Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni


Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 75,64 Kb.
səhifə14/16
tarix08.04.2023
ölçüsü75,64 Kb.
#94836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mirzacho\'l iqtisodiy rayoni uz-assistant.uz

Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Viloyatning transport geografik o‘rni qulay; uning hududidan qator xalqaro va respublika ahamiyatidagi temir va avtomobil yo‘llari o‘tadi. Guliston, Xovos muhim transport markazlari hisoblanadi. Umuman olganda, Toshkent–Xovos (Yangiyer) – Bekobod Sirdaryo hamda poytaxt viloyatlarining muhim transport “uchburchagi” sifatida katta ahamiyatga ega. Yaqinda qurilgan, Guliston shahrini chetlab o‘tuvchi, Zarafshon mintaqasi, Janubiy O‘zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi magistral avtomobil yo‘li ham viloyatning transport geografik o‘rnini, uning tranzitligi va markaziyligini yanada kuchaytiradi.
Viloyatda 2013 yil yakunlariga ko‘ra, jami 15,4 mln. tonna yuk tashilgan, uning barchasi avtomobil transporti zimmasiga tushadi. Yuk tashish va yuk aylanmasi bo‘yicha Guliston shahri, shuningdek, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari ajralib turadi. Ko‘rilayotgan yilda jami 119,3 mln. yo‘lovchi tashilgan; bu borada va yo‘lovchi aylanmasida, viloyat markazidan tashqari Sirdaryo va Boyovut tumanlarining salohiyati kattaroq. Yuk va yo‘lovchi tashishda xususiy avtomobil egalarining hissasi 73 - 74 %.
Tahlillar ko‘rsatishicha, Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi, jumladan, eksport va importi respublika miqyosida ancha past. 2012 yilda tashqi savdo aylanmasi 240,6 mln., eksport 122,7, import 117,9 mln. AQSH dollari hajmida (2000 yilda 83,1 mln. AQSH dollar, eksport 49,7 va import 33,4 mln. dollar bo‘lgan). Eksport tarkibida asosan paxta yetakchilik qiladi – 52,5 %, oziq-ovqat mahsulotlari – 18,2 %; importda esa mashina va uskunalarning ulushi 27,3 %, kimyo sanoati mahsulotlari – 47,2 %. Keltirilgan mashina va jihozlar kelgusida ishlab chiqarish jarayonini kengaytirishga zamin hozirlaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda “Uzoq xorij” va Boltiqbo‘yi davlatlari faolroq ishtirok etishadi. Ular bilan jami 59,6 % tashqi savdo aylanmasi, shu jumladan, eksportning 50,3 % va importning 69,2 foizi amalga oshirilgan. Mazkur aloqalarda qisman xorijiy investitsiyalar yordamida qurilgan qo‘shma korxonalar ham qatnashadi. 2013 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan bunday korxonalar soni 41 ta bo‘lib, ular mintaqada eksportning 12,3 foizini taʼminlgan.

Yüklə 75,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin