otishga shunday mohirediki, yonidagi hamrohlari
qanday xohlashsa, hayvonni ular istagandek qilib
otib oldirardi. Saydning qaysi tukini nishonga
olsa, o‘qi o‘sha joyga borib tegardi. Shoh Bahrom
yonidagi gul yuzli go'zalga qarab: «Ey parivash,
tez yugurib borayotgan bu g‘azolning qaysi yeriga
o‘q otay, sen nimani buyursang shunday oldira-
yin», - dedi. Dilorom: «Oldin ikki qolini tushovla,
toki u o'midan qo‘zg‘alolmay qolsin, so'ngra uning
bo'g'ziga o ‘q ur», - deb javob qildi. Shoh o ‘z yori
istagini bajo qilish uchun sadoqdan ingichka bir
o'qni oldi-da,
ohu tomon otib, ikki qolini birik-
tirib qoydi. So'ng yo‘g‘onroq boshqa bir o ‘qni
shunday otdiki, ohuning bo‘g‘zi kesilib, qoni oqa
boshladi. Dilorom nimani orzu qilgan bolsa,
shoh barchasini bajardi: hech kim qilolmaydigan
mohirlikning uddasidan chiqdi. U o ‘z ishi uchun
parivashning tahsin aytishini kutgan edi, lekin o‘z
husn-u jamolidan mag'rur go‘zal
shohga tahsin
uchun og‘zini ham ochmadi, uning qolini ham
o‘pmadi-da: «Har kim bir ishda ko‘p mashq qil-
sa, shunday natijaga erishadi», - deb qo“ya qoldi.
Shohga «boplading, barakalla!» deyish o'rniga,
uning mahoratini mashq natijasi deb atash bilan
cheklandi. Dilorom o‘z so'zini yana bir takrorlagan
edi, shohning qoshi chimirildi, mahbubasi uning
jahli
chiqqanini sezib, o‘z xatosini tuzatmoqchi
boldi-yu lekin:
Dostları ilə paylaş: