Mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


O’ZBEKISTONDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI



Yüklə 42,97 Kb.
səhifə4/6
tarix17.05.2023
ölçüsü42,97 Kb.
#115699
1   2   3   4   5   6
2 5411103513818180494

3.O’ZBEKISTONDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI
Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim roʼl o’ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.5
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil korperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.6
______________________________
5. Аbulqоsimоv H.P. O’zbеkistоndа iqtisodiy islоhоtlаr T.: Akademiya, 2010. 220 b.
6.Shodmonov sh.sh., Gafurov U.V. Iqtisodiyot nаzаriyasi (dаrslik). – Т., «Iqtisod-moliya» nаshriyoti, 2010 – 726 b.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (19961998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obʼyektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obʼyekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekinasta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi. Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, 2004-2017 yillar davomida 6682 ta davlat obyekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag’larning jami hajmi 1229,6 mlrd. So’mni tashkil etgan.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat obyekti O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma'lumotlar asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aktsiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hajmi 167,3 mlrd so’mni tashkil etgan.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq.
Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli obyektlarini nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida prezidentimiz sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi”.
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi. Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 y. 29,8 foizga, 2011 y. Esa 18,7 foizgacha pasaydi. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obyektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va qudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda. Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to’la erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan.
Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chekka yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir.
Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi.Bulardan asosiysi tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydio bo’ladi, bozor infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda . Prezidentimiz SH.Mirziyoev taʼkidlaganidek, “jiddiy va kundalik eʼtiborini talab qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu– xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning taʼsirchan himoyasini taʼminlashdir.” Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi.Iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-poyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi. Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari ma’lum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustaxkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo’lib xizmat qilishini takidlamoq zarur. Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etib qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorga va import o’rnini bosuvchi koʻplab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi oladi . O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Prezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2017 yil 17 yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obhektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish choratadbirlari to’g’risidagi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda demokratik to’siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Jumladan, 2017 yil 23 fevralida Prezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.Unga ko’ra, 2017 yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi. Bu korxonalarda moliyaviy resurslar, xomashyo materiallari hamda kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega bo’lib hisoblanadi.
Bunday toifadagi korxonalarning eng koʻp qismi Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi.Hukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 2017-2018 yillarda 2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. So’m va 228,4 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi orqali 25 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi”.7 Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi.
Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 yil. 29,8 foizga, 2011 yilda esa 18,7 foizgacha pasaydi.
Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obyektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.
Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda.
Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to’la erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan.8 Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama samaradorligini ko’rsatmoqda. Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o’zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori ekanligi hammaga ma’lum.9

________________________________________


7.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 2021y.56b
8.O’zbеkistоn Rеspublikаsining xususiylаshtirish, mоnоpоliyadаn chiqаrish уа rаqоbаtni riуоjlаntirish dаvlаt qo’mitasini tаshkil etish to’g’risidа (PF-4483) 2016y.76 b
9.O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni, 2012-yil 13-noyabr. 54b

Yüklə 42,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin