«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Bu shoheki bor emdi mehmonimiz



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Bu shoheki bor emdi mehmonimiz,
Gar olida bo4sa, fido jonimiz, -


deb ixtiyorni Xoqonga topshirdilar. Shundan ke­
yin o'zaro maslahatlashib, Chin xalqiga azaldan 
odat bolgan mehmondorchilik usuli to‘qqiz-to‘qqiz 
taqdim qilishga kirishdilar. Eng yaxshi, chiroyli, 
yuguruk, har xil zarboflar yopilgan 9 ming tulpor 
ot, har biri filga teng dur-u, lal-u, feruza munchoq 
taqilgan bezakli 9 ming tuya, tezyurar, bezatil- 
gan 9000 xachirda ipak, shoyi kiyimlar, xitoyi 
pardalar, 1000 ta eng go‘zal yonoqlari gul-gul-u, 
mijalari tikan, qoboglari keng-keng-u, og'izlari tor 
eng go'zal Xitoy parivashlari, bulardan tashqari 
yana ikki ajoyib sovg‘a, biri-quyoshsimon jomi 
Jamshiddek ko‘zgu, uni oddiy xalq «Oyinayi Chin» 
deb atardi. Uning ikkala yuzi ham kundek yorug‘ 
bolib, donishmandlar uning bir tomonini shoh 
oldiga ikki kishi daVogar bolib kelganida qollar- 
dilar. Bunday chog'da jom guvoh o'rniga o‘tar, 
ya’ni kishining so‘zi chin bolsa, uning yuzi ко limb 
turar, yolg'onchining yuzi ko'rinmay qolardi.
Ko'zguning yana bir tomonidan shoh ziyofatla- 
ridan foydalanilardi. Yig'inda ichkilik ichayotgan 
har bir kishi unga qarab-qarab tursalar, mast 
bo la boshlagan odamningyuzi buzuq, uzun, qiyshiq, 
kichik yoki katta bolib ko'rinar, bu holatni ко‘rgan 
odam hushiga kelib, darrov may ichishni to'xtati- 
shi lozim edi.
Yana bir sovg‘a jahon ofati, yo‘q-yo‘q, jahon 
ofati emas, jon ofati bolgan g'oyat chiroyli, go'zal 
kanizak, uning ikki zulfi Xitoy mulkida g‘avg‘o 
solib, ko‘zi Chin diyorida buzglinlik chiqarayot- 
gan, ikki chiniy zulflari mushkin tanob bolib, 
ularga mushk suvi sepilgan, qoshi mushkin 
hilol-u, undan oy xijolatda qolar, saroyda bazmlar 
uyushtirilsa, elni nag'masi aql nutqini, o‘zi elni


behol etib kuylardi. Ovozi bilan barbat sozini chal- 
sa, biri odamlarni oldirsa, ikkinchisi tiriltirardi. 
Urushlarda ham ishtirok etsa, hamma raqibidan 
ustun kelar, bunday bahodir qizni jahon tarixida 
hech kim eslolmasdi.
Aytilgan to‘qqiz tuhfani Iskandarga tayyor qil- 
ganlaridan so‘ng, barcha shahar ahli uni kuza- 
tishga chiqdilar. Xoqon o‘z qasridan bir yig'och 
masofacha eng toza Chin gilamlarini to'shatgan 
edi. Har o‘n qadam yurilganda shoh Iskandarga 
bir ajoyib sovg'a hadya etar, dur-u lalni ko‘p ish- 
latardi. Iskandar yoliga shuncha mushk sochgan 
ediki, uning hidi osmonga qadar yetib borgandi. 
Ana shunday savlat-u shuhrat bilan Iskandar 
Chin diyorini baxtiyor kezib borardi. Yollar ray- 
hon-u binafsha, nargis-u lola, sabza kabi xilma-xil 
gullar bilan bezatilgan edi. Yolda to‘rt burchakli 
bir ajib qasrga duch keldilar. Xoqon shohga oltin 
taxt uzra joy berdi. Ikkovlari ota-o‘g‘il kabi yaqin 
otirishib, suhbat qurdilar. Iskandar barchani 
qulay yer topib o‘tirishga taklif etdi. Barcha o‘z 
joy ini egallagach, Xitoy go‘zali o'rnidan turib, o‘zi 
ichdi-da, keyin kavsar suvini shohga tutdi. Shoh 
ham, Xoqon ham u maydan huzur qilib ichishdi, 
qadah davralarda uch-to‘rt martadan aylantiril- 
gach, el kayfi xushnud bola boshladi. Musiqachi- 
lar kuy boshlab, ashulachilar ham o‘z san’atlarini 
namoyish eta boshlashdi. Bazm oxirlab qolganida 
gazaklar olinib, o'rniga osh keldi. Oshlar to'qqiz 
ming otning to'shidan pishirilgan edi. Yuz ming- 
dan ko'proq qo'y go'shtidan hozirlangan mazali 
taomlar ham mehmonlarga taqdim qilindi. Keyin 
Iskandar-u Xoqon taxtdan turishib, hadyalarni 
olib, joylashib yolga tushishdi. Xoqon Iskandarga


yoqib qolgan ko'zgu siri haqida so‘zlab borardi. 
Keyin Iskandar qo'shiniga yetib olishdi-yu, Xoqon 
bilan birga Chin saroyi tomon yol olishdi.
Xoqonning Iskandarga bolgan mehri tobora 
ortib borardi. Qish mavsumi ham yaqinlashib qol­
di, bunday paytlarda uzoq masofalarga, ayniqsa, 
harbiy yurishlar qilish maqbul ko‘rinmaydi. Xoqon 
ham Iskandaming shu yerda qishlashini istardi. 
Iskandar Xoqon iltimosini qaytarolmay, qishni 
Chin kishvarida o'tkazishga qaror qildi. Xuddi 
quyosh bilan oy hamnafas bolishgani kabi, ik­
kovlari goh ovga chiqishar, ba’zan ko'pchilikni yig“ib 
bazm-u ziyofatlar uyushtirishar, goh olimlar bilan 
ilm-fanning xilma-xil masalalarida bahslashar 
edilar. Xoqonning hadyasi bolgan ko‘zgu hamisha 
Iskandarning yonidan jilmasdi. Taxtda o'tirganda 
ham, ko'zguni yuziga eltib qaragani-qaragan edi. 
Bazmlarda ham doimo ko'zguni hamma ko'radigan 
bir joyga qo'ydirardi. Iskandar o‘zi maftun bolgan 
bu ko‘zgu sirini fahmlashga har qancha intilsa 
ham, uhdasidan chiqmasdi. Bir kuni oyianib qoldi: 
«Bu ajoyib tilsimni bu sirdan xabardor bolgan bir 
qobiliyatli olim yasagan. Men doroyi charxi bal­
and, hikmat ilmini biluvchi hukmdor bolsam-u, 
xizmatimda necha yuz donishmand, har bir so- 
haning donosi bola turib, har biri bilim olamin- 
ing ustozi b o la turib, bundan ham ajoyibroq 
asbob yasay olmaymanmi?» - deb o'yladi-da, bor 
olimlarini yig‘ib, ularni ikki bolakka boldi-da, 
Aflotun-u Suqrot bir bolib, Arastu-yoi Buqrot 
bir bolib, Xurmus bilan Balinos, Arshimidus bir 
bolib ishga kirishdilar, Iskandar doimo ulardan 
xabar olib turdi. 0 ‘sha qish ichida olimlar ikki 
ajoyib sirli asbobni bitirdilar. Butun saroy ahlini


bazmga to'pladilar-da, ularga usturlob-u ko‘zguni 
namoyish qildilar. Ularning biri Usturlobda to'qqiz 
charx taqsim bolsa, ikkinchisida ko'zguda yetti 
iqlim ayon ko'rinib turardi.
Xoqon bu ikki ajoyibotni ко‘rib, hang-mang 
bolib qoldi. Iskandarga tahsin aytib, dediki: «Bu 
kolina falak sendek shohni ko‘rmadi. Sensiz toj 
ham kerak emas, taxt ham, mulozimlaming bari 
senga loyiq, bilim ichra barchasi senga muvofiq. 
Zotingiz bu olam ahlidak emas, ismingiz, iloho, 
olamda mangu tursin!». Bu ikki asbobni yasashga 
hikmat eli mehnat qilgan bolsa, shohdan quwat, 
mol-u ganj, bular yetishmay qolganida, Yunon- 
istondagi yerlardan tushadigan mablaglardan 
ham foydalanildi. Xoqoni Chin ham glihar, durri 
aminni ayamadi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin