Mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi


O’ZBEKISTONDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH MAQSADI, YO’LLARI VA USULLARI



Yüklə 42,97 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü42,97 Kb.
#115699
1   2   3   4   5   6
2 5411103513818180494

2.O’ZBEKISTONDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH MAQSADI, YO’LLARI VA USULLARI


Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir.
Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi.
Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «Hech kimniki», «Davlatniki», «Birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning maʼlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrdagi 425-XII-son) quyidagicha tarif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga ta’alluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:
1.davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
2.mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish;
3.mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
4.ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish;
5.davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:

  1. davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;

  2. davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;

  3. davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga tez muhlatda iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy mezonlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichmabosqich amalga oshirishdan iborat.
1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.
Davlat oʻz tasarrufidan chiqargan xoʻjalik subyektlari faoliyatiga aralashmaydi va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar ularga xoʻjalik faoliyati olib borish uchun teng huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib beradi (q. Davlat mulkini xususiylahtirish). Korxonalar oʻz faoliyatini va istiqbol rejalarini mustaqil rejalashtiradi, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot yetkazib beradi.



Yüklə 42,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin