zardoblar va gamma-globulinlar ishlatiladi. Seropreparatlar uch
guruhga bo‘linadi: 1. Antitoksik (qoqsholga, difteriyaga, botulizmga
qarshi hamda antistafilokokk gamma-globulin),
2.Antimikrob (kuydirgi va leptospirozga qarshi gamma-globulin) va 3.Antivirus (antirabik, chechakka, gripp va kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar). Eng ko‘p qo‘llaniladiganlari antitoksik zardoblar bo‘lib, ular u yoki bu qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan toksinni neytrallaydi va xalqaro birlikda (XB) belgilanadi.
Seroterapiyaning umumiy qoidalari tipospetsifiklik, erta