JUMANIYAZOVA D. O\'rta Osiyo VIII-X asrlar tarixi tarixshunosligi
Somoniylar davri olimlar tomonidan o‘rganilishi
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O’rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan avlodajdodlarimiz bu davrga kelib ko’paya bordi. Bag’dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”- (“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma‟mun davrida (995-997-y.)“Donishmandlar uyi”- “Bayt ul-Hikma”- “Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o’chog’larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan yirik markazlashgan davlat poytaxti Buxoro shahri bo’lgan Somoniylar davlati X asrning birinchi yarmi bu davlatning gullagan davridir. Somoniylarning oilaviy nisbasi,ya’ni nomi ularning ajdodi bo’lmish Somonxudot ismi bilan bog’liq. Somonxudotning kelib chiqishi haqida turli xil ma’lumot va fikrlar mavjud. Abu Bar Narshaxiy (X asr) va Xamza Isfahoniy (X asr) ma’lumotiga ko’ra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan bo’lgan. ”Sa’diya” nomli asarda (XVII asr) keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning asl ismi Arquq bo‘lib, u Farg’onadan Termizga ko’chib kelgan va u yerda Somon nomli qishloqqa asos slogan.
O‘rta asrlarda Buxoro, Farg‘ona, Toxariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar bo’lganligi qayd etilgan. Bu ma‘lumotlar “Somon” toponimi yerlarida ham keng tarqalgan joy nomi bo‘lganligidan dalolat beradi.
X asr arab geografi al-Maqdisiy va XIV asr fors olimi Hamdalloh Qazviniy asarlarida Xorazmni Eron orqali Buyuk Ipak yoʼlining janubiy tarmogʼi boʼylab Yaqin va Oʼrta Sharq davlatlari bilan bogʼlovchi savdo yoʼllari haqida maʼlumotlar uchraydi. XIX asrda Eron elchisi Rizoqulixon Qazviniy yozib qoldirgan maʼlumotlarga tayangan holda Xivaga boradigan karvon yoʼllaridan oʼtgan. Eron va Xorazm oraligʼidagi karvon yoʼllari haqidagi maʼlumotlarni XX asrning 20-yillarida tanqidiy oʼrgangan akademik V.V.Bartolddan keyin, 1949-1953 yilarda Xorazmni Marv va Xuroson bilan bogʼlovchi yoʼlning shimoliy tarmogʼini akademik S.P.Tolstov tekshirib chiqqandi.
Keyingi yillarda ham Xorazm vohasi atrofidagi karvon yoʼllarini oʼrganishga eʼtibor susaymadi. Bu katta va ogʼir ishni bajarishga turkman olimlari Q.Аdiqov va M.E Masson (1960, 1966), Ye.Аtagarriev va H.Yusupov (1961, 1970, 1972), D.Durdiev (1980) ulkan xissa qoʼshdilar. Natijada Xorazmdan chiqqan va Qoraqum sahrosi orqali oʼtgan mashaqqatli yoʼlni bosib kelayotgan karvonlarning Kopettogʼ va Xuroson togʼlari yon bagʼirlaridagi yaylovlar va zilol suvlarga yetganligi, janubiy turkman qabilalari bilan oldi-sotdi ishlarini amalga oshirgandan keyin esa Buyuk Ipak yoʼlining Erondan oʼtgan janubiy tarmogʼi orqali harakat qilayotgan katta oqimga qoʼshilganligi arxeologik tadqiqotlar asosida aniqlandi.