cha shu tarzda dard-u g‘am chekib, fig'on qilish-
lardan quwati ketdi-da, hushini у о ‘qotib, olikdek
yerga cho‘zildi. Uning bu holatiga osmon ko‘k
kiyib, falak yulduzlar duridan ko‘z yosh to'kar,
asta ko'tarilib kelayotgan quyosh ham bu oshiq
yigit dardiga malham bolishga ojiz edi.
Farhod kishanlardan qutulib istagan tomonga
borish imkoniyatiga ega bo'lsa ham, nogahon
Xisrav eshitib soqchilarni jazolamasin, degan fikr
bilan o‘z manzilidan ko‘p uzoq ketmasdi. Lekin
bu ishlaming bari shoh qulog'iga borib yetgan-
di. Darg'azab bolgan
Xisrav soqchilarni qattiq
jazoladi. Keyin Farhodning o‘sha yerda ekanligi,
o‘z manzilidan yiroqqa ketmayotganini bildi-da:
«0 ‘zimni bilmaslikka olib, bu voqealarni eshit-
magandek yurishim ma’qulga o'xshaydi», - degan
qarorga keldi. Farhodni kishanda ko'rgach esa
yanada xursand boldi.
Shoh makkorlik bilan Farhodni qolga olgan
paytda Shopur shaharga kirgan edi. Uo'z do'stin-
ing ahvolini o^lab nola-yu faryod qilar, kolcragiga
tosh urib iztirob chekardi. Farhodning hiyla bilan
behush holda bandi qilingani,
shoh savollariga
oshiq yigitning qanday javoblar qaytargani, Xisrav
gunohsiz raqibini qatl qilmoqchi bolgani, bunga
parvo qilmagan Farhodning aslida Xito-yu Chin
eliga xon ekani xalq orasida keng tarqalib ket-
gan edi. Shahar aholisi Xisravdan g'azablanib,
Farhodga maftun bolgandi. Bu voqealar haqida,
oshiq yigitning donoligi-yu jasorati to‘g‘risida
shoirlar ko'plab g'azallar yozishar, xonandalar
ashulalar kuylashardi.
Bolib o'tgan barcha hodisalar Mehinbonuga
ham
eshitilgan bolib, qanday chora topishni bil-
may yiglagani yiglagan edi, bu so'zlardan Shirin
xabar topsa, shubhasiz, o'zini o'ldiradi, deb tash-
vish chekardi. Lekin Shirin o‘z yorining dushman
qoliga tushganini sezgan bolib, goh o‘zida, goh
behush edi. Parda orqasida o'tirib cheksiz azob
chekar, ayriliqdan nihoyatda g‘amgin edi.
Bir kuni u toza havodan bahra olish uchun
qasr tomiga chiqdi. Atrofga boqib, bog‘dagi gullar-
ni tomosha qilib turar ekan,
quloglga hazin bir
ashula eshitildi. Dardli qo'shiq so'zlariga diqqat
qilar ekan, har bir bayt Farhod haqida, Xisravning
yigit boshiga solgan behad zulmi to‘g‘risida ekani-
ni angladi-da, bag'riga o'tkir bir xanjar qadalgan-
dek bolib kuchli bir oh tortdi-yu, boshini yerga
urib, qonga bo^aldi, gulgun yoqasini chok qilib,
sochlarini yoyib, faryod chekib, hushini yo‘qotib,
yerga yiqildi. Uning boshiga yetib kelgan Mehin
bonu tinmay yiglab turar ekan,
Shopur ham
kelib, malika oldida yer o'pdi va shunday dedi:
«Malikam, yovuz Xisrav bechora Farhodni hiyla
bilan band etganida, uni behush aylagan mak-
korni tosh bilan urib oldirdim-u, keyin do'stim
oldiga borishni ham, sizning huzuringizga kelishni
ham bilolmay, yiglab, iztirob chekib yurdim, bir
vayronada behush yiqilgancha ancha kun yotdim.
0 ‘zimga kelgach, qo‘rg‘ondan
tashqari chiqib,
Xisrav lashkari orasida bekinib yurib, ularning
so‘zlariga quloq tutdim. Ular Farhod haqida faqat
yaxshi so'zlami a^ishardi. Shuni ham eshitdim-
ki, Farhod o‘zi zindonband etilgan qadimgi bir
qo‘rg‘onda sog‘-omon ekan. Xisravning soqchi-
larga: «Agar bu mahbus o‘zi turgan yeridan uzoq
ketsa, hammangni oldiraman», - degan po'pisas-
ini eshitgan Farhod soqchilarga ozor yetmasin
deb, o‘sha tog'dan uzoqqa ketolmay yurar ekan.
Bu so'zlardan
xabar topgach, uning tomoniga
bormay, sizlar tomon y ol oldim. Chunki el orasi-
dagi gaplardan sizlarning ahvolingizni bilar edim.
Shuning uchun ikkovingizni xursand qilishga
shoshildim. Sizlami ко‘rib, keyin do‘stim yoniga
bormoqchiman. Yo so‘zlarimni tobctatib, hoziroq
u tomonga jo'naymi?»
Bu so'zlarni eshitgan Mehinbonu: «Sen aytgan
so'zlar jarohatli ko‘nglimga malham boldi. Seni to-
polmay juda noshod edik. Farhodning sog-omon-
ligini eshitib juda xursand boldik. U yotgari
qo‘rg‘on tomon boradigan bolsang,
bizning ayt-
moqchi bolgan so'zlarimiz ko'p, Allohga shukrlar
bolsinki, seni ко‘rib Farhodni koYgandek boldik»,
- dedi-da, Shirin ahvoli, hozirgina behush bolib
yiqilganini aytib berdi. Shirinning dimog'iga turli
xushboy isli tutatqilarni tutib hushiga keltirishdi.
Ko'zini ochib, Shopurni ko‘rgan Shirin yana o‘z
Farhodini yodga olib, faiyod qildi:
Dostları ilə paylaş: