“Ruxli barmoqlar” usuli. “Ruxli barmoqlar” usuli - Zink finger nucleases (ZFN) fermentlari asosida ishlab chiqilgan. Bu nukleazalar metalloferment bo’lib o’z tarkibida Zn2+ atomini tutgandir. Ularga misol qilib FokI nukleazasini keltirish mumkin. Ushbu oqsilning alfa spirali 3 o’ramdan iborat bo’lib, har bir o’ram DNK molekulasidagi spetsifik 3 nukleotid bilan bog’lanuvchi 3 rux barmoqdan iborat domenga ega. Natijada fermentning alfa spirali DNK molekulasining ma’lum spetsifik saytlarini taniydi va bog’lanadi. Nukleazaning faol markazi DNK zanjirini kesadi. Ushbu kesilgan DNK saytiga nishon genni yoki uning modifikatsiyasini kiritish mumkin.
TALEN usuli.
TALEN (transcription activator-like effectors + nucleases) usuli genomni taxrir qilish uchun yangi instrument hisoblanadi.
CRISPR USULI
CRISPR (Clustered regularly interspaced short palindromic repeats) — guruhlangan muntazam qisqa palindromli takrorlanishlar texnologiyasining paydo bo'lishi, genomni tahrir qilish va gen transkripsiyasini o'zgartirish orqali organizmlar genomini maqsadli o'zgartirishga imkon berdi. So’ya (Glycine max (L.) Merr.) kabi qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarining xo’jalik belgilarini sifat va miqdoriy jihatdan yaxshilashda CRISPR an'anaviy seleksiya va boshqa transgen o’simlik olish usullariga qaraganda maqsadli genom modifikatsiyasini tezroq va yuqori aniqlik bilan amalga oshirish imkoniyatiga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, CRISPR/Cas asosida hosil qilingan genomdagi o’zgarishlar aynan nishon qilingan genni o’chirishga qaratilgan va bunda genetik vektordagi antibiotikka chidamlilik geni genomdan chiqib ketadi. Natijada, faqatgina nishon geni mutasiyaga uchragan, ammo antibiotik sintez qilmaydigan yangi o’simlik olishga erishiladi.
Ushbu tadqiqotda soyada soyani qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish masadida qurg’oqchilikka aloqdor E-1 genini nishon sifatida tanlab olindi. Maqsadga muvofiq mutagenez hosil qilish uchun sintetik E-1 genining 1,3 va 4 ekzonlariga mos sgRNAlar tuzildi.
Soyaning U6-10 va Arabidopsis thaliananing U6-26 promotorlari yordamida sgRNAlar bilan vector konstruksiya yaratildi.
Bioinformatika biologiyaning ilmiy tajribalari asosida olingan natijalami tahlil qiladi. Olingan ma’lumotlarni tadqiqotchi ma’lumotlar bazasida mavjud bo’lgan barcha to’plamlar bilan solishtiradi.
Bioinformatika texnologiyalaridan foydalanib qilingan biologiya sohasidagi yangi kashfiyotlar tez suratda tibbiyot, farmakologiya, kosmetologiya, biotexnologiya, qishloq xo’jaligi, ekologiya va boshqa sohalarda jalb qilinadi.