Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida o‘qitish uchun ikki tomonlama kontrakt № Jizzax shahri 2023 yil



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#161798
1   2   3   4
2 3 курс Талаба шартномаси контрак 2023

5. FORS-MAJOR HOLATLAR
5.1. Ushbu Kontraktga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmaslikdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar.
5.2. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va yeksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi.
5.3. Kontrakt Tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida ushbu holatlar harakati sababini dalillar bilan taqdim etishi lozim.
5.4. Kontraktga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) ta’siri 30 (o‘ttiz) kundan ortiqroq davom qilsa, Tomonlar tashabbusiga binoan shartnoma bekor qilinishi mumkin.


6. YaKUNIY QOIDALAR
6.1. Kontrakt bevosita Tomonlar tomonidan imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi, Kontraktning 6.2-bandida ko‘rsatilgan holat bundan mustasno.
6.2. Kontrakt elektron shaklda Filialning HEMIS axborot platformasida joylashtirilgan bo‘lib, Talaba o‘z ID raqami va pasport ma’lumotlarini kiritganidan so‘ng uning shartlari bilan tanishib, rozi bo‘lgan holda bu haqda tegishli tugmani bosadi va Kontraktni yuklab oladi.
Talaba Kontrakt shartlari bilan norozi bo‘lgan taqdirda uch ish kunida, biroq joriy yilning __ _____________ga qadar murojaat qilishi mumkin. Kontraktni tuzmagan va to‘lovlarni amalga oshirmagan Talabani Filial talabalar safidan chiqarishga haqli.
6.3. Tomonlar o‘rtasida vujudga keladigan nizolar o‘zaro muzokaralar olib borish hamda talabnoma yuborish orqali hal etiladi, Kontraktning 4.2-4.5 bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
6.4. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarganda mos ravishda to‘lov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshiriladi.
6.5. Kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan Tomon qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin