Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə12/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan
yerlar tarkibi

Qishloq tumanlari

Maydoni, ming ga

Qishloq xo‘jaligida foydalani-ladigan yerlar, ming ga

Shu jumladan, sug‘orila-
digan yerlar, ming ga

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarga nisbatan, foizda

ekin yerlar

ko‘p
yillik daraxt-
zorlar

bo‘z yer-
lar

pichan-
zor va yaylov-
lar

Boyovut

52,3

37,3

33,1

86,3

2,5

0,1

11,1

Guliston

34,9

24,6

23,0

87,6

4,1

1,9

6,3

Mirzaobod

63,6

43,0

35,0

71,5

0,9

9,0

18,6

Oqoltin

55,1

43,0

42,8

96,0

1,1

2,4

0,5

Sayxunobod

45,1

30,8

29,2

92,7

1,2

0,8

5,3

Sardoba

51,8

36,6

35,5

90,8

2,0

4,3

2,9

Sirdaryo

53,6

33,4

29,5

83,0

4,2

1,0

11,8

Xovos

61,9

40,1

38,8

86,4

3,0

7,4

3,2

Viloyat bo‘yicha

427,6

290,4

268,4

86,5

2,3

3,6

7,5

Jadval “O‘zbekiston Respublikasining yer fondi” – T.: O‘zR yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, 2011, - 158 bet maʼlumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

Ekin ekiladigan yerlar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan maydonlarning o‘rtacha 86,5 foizini egallaydi. Bu ko‘rsatkich ayniqsa, Oqoltin va Sayxunobod tumanlarida yuqori, uning birmuncha pastroq holati esa Xovos tumaniga tegishli. Ko‘pgina mintaqalardan farq qilib, bu yerda yaylov va pichanzorlar maydoni uncha katta hududni egallamaydi -o‘rtacha 7,1 %. Uning nisbatan ko‘proq ulushi Mirzaobod va Boyovut tumanlarida kuzatiladi.


Viloyat qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 64,3 foizini dehqonchilik beradi. Fermer xo‘jaliklarining agroiqtisodiyot tizimidagi ulushi 41,3 %. Bu respublikamizda eng yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. 2013 yilda viloyatda jami 242,2 ming gektar yerga turli xil ekinlar ekilgan (2000 yilda 260 ming ga). Donli ekinlar 101,5 ming gektarni egallagan (2000 yilda 217 ming ga). Shu yilda jami 444 ming tonna bug‘doy olingan; uning hosildorligi 48,1 s/ga bo‘lgan. Donli ekinlardan viloyatda qisman sholi ham ekiladi. Ushbu ekin turiga 5,0 ming ga yer ajratilgan bo‘lib, undan 37,0 ming t hosil olingan (hosildorlik o‘rtacha 46,5 s/ga).
Paxta har yili taxminan 105-110 ming gektar maydonda yetishtiriladi, yalpi hosil 240-250 ming tonna atrofida. Qayd etish lozimki, paxtaning hosildorligi yuqori emas - atigi 23,2 s/ga. Demak, viloyat paxtachiligining iqtisodiy samaradorligi uncha katta emas. Yana shuni taʼkidlash kerakki, viloyatda paxta ekin maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Bu ijobiy hol bo‘lib, paxtadan bo‘shagan yerlarga g‘alla, poliz, sabzavotlar ekiladi. Agar 2000 yilda paxtazorlar barcha ekin maydonlarining 53,1 foizini egallagan bo‘lsa, 2013 yilda bu raqam 44,2 foizga tushgan.
Sirdaryoda azaldan polizchilik, xususan qovun, tarvuz yetishtirish (“Mirzacho‘l qovunlari”) yaxshi rivojlangan. 2013 yilda poliz maydonlari 4,3 ming gektarga ekilgan va 250 ming tonnaga yaqin hosil olingan. Bu yerda sabzavotchilik ham rivojlanib bormoqda; maydoni 4,0 ming ga, yalpi hosili – 218 ming tonna. Bog‘dorchilik va uzumchilik Sirdaryoda nisbatan sustroq tashkil etilgan: bog‘dorchilikka 5,6 ming ga, uzumzorlarga 1,6 ming ga yer ajratilgan.
Yirik shoxli qoramollar soni 327 ming, qo‘y va echkilar 224 ming bosh. Bir yilda tirik vaznda 46 ming tonna go‘sht, 240 ming t sut, 66 mln dona tuxum, 510 tonna jun olinadi. Chorvachilik sohalarida mahsulotning ko‘pchilik qismini dehqon xo‘jaliklari beradi.
Qishloq xo‘jalik geografiyasida eng katta ko‘rsatkichlarga Boyovut (jami mahsulotning 15,0 %), Sirdaryo (13,8 %), Oqoltin (13,5 %) va Sardoba (12,8 %) tumanlari ega. Birmuncha pastroq ulush Guliston va Mirzaobod tumanlariga to‘g‘ri keladi (17-ilova).
Avvalroq taʼkidlanganidek, Sirdaryo viloyatida fermerchilik baʼzi mintaqalarga qaraganda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga yer maydonlarining aholi soniga nisbatan kattaligi, tadbirkorlikning rivojlanganligi ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Tabiiyki, katta yer maydonlarida mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatlari katta. Bu yerda Farg‘ona vodiysidan farq qilib, ekin maydonlari katta va aholi manzilgohlari bilan bo‘linmagan. Bepoyon paxtazorlarni, o‘ziga xos agrolandshaftni aynan shu hududda ko‘rish mumkin.
Viloyatda 2013 yilda jami 4301 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lgan va ularga 245,7 ming ga yer biriktirilgan1; o‘rtacha har bir fermer xo‘jaliklarining maydoni 57,1 ga, ishlaydigan xodimlar soni jami 79,8 ming kishi, o‘rtacha 1 xo‘jalikka – 18,5 kishi. Ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklari ancha katta yer maydonlariga ega (respublikamizning baʼzi mintaqalarida u atigi 25-30 гектар). Ayniqsa, Sayxunobod tumanining fermer xo‘jaliklari keng maydonlarni egallaydi; 423 ta fermer xo‘jaliklarining har biriga o‘rtacha 68,8 gektardan yer to‘g‘ri keladi - bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkichlardan sanaladi. Sardoba tumanida ham bu daraja birmuncha yuqori, Sirdaryo tumanida esa u pastroq (29-jadval). Fermer xo‘jaliklari 2013 yil yakunlariga ko‘ra o‘rtacha 41,3 foiz qishloq xo‘jaligi yalpi hosilining taʼminlagan. Boyovut va Xovos tumanlaridagi ko‘rsatkich esa yanada yuqori.
29-jadval

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin