Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib, sog‘lom odamga infeksiya yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar – bitlar, burgalar, chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi. Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham parazitlik qilishga moslashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari epidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan rikketsioz, pappatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi.
4.Tashqi qoplamlar infeksiyalari.
Tashqi qoplamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoplamlar (teri va shilliq pardalar) orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri va shilliq pardalar orqali organizmga streptokokk kiradi), qoqshol (yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuproq tushganda rivojlanadi) va boshqalar misol bo‘ladi.
4.Yuqumli kasalliklar profilaktikasi
Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar
Tashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqaatrofida, uning yashash joylarida, turli buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladilish yo‘llarini uzish, yuqumsizlantirish va bemor. Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi zarur.
Dezinfeksiya.
Dezinfeksiya – bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof muhitdan yo‘qotish.