2.2. Ta’lim muassasasining majburiyatlari:
2.2.1. O‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Ta’lim muassasasi Ustavi va boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
2.2.2. Talabalarning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarining bajarilishini ta’minlaydi.
2.2.3. Talabani tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida o‘qitadi.
2.2.4. Talaba bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlaganda belgilangan tartibda diplom beradi.
2.2.5. Talabaga belgilangan miqdor va muddatlarda stipendiya to‘lash.
2.2.6. Abiturient o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng uni talabalar safiga qabul qilish.
2.3. Talabaning huquqlari:
2.3.1. Filialdan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish.
2.3.2. Filialda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida ta’lim olish.
2.3.3. Filialning Axborot-resurs markazi, sport inshooti, Wi-Fi hududlaridan foydalanish.
2.3.4. Filialning ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.3.5. O‘qish uchun bir yillik to‘lov summasini bir yo‘la to‘liq to‘lash.
2.3.6. Kontrakt bo‘yicha to‘lovni stipendiyasiz yoki stipendiyali shaklini joriy yilning __ __________ga qadar tanlash.
2.4. Talabaning majburiyatlari:
2.4.1. Joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitish qiymatini Kontraktning
3-bobida ko‘rsatilgan tartib va miqdorda o‘z vaqtida to‘laydi.
2.4.2. Filial Ustavi, Odob-axloq kodeksi, Filialning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), filialning korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizom va boshqa ichki (lokal) hujjatlari talablariga qat’iy rioya qiladi.
Qo‘shimcha talablar:
nutq madaniyatini doimiy takomillashtirib borishga;
talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini faol qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ya jamoaviy madaniyatni o‘stirishga;
pedagog xodim bilan boshqa talabalarning bahosini muhokama qilmaslikka;
yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir tartib-qoidani bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, o‘zgalarga yordam ko‘rsatmaslikka;
boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirmaslikka;
mashg‘ulotlarni sababsiz o‘tkazib yubormaslikka va darslarga sababsiz kechikib kelmaslikka;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida Filial hududida behuda yurmaslikka;
dars mashg‘ulotlari o‘tilayotgan vaqtda fakultet dekanlari, magistratura bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz Filial hududidan ketib qolmaslikka;
Filial xodimlari va o‘qituvchilariga qo‘pollik qilmaslikka, ular bilan tortishmaslikka, agarda ular nohaq bo‘lsa tegishli shaxslarga xabar berishga, o‘qituvchilarning shaxsiy hayotiga oid noo‘rin savollar bilan murojaat qilmaslikka, ularga nisbatan adovat saqlamaslikka;
xodim, talaba yoki doktorant bilan nizoli vaziyat yvzaga kelganda o‘z hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli bo‘linma va xodimlarga (murabbiy (tyutor) dekan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Ma’naviyat va ma’ifat markazi, Talabalar Kengashi) murojaat qilishga;
o‘quv jarayonida faol, e’tiborli bo‘lishga va pedagog xodimning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga;
dars vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashg‘ulotiga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ ullanmaslikka;
jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, stol va stullarga yozmaslikka;
qog‘oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib ketmaslikka;
mashg‘ulotlar davomida ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslikka, shuningdek, shaxsiy kompyuter va boshqa kommunikatsiya vositalaridan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga;
pedagog xodimga mashg‘ulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qo‘l ko‘targan holda va ruxsat berilganidan so‘ng murojaat qilishga;
umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berish va olishda navbat
tartibiga hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
Talabalar turar joyi Ichki tartib qoidasiga qat'iy rioya qilishga;
jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida oliy ta’lim
muassasasiga jamoat transportida kelishga;
Talaba-qizlar Filialga och rangli ya yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka, klassik turdagi shimlar (qishki mavsumda) yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Filial talabasi bo‘lgan erkaklar oq, havorang, yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda, soqoli talab darajasida olingan va sochi tartibga solingan holda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Talaba o‘z o‘qish va kasbiga mos (Filialning kiyinish etikasiga) bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Filial talabasi bo‘lgan xotin -qizlar tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadanyuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod, tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas.
Talaba professionallikka va tanlagan kasbiga xos tarzda kiyinish targ‘ib qilinadi.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto‘ kurtka hamda bosh kiyim kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.
Shuningdek, xodim, talaba va doktorantlarning Filialga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda milliylikka zid submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlami (kipa, kashaya, xoch, hijob, yuzning asosiy qismini to‘sib qo‘yuvchi jag‘ ostidan o‘ralgan ro‘mol va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dam olish kunlari (shanba va yaksharba) erkin ust-boshda (tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak ya qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan, turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi kiyimda kelish bundan mustasno) kelishga ruxsat etiladi (rasmiy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinganlar belgilangan kiyinish tartibiga amal qilgan holda keladi).
2.4.3. O‘quv mashg‘ulotlarida muntazam qatnashadi.
2.4.4. Ta’lim muassasasida belgilangan tartib va doirada ta’lim oladi hamda ushbu jarayonda bilim darajasini oshirib boradi.
2.4.5. Kontrakt bo‘yicha to‘lovni stipendiyasiz yoki stipendiyali shaklini joriy yilning __ __________ ga qadar tanlaydi.
2.4.6. Kontraktni imzolangandan keyin Ta’lim muassasasiga taqdim etadi.
2.4.7. O‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarini sodir etishdan tiyiladi.
2.4.8. Filial obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan Filial rahbariyatiga xabar beradi.
3. TO‘LOV MIQDORLARI VA MUDDATLARI
3.1. 2023/2024 o‘quv yilida stipendiyali shaklda ta’lim olish uchun Talaba tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov summasi _______________ (______________________________________________________________________) so‘mni tashkil etadi va Kontraktning ushbu bobida belgilangan tartibda to‘lanadi. Mazkur summa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarishi bilan mos ravishda Ta’lim muassasasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
3.2. Talaba o‘quv yilining birinchi yarmi uchun ______________ (_____________________________) so‘mni 2022 yilning __ __________gacha to‘laydi.
3.3. Talaba o‘quv yilining birinchi yarmi uchun ______________ (_____________________________) so‘mni 2022 yilning __ __________gacha to‘laydi.
3.4. Talaba o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun ______________ (_____________________________) so‘mni 2023 yilning __ __________ gacha to‘laydi.
3.5. Talaba o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun ______________ (_____________________________) so‘mni 2023 yilning __ __________ gacha to‘laydi.
3.4. Talaba tomonidan Kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymatini to‘lashda to‘lov topshiriqnomasida ID raqamini, Talabaning familiyasi, ismi, sharifi hamda o‘qiyotgan kursi to‘liq ko‘rsatiladi.
3.5. Talaba tegishli fanlar bo‘yicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi semestr uchun to‘lov Talaba tomonidan akademik qarzdorlik topshirilgunga qadar amalga oshiriladi.
3.6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi
59-son qaroriga va Filial direktorining buyrug‘iga asosan har oyda o‘rnatilgan muddat va tartibda stipendiya to‘lovlarini amalga oshiradi (to‘lov-kontrakt qiymatini tegishli semestri uchun to‘liq amalga oshirilganda so‘ng stipendiya to‘lanadi va to‘lov-kontrakt qiymatini stipendiyali shaklda to‘lash haqida murojaat qilgan talabalarga stipendiya to‘lanadi).
4. ShARTNOMANI BEKOR QILISh
4. Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinadi:
4.1. Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan.
4.2. Filialning tashabbusiga ko‘ra Ustav va boshqa ichki hujjatlariga mufofiq Talaba talablar safidan chiqarilganda.
4.3. O‘qitish qiymati belgilangan muddat ichida to‘lanmasa (bunda, Filial Kontraktni bir tomonlama bekor qiladi, Talaba Talabalar safidan chiqariladi).
4.4. Talabaning tashabbusiga ko‘ra (yozma murojaatga asosan).
4.5. Kontraktning 2.1.3-bandida ko‘rsatilgan hollarda (Filial tomonidan Kontraktning bir tomonlama bekor qilinishi va talabalar safidan chiqarilishi haqida Talabaga yozma xabarnoma yuborish orqali).
4.6. Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
Dostları ilə paylaş: |