Aglomeratsiya mashinalari
Aglomerasion mashinalar – metallurgiyada boyitmalarni (konsentrat) kuydirib aglomeratlar tayyorlashda foydalaniladi. Aglomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklida boladi. Metallurgiyada tasmali aglomeratsion mashinalar keng qo’llaniladi.
Aglomeratsion mashina uzunligi 35-40 m bolgan polat tasmaga maxsus qutilar joylashtirilgan bolib` , tasma zanjirli konveyr kabi harakatlanadi . Qutilarning ichki qismi panjara bilan tugab, pastki qismi konus shaklida bo’shliqdan iborat bo’lib, havo sorishga yoki berishga moslashtirilgan.
Mashinaning boshlanish qismida (ya’ni qutilar ustida) shixta yuklash moslamasi va shixtani yondirish uskunasi joylashtirilgan. Qutilarga to’ldirilgan shixta o’t olish kamerasidan o’tadi. Bunda shixta tarkibidagi koksni hisobiga alanga oladi va shu tariqa unda yuqori haroratdagi issiqlik vujudga keladi. Yonish va oksidlanish jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo suriladi. Bu o’z navbatida havo sorish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi bo’ylab mashinaning oxirgi qismigacha kuyish va aglomeratsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Hosil bo’lgan mahsulot konveyerni burilishi hisobiga aglomerat qolipdan ko’chiriladi.
Aglomerat mashinasidagi tasmaning harakatlanish tezligi 1-4 m/min ni tashkil etadi. Uning uzunligi 6m dan 75 metrgacha bo’lishi mumkin. Mashinaning mahsulot bo’yicha umumiy ish hajmi 6-300 m2 ni tashkil etadi. Uning ishlab chiqarish unumdorligi qora metall konsentratlari uchun 32 t/m2 sutkani, metall boyitmalari uchun 18 t/m2 ni tashkil etadi.
2-rasm. Aglomeratsion mashina.
Texnika xavfsizligi
Texnika xavfsizligi – bu tegishli qonun va me`yoriy xujaatlar asosida amal qiluvchi, insonning mexnat jarayonidagi xavsizligi, sihat – salomatligi va ish qobilyati saqlanishini ta`minlashga qaratilgan ijtimoiy iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya – gigeniya va davolash – profilaktika hamda vositalari tizimidan iborat. Mehnat sharoitini me`yorlashtirish, ishchi uchun va havfsiz ish sharoitlarini me`yorlashtirish asosida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqib, ular ma`lum bir tizimga solingan.
O‘zbekistonda mehnat muhofazasi – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8-dekabr 1992-у.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (21-dekabr 1995-у.), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» (6-may 1993-у.), Davlat standartlari, nizomlar va me’yorlar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qoidalar asosida olib boriladi. Respublikamizda demo-kratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson huquqlari va erkinliklariga to‘liq rioya etilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida respublikamiz fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari yaqqol o‘z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat-lariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar» (2-modda), «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir.....(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» (37-modda). Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti, mehnat faoliyati, faoliyаti davridagi sog‘ligi davlat qonunlari asosida himoyalanadi, muhofaza qilinadi. Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib, ular ma’lum bir tizimga solingan. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan har bir ishchi va xodim o‘ziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi va xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish talab etiladi. Ishlab chiqarishdagi barcha ishchilar ishlab chiqarish ishlarining xarakteri va xavfsizlik darajasidan qat’i nazar mehnat xavfsizligi boyicha o‘qitilib, bilimlari tekshirilib ko‘rilgandan keyin ishga ruxsatetiladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish ularga уo‘riqnoma («instruktaj»)lar o‘tish orqali amalga oshiriladi.
bog‘liq holda ish joyidagi birlamchi уo‘riqnomadan 3 yoki 6 оуo‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu уo‘riqnoma ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Yo‘riqnomani o‘tkazishda ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma dasturi asos qilib olinadi. Navbatdan (rejadan) tashqari уo‘riqnoma ishlab chiqarish texnologiyalari o‘zgarganda, yangi texnika vositalari joriy etilganda, ishchi bir ishdan boshqa.
Ishga o‘tkazilganda, baxtsiz hodisa ro‘уberganda yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan vaqtlarda o‘tkaziladi. Davriy (mavsumiy) yuriqnoma. Ayrim ishlab chiqarish sohalari mavsumiy xususiyatga egaligi sababli mavsumiy уo‘riqnoma o‘tkaziladi. Кurs o‘qishlari. Ishlab chiqarish jarayoni davrida bajariladigan ishning turiga va xususiyatiga bog‘liq holda ishchilar va texnik xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha kurs o‘qishlariga yuboriladilar. Kurs o‘qishlari oliy o‘quvyurtlari qoshidagi malaka oshirish kurslari yoki fakultetlarida hamda ilmiy tekshirish institutlarida maxsus dastur asosida olib boriladi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha kurs o‘qishlaridan o‘tagan ishchi-xodimlarga guvohnоmаberiladi.
Xulosa.
Ushbu kurs ishi mavzusi oksidlangan nikel rudalarini pirometallurgiya usuli bilan qayta ishlash oraliq shteyn ishlab chiqaradigan metall nikel yoki ferronikel uchun amalga oshiriladi.
Oksidlangan rudalardan olovli nikel olish uchun sxematik jarayon oqim diagrammasi 1-rasm. 1-rasmda ko'rsatilganidek, oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologiyasi, asosan, mis pirometallurgiyasidagi kabi texnologik jarayonlarni o'z ichiga oladi: shteyn uchun eritish, konvertorlash va oksidlovchi kuydirish. Biroq, ularning maqsadi, shuningdek, texnologiyadagi o'rni farq qiladi.
Oksidlangan rudalardan olingan nikel qo'shimcha ravishda tozalanmasdan donador holda (olovli nikel) ishlab chiqariladi. Buning sababi shundaki, bunday nikel tarkibida qora metallurgiya uchun zararli ko'p miqdordagi aralashmalar mavjud emas va asosan maxsus po'latlarni qotishtirish uchun ishlatiladi.
shteynda oldindan boyitilmasdan eritilgan juda kam oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologiyasi juda noqulay va ko'p bosqichli bo'lib, bu uning katta kamchiligidir.
Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash texnologik sxemasini sezilarli darajada soddalashtirishga ushbu rudalarni ferronikel - temirning nikel bilan qotishmasi eritish orqali erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |