, viloyat aholisining real ko‘payish surʼati 1,0 foizdan ortiqroq, xolos. Demak, bunday demografik vaziyat aholining tashqi migratsiyasi tufayli vujudga kelgan. Shu o‘rinda alohida taʼkidlash lozimki, Sirdaryo viloyati aholisi asosan migratsiya taʼsirida shakllangan respublikamizdagi yagona mintaqa hisoblanadi. O‘tgan asrning dastlabki yillarida bu yerga rus fuqarolari (batraklari) ko‘chib kelgan. O‘sha paytda ruscha nomli aholi manzilgohlari vujudga kelgan (Krestyanskoye, Slavyanskiy, Dmitrovskoye va h.k.).
XX asrning 60-yillarida Mirzacho‘l dashtini kompleks o‘zlashtirish dasturi amalga oshirilishi boshlangan. Aynan shu maqsadda alohida viloyat ham tashkil etilgan va unga poytaxt sifatida deyarli “bo‘sh” joyda Yangiyer (ismi jismiga monand) shahri barpo etilgan. Uning qurilishi arxitektor A.Zotov loyihasi bo‘yicha 1956 yilda boshlangan. Biroq u ko‘zlangan maqsadiga erisha olmadi, bunga oddiy geografik omil, yaʼni Xovos yoki Ursatevsk shamollari sabab bo‘ldi. Natijada, Sirdaryo viloyati maʼmuriy markazi sifatida Guliston (avvalgi Mirzacho‘l) shahri olindi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun respublikaning boshqa viloyatlaridan, asosan aholisi zich joylashgan hududlardan aholi (dastlab majburiy, so‘ng ixtiyoriy ravishda) ko‘chib kelgan. Bu yerga ko‘proq Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan dehqonlar (avval o‘zlari, “vaxta” ko‘rinishida, keyingi yillarda oilalari bilan butunlay) ko‘chib kelishgan. Cho‘lni o‘zlashtirish jarayonining keyingi bosqichlarida Samarqand viloyatidan ham migratsiya bo‘lgan. Ular ko‘proq cho‘lning hozirgi qo‘shni Jizzax viloyati tumanlariga joylashgan (Paxtakor, Arnasoy tumanlari va h.k).
Eng so‘nggi yillarda ham Sirdaryo viloyati aholisi ancha “serqatnov”, yaʼni migratsion harakatchan; 2008-2013 yillarda viloyatga, har 1000 kishiga hisoblaganda, 8,5-10,2 kishi kelgan, 10-13 kishi undan ketgan, migratsiya qoldig‘i eng so‘nggi 2013 yilda ijobiy bo‘lgan. Kelish intensivligi, ayniqsa, Guliston shahrida yuqori (12-16 ‰); Shirin shahrida ham bu ko‘rsatkich ancha katta, uning past darajasi esa Sardoba va Xovos tumanlarida qayd etiladi. Yangiyer va Shirin shaharlarida migratsiya jarayoni ancha intensiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning aholisi o‘zining qo‘nimsizligi bilan boshqa joylardan farq qiladi. Shuningdek, Sirdaryo, Xovos tumanlarida ham aholining ko‘chib kelishiga nisbatan ko‘chib ketishi ko‘proq. Natijada, ularda migratsiya qoldig‘ining yuqori ko‘rsatkichlari ko‘zga tashlanadi. 2013 yil yakunlari bo‘yicha eng katta musbat migratsion qoldiq Guliston tumaniga tegishli (26-jadval).
Viloyatda 2009 yilgacha 5 ta shahar (ularning 3 tasi viloyatga bo‘ysunuvchi maqomiga ega) va shuncha shaharcha mavjud bo‘lgan. Ularda jami aholining 31,1 foizi istiqomat qilgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday demografik ko‘rsatkichi respublika o‘rtacha darajasidan 35,8 % ancha past. 2009 yilga kelib esa, vaziyat mamlakatimizda yuz bergan “qishloq” yoki “maʼmuriy urbanizatsiya” tufayli shaharchalar soni 25 taga yetgan, urbanizatsiya darajasi esa 43,2 foizga yetgan.
26-jadval
Dostları ilə paylaş: |