Superinfeksiya– birlamchi mikrobning organizmda yo‘qolmasdan turib qaytalanishidir.
2.Yuqumli kasalliklarning o`ziga xos xususiyatlari.
etiologik xususiyati (yuqumli kasallikning o‘zining spetsifik qo‘zg‘atuvchisiga egaligi) epidemiologik xususiyati (yuqumliligi) klinik xususiyati(kasallikning davrlar bilan kechishi) immunologik xususiyati (immunitet paydo bo‘lishi).
Etiologik xususiyati – yuqumli kasallik qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan patogen(kasallik qo‘zg‘atuvchi) mikroblar ya’ni bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar vujudga kelishining bevosita sababi hisoblanadi. Infeksion jarayonni chaqirish xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Patogenlik,
2.Virulentlik,
3.Invazivlik
4.Toksigenlik
1.Patogenlik xususiyati.
Patogenlik– bu mazkur mikrobning kasallik qo‘zg‘ata olish xususiyatidir. Bu belgiga ko‘ra mikroorganizmlar patogen, shartli patogen va nopatogen (saprofit) mikroorganizmlarga bo‘linadi. Patogenlik faqat ma’lum sharoitda unga moyil organizmda namoyon bo‘ladi. Masalan, tovuqlardagi vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchilari odam organizmiga patogen ta’sir o‘tkaza olmaydi, gonokokklar va qizamiq virusi esa hayvonlarda kasallik qo‘zg‘ata olmaydi.
2.Virulentlik xususiyati.
Virulentlik– patogenlik darajasidir. Virulentlik faqat tirik hujayralarga xos bo‘lib, tajribada shartli qabul qilingan birliklar – Dlm (Dosis letelis minima – o‘limga sababchi bo‘luvchi minimal doza) bilan o‘lchanadi. Bu ma’lum vaqt ichida ma’lum bir usulda tajriba hayvoniga yuborilganda uni o‘limga olib keladigan eng kam miqdordagi mikroblarga teng bo‘lgan miqdordir. Bunda o‘lgan hayvonlar soni 95% dan kam bo‘lmasligi kerak. Mikrobning virulentligi o‘zgarib turishi mumkin (infeksion jarayon mobaynida yoki antibakterial terapiyada).