«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Nozmehrning nozi
Olimlar yasagan har ikki asbobdan ko'ngli 
nihoyatda xush bolgan Iskandar har kuni bazm 
tashkil qilib, saroy a’yonlari davrasida may ichib, 
orom olardi. Doroning qizi Ravshanak bilan 
Malluning qizi Nozmehr doim uning huzurida 
bolib, shoh shodligiga shodlik qo'shishardi. Le­
kin Iskandar davlat ishlari bilan band bolib, toy 
qilib, ularning ikkovini nikohlab olishga fursat 
topolmay kelardi. Shu kunlarda uning diliga 
ushbu orzuni amalga oshirish istagi tushdi-da, 
a’yonlarini chorlab, shohona to^y tayyorgarligini 
ko‘rishga farmon berdi. Bundan behad xursand 
bolgan barcha a’yonlar-u mulozimlar tezda ishga 
kirishib, butun Chin mamlakatini behad-u 
bepoyon to'yxonaga aylantirishdi. Bir necha kun-


lik shodiyonalar boshlanib, Chinning butun xalqi 
rosa xursandchilik qilishdi.
Iskandar Ravshanak va Nozmehr ogtishida o‘z 
murodiga erishdi. 0 ‘sha davr rasm-rusumlari- 
ga muvofiq Doroning qizi Ravshanak saroydagi 
barcha ayollar, shu jumladan, shoh haramidagi 
barcha malikalarga ham farmonravolik mahdi ulyo 
vazifasiga tayinlangan edi. Shu jihatdan u har 
haftada ikki kecha hukmdor bilan birga bolish 
huquqiga ega boldi. Nozmehr mavqe’ jihatidan un­
dan bir pog'ona past o'rinda bolib, Iskandar bilan 
haftada bir kechagina birga bola olardi. Shuning 
uchun ham u Ravshanakka hasad ko'zi bilan qa- 
rar, Doro qiziga qaraganda yoshroq va go'zalroq 
bolganidan foydalanib, Iskandar ko'nglini o'ziga 
ko'proq jalb qilib, uning mehr-muhabbatini egal- 
lashga intilar edi, Iskandar uni Ravshanakka qa­
raganda ko'proq sevsa ham, lekin saroy ahli oldida 
o‘z muhabbatini ayon qilishdan o'zini tortib kelardi. 
Bundan bexabar Nozmehr shoh Ravshanakka har 
boqqanida ko‘zidan yosh tolcardi.
Bir kechasi, Nozmehr navbati kelganida, 
Iskandar o‘z sevgisini izhor etishni niyat qilib
uning xonasiga kirib keldi. Malika shahanshohni 
ehtirom bilan kutib oldi-yu, lekin ichki iztirobi 
uning chehrasidan, xatti-harakatlaridan sezilib 
turardi. Shoh ardoqli yostiqdoshining kayfiyatini 
ко Parish uchun har qancha urinmasin, Nozmehr 
so'zlashishni ham istamas, Iskandaming mehri- 
bonchiliklari, shirin so'zlariga nozi bilangina javob 
qaytarardi. Buning sari shohning toqati toq bolib, 
ishqi tobora ziyoda bolar, o‘z sevgili malikasining 
feli sabablarini tushunolmay, qalbi ishq o‘tida


o'rtanardi. Oxiri chiday olmay, Nozmehrga mu- 
loyimlik bilan murojaat qildi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin