Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə51/53
tarix22.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#119611
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
жахон тарихи

Xunnlar imperiyasi.




Reja

  1. Xunnlar davlatining paydo bo‘lishi shart-sharoitlari.

  2. Xunnlar imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

Mil. avv. III asr oxirlarida Sрimoliy Xitoy va hozirgi Mo‘g‘uliston hududida 24 ga yaqin xunn qabilalari birlashuvi jarayoni boshlanadi. Bu jarayonga Mode ismli sardor boshchilik qiladi. U xunn qabilalari ittifoqi hukmdori Tumanning (yoki Touman) katta o‘g‘li edi. Tuman hokimiyatga boshqa o‘g‘lini o‘tkazishga qaror qilib, Modeni xunnlarga dushman bo‘lgan yue-chjilar (ayrim manbalarda yue-dji) qarorgohiga ular bilan tuzilgan sulhga asosan garov sifatida yuboradi. So‘ngra yue-chjilarga hujum uyushtiradi.
Bu orada Mode dushmanlar qo‘lidan qochib otasi oldiga keladi. Xukmdor o‘g‘lidan nafratlansada uning epchilligiga qoyil qoladi va 10 ming kishilik qo‘shinga uni boshliq etib tayinlaydi. Ko‘p o‘tmay Mode otasiga ov paytida suiqasd uyushtiradi (otasi tomon o‘zi va unga bo‘ysunuvchi 10 ming navkar kamondan o‘q uzishadi), so‘ngra qo‘nalg‘aga kelib, rasmiy valiahd ukasi va o‘gay onasini qatl etadi. Shuningdek, unga qarshi bo‘lgan dasht zodagonlarini ham o‘limga xukm qiladi va o‘zini “tengri guttu”, ya’ni hukmdor (qadimgi Xitoy solnomalarida esa “shanyuy”) deb e’lon qiladi.
Xunnlar konfederatsiyasining sharqida yashovchi protomo‘g‘ul tilli dunxu qabilalari qo‘shnilarida yuz bergan siyosiy vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘ldilar. Ammo shanyuy Mode ularni mag‘lub etibgina qolmay, hukmdorini o‘ldirib, katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng hozirgi Mo‘g‘ulistonning katta qismi va shimoliy Xitoy erlarini o‘z ichiga olgan ilk ko‘chmanchilar imperiyasiga asos soladi. Ularning davlatida barcha erkaklar, ko‘chmanchilar harbiy ierarxiyasi tarkibida edi. Qo‘shinda o‘sha zamon ko‘chmanchilari uchun begona bo‘lgan qattiy tartib o‘rnatiladi. Natijada qabilalar ayirmachiligiga (separatizm) chek qo‘yiladi. Ammo xunnlar davlatida hamma xunn tilida so‘zlashgan deb, bo‘lmaydi. Hatto qo‘shin borasida ham turli bahslar mavjud. Jumladan, taniqli olimlar N.N. Kradin va A.M. Xazanovlarning fikricha, umumiy qo‘shin soni 250-300 mingdan oshmagan. Xitoy tarixchisi Sima Syan esa (“Sрitszi”ga asoslanib) ko‘chmanchilar armiyasini 400 mingdan iborat deb, ta’kidlagan.
Bu orada shanyuy Mode yue-chjilar konfederatsiyasiga yurish qiladi va ularni kuchsizlantiradi. So‘ngra mil. avv. 200 yili Xan imperiyasi hududiga kirib
boradi va imperator Lyu Ban(Gaotszu) bilan Bayden yonidagi jangda taktik g‘alabaga erishadi. Ya’ni u Xan imperatorini qurshovga olishga muvaffaq bo‘ladi. So‘ngra masala diplomatik yo‘l bilan hal qilinadi. Ya’ni xitoylik malika shanyuy Modega nikohlab berilib, Xan imperiyasi bilan “tinchlik va qarindoshlik” bitimi tuziladi. Natijada 50 millionga yaqin aholiga ega bo‘lgan Xan imperiyasi xunnlarga o‘lpon to‘laydigan bo‘ladi.
Mil. avv. 174 yilga kelib shanyuy Mode vafot etadi. O‘rniga uning o‘g‘li Laoshan shanyuy hokimiyatga keladi. Xan imperiyasidan unga malika xotinlikka (xunnlarda “kxvatun” yoki “xatun”) yuboriladi. SHanyuy Laoshan dastlab o‘z oldiga CHjunxin YUe ismli xitoylik maslahatchini oladi va uning yordamida soliq tizimini tartibga soladi. Ko‘p o‘tmay yue-chjilarni butunlay mag‘lub etishga muvofaq bo‘ladi hamda ularni katta qismini (Xitoy manbalarida “Da yue-chji”) O‘rta Osiyoga siqib chiqaradi. Yue-chjilar sardorining bosh suyagidan qimiz ichish uchun kosa yasatadi. Mil. avv.166 yili 140 ming kishilik xunnlar qo‘shini Xan imperiyasi hududiga yurish qiladi. Xunnlar qo‘shini CHao-na va Syao-guan viloyatlarini bir oyga yaqin talon-taroj qiladilar, so‘ngra ortga qaytadilar. Mil. avv.161 yil shanyuy Laoshan olamdan o‘tadi. Taxtga o‘g‘li Gyunchen o‘tqaziladi. Mil. avv. 158 yil xunnlar tinchlik shartnomasini buzib, Xitoyning SHan-gyun va Yun-chjun viloyatlarini talaydilar.
Odatda hunarmand qullar ko‘chmanchilarga qaram bo‘lgan shaharlar oldiga joylashtirilgan. Misol uchun manbalarda Xitoydan Xunnlar davlatiga olib ketilgan qullar soni 180-760 ming kishiga etganligi ta’kidlab o‘tiladi. O‘troq dexqonlardan qullikka olib ketilgan aholi dastlab qul bo‘lib yashagan, so‘ngra ko‘chmanchilar bilan aralashib ketgan. Xitoyning o‘troq aholisini asir qilib olib ketish mil. avv. 157 yilgacha, ya’ni, imperator Syao-ven Xunnlar bilan aniq shimoliy chegarada savdo tizimini yo‘lga qo‘ymaguncha davom etgan. Mil. avv.126 yil qishida shanyuy Gyunchen vafot etadi. O‘rniga Ichisye shanyuy maqomiga ko‘tariladi. Uning davrida Xan imperiyasi bilan bo‘lib o‘tgan doimiy urushlar mamlakatni kuchsizlantiradi. Mil. avv. 114 yil taxtni Uvey shanyuy egallaydi va Xitoy bilan
tinchlik shartnomasini tiklaydi. Mil. avv. 53 yili Xuxane shanyuy Xan imperiyasining vassali bo‘lib qoladi.
Milodiy 33 yildan Xan imperiyasi jadal harbiy taktikani qo‘llay boshlaydi hamda hozirgi Xalxa (Mo‘g‘uliston) hududigacha kirib borib xunnlarni enga boshlaydi.
Milodiy 48 yili xunnlar davlati ikkiga bo‘linib ketgandan keyin (ya’ni Janubiy va Shimoliy) xitoyliklarni asirlikka olib ketish kamaydi. Xitoy hududida yashagan qullar ko‘chmanchilar yerlariga qochib o‘tganlar. Zero, xunnlar davlatida urug‘chilik tizimining ta’siri, qulchilikni o‘troq ziroatkor Xan imperiyasidagi kabi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymas edi.
Milodiy 87 yil avvallari xunnlarga qaram bo‘lgan syanbi qabilalari Xan imperiyasining ta’siri ostida shimoliy Xunnlar davlatiga hujum qiladi. Ko‘chmanchilar an’analariga sodiq qolgan shimoliy Xunn davlati bir-necha yildan (93 yil) so‘ng tugatiladi. Janubiy Xunn davlati esa ichki nizolar tufayli kuchsizlanib, III asr oxirlariga qadar Xitoyga qaram davlat sifatida saqlanib, tashqi dushmanlar hujumi natijasida parchalanib ketadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin