Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida o‘qitish uchun ikki tomonlama kontrakt № Jizzax shahri 2023 yil



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#161798
  1   2   3   4
2 3 курс Талаба шартномаси контрак 2023



Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining
Jizzax filialida o‘qitish uchun ikki tomonlama
KONTRAKT № _________



Jizzax shahri «____» ___________ 2023 yil

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida (keyingi o‘rinlarda – Filial) nomidan Ustavga asosan ish yurituvchi Turakulov Olim Xolbutayevich bir tomondan, va talabasi ___________ yilda tug‘ilgan _________________________________________________________________________________


(abiturientning familiyasi, ismi, sharifi)
(keyingi o‘rinlarda – Talaba) ikkinchi tomondan (birgalikda – Tomonlar), “___________________________” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Talabani bakalavriat 1-kurs davomida o‘qitish maqsadida mazkur ikki tomonlama stipendiyali kontraktni (keyingi o‘rinlarda – Kontrakt) Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarori, Filial direktorining 20__ yil __ ________dagi____-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 20____ yil ___ sentabrdagi ___-son qaroriga muvofiq tuzdilar:


1. KONTRAKT PREDMETI
1. Mazkur Kontraktga asosan Ta’lim muassasasi Talabani 2023/2024 o‘quv yili davomida belgilangan ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qitadi, Talaba esa Kontraktning 3-bobida ko‘rsatilgan tartib va miqdordagi to‘lovni amalga oshiradi hamda Ta’lim muassasasida belgilangan tartibga muvofiq ta’lim olish majburiyatini oladi.
2. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
2.1. Ta’lim muassasasining huquqlari:
2.1.1. Talabadan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan Ta’lim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilishni, o‘quv mashg‘ulotlarida muntazam qatnashishni, Kontrakt bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qilish.
2.1.2. Ta’lim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilmagan, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan yoki o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan Talabaga nisbatan belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtirish, tegishli kursda qoldirish yoki boshqa choralarni qo‘llash.
2.1.3. Talaba Ta’lim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan, xususan huquqbuzarlik sodir etgan hollarda Kontraktni bir tomonlama bekor qilish.
2.1.4. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarishi bilan mos ravishda Kontrakt bo‘yicha to‘lov miqdorini o‘zgartirish.
2.1.5. Istisno tariqasida Kontrakt bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirish (Ta’lim muassasasining buyrug‘i orqali).

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin